Anarbekova Ayjan Azizbek qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasi” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Ped1853.
Ilmiy rahbar: Botirova Shaxlo Isamiddinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Guliston davlat universiteti.  
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti, PhD.03/05.05.2023.Fil.163.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik kengash.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtarovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Ganixanova Madina Baxritdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.            
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarda kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy til ta’limi jarayonida “kompetensiyaviy yondashuv” tushunchasining lingvodidaktik talqini xorijiy til ta’limida sotsializatsiya va akkulturatsiya jarayonlarining lingvodidaktika bilan munosabatlarini raqamli ta’lim muhiti imkoniyatlariga muvofiq belgilash asosida aniqlashtirilgan;
oliy ta’lim muasassalarida raqamli ta’lim muhitida talabalarning ijtimoiy faollik darajasida kompetensiyaviy yondashuv va interfaol usullar asosida kommunikativ kompetensiyalarini rivojnatirishning pedagogik imkoniyatlari aniqlangan;
bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarining kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga qaratilgan “CLIL texnologiya”, “Perevernutius classroom”, “IBLL texnologiya” va “Case study” kabi interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida ishlab chiqish orqali mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi rivojlantirilgan;
mutaxassislik fanlarni samarali o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish algoritmi va didaktik multimediali elektron ta’lim resurslarini integratsiyalashuv darajasi barqarorligini ta’minlash asosida o‘quv-metodik ta’minot ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Raqamli ta’lim sharoitida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar hamda amaliy takliflar asosida:
xorijiy til ta’limida bo‘lajak ingliz tili o‘qituvchilarida kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirish va sotsializatsiya va akkulturatsiya jarayonlarining lingvodidaktika bilan munosabatlarini raqamli ta’lim muhiti imkoniyatlariga muvofiq belgilashga oid taklif va tavsiyalardan Samarqand davlat chet tillar institutida bajarilgan 561624-EPP-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS+CBHEIMEP raqamli “O‘zbekistonda Oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” mavzusidagi ilmiy-amaliy loyihada foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2024 yil 27 noyabrdagi 2596/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, oliy ta’lim muassasalarida xorijiy til ta’limida kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda raqamli ta’lim texnologiyalarining ijobiy natijalari aniqlashtirilgan hamda ingliz tilini o‘qitish pedagogik jarayoni takomillashtirilgan;
mutaxassislik fanlarni samarali o‘qitishda interfaol ta’lim texnologiyalaridan foydalanish algoritmi va didaktik multimediali elektron ta’lim resurslarini integratsiyalashuviga oid taklif va tavsiyalar Jizzax politexnika institutida bajarilgan OT-F1-049 raqamli “Talabalarga assertiv xulqni shakllantirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Jizzax politexnika institutining 2024 yil 20 sentyabrdagi 03-1882-1871-son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz  tili ta’limida kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishda madaniyatlararo muloqotga kirishish ko‘nikmalari metodik-didaktik aspektda takomillashtirilgan;
raqamli ta’lim hamda lingvistik etnosotsium muhitida xorijiy til ta’limiga madaniyatlararo muloqot kompetensiyasini shakllantirishning piramidik modeli, talabalarning kommunikativ kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan “CLIL texnologiya”, “Perevernutius classroom”, “IBLL texnologiya” va “Keys texnologiya”si kabi interfaol o‘qitish metodlarini virtual reallik qonuniyatlari asosida “Chet tili o‘qitishning innovatsion pedagogic texnologiyalari” o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 22-dekabrdagi 537-sonli buyrug‘iga asosan tayyorlangan. Ro‘yxatga olish raqami: 537-567). Natijada, pedagogik jarayonning samaradorlik darajasini obektiv baholashning pragmatik, empirik va plyuralistik omillarini metodik-didaktik aspektda qo‘llash asosida takomillashtirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish