Rashidov Jamshid Shirinboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):  “Kuchsiz va kam legirlangan kupratlarda tirqishlararo polaron va bipolaron holatlarning hosil bo‘lishi”, 01.04.07 – kondensirlangan holat fizikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM184
Ilmiy rahbar: Safarali Djumanov, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Rasmiy opponetlar: Baxramov Sag‘dulla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, akademik; Rasulov Rustam Yavkatovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kuchsiz legirlangan (0,02<x<0,05) kupratlarda (bi) polyaron holatlarining hosil bo‘lish imkoniyatlarini aniqlashtirish va ushbu materiallarning quyi energetik tuzilishini aniqlash hamda kuchsiz (0,02<x<0,05) va kam (0,05<x<0,125) legirlangan kupratlarda tirqishli lokallashgan holatlarni hamda ingichka energetik zonalar hosil bo‘lish sababini o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kontinual model va adiabatik yaqinlashish usulidan foydalanib kuchsiz legirlangan kupratlarda katta kovakli polaronlar hamda bipolaronlar hosil bo‘lishining miqdoriy nazariyasi takomillashtirilgan va bunday (bi)polaronlarning asosiy holat energiyalari hamda bog‘lanish energiyalari hisoblangan;
kam legirlangan kupratlarda ichki energetik tirqishlardagi zaryad tashuvchilarda hosil bo‘luvchi katta (bi)polyaronlarning kuchli bog‘langan energetik holatlari hamda katta kovakli polyaronlarning radiuslari aniqlangan;
birinchi marta kuchsiz ligirlangan kupratlarda polyaron va bipolyaron holatlari kislorodning yuqori valent zonalarida ichki energetik tirqishlar borligi hamda polyaron zonalarining tor ichki tirqishlari ko‘rsatilgan;
kuchsiz va kam legirlangan kupratlarda quyi energetik elektron tuzilishlar legirlanmagan kupratlarning yuqori energetik elektron tuzilishidan faqlanishi ko‘rsatilgan.
  IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Legirlangan kuprat materiallarida tirqishlararo elektron holatlarini o‘rganish natijasida olingan natijalarga asoslanib:
kuchsiz legirlangan kupratlarda katta kovakli polyaronlar va bipolyaronlar hosil bo‘lishi, asosiy va qutblarining energiyalari, shuningdek, katta kovakli polyaron va bipolonlarning energiya zonalari ishlab chiqilgan miqdoriy nazariya asosida hisoblangan. Olingan ilmiy natijalar Namangan muhandislik-qurilish institutida FZ-20200929243 “Kuchli elektromagnit maydonda qizdirilgan elektronlar va fononlarning yarimo‘tkazgichli quyosh xususiyatlariga ta’siri” ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida qo‘llanilgan (2022-2026) (Namangan muhandislik-qurilish institutining 2024-yil 30- sentyabrdagi №06/10-09/1129-sonli xati). Natijalardan foydalanish kompozit materiallarda, shuningdek, keng ko‘lamli ilovalar uchun yangi materiallar yaratish uchun nanomateriallarni ishlab chiqish va tadqiq qilishda turli xil elektron jarayonlarni tushuntirishga imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish