Axmedov Jamol Azimovichning
patentlar majmuasi asosida o‘tkaziladigan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi

I.  Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Lyutesiy-177 radionuklidini nurlantirilgan itterebiy-176 nishonidan ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish va uni ishlab chiqarishga joriy qilish”, 01.04.01 – eksperimental fizikaning asboblari va usullari (texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T887
Ilmiy rahbar: Sadikov Ilxam Ismailovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik  
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Yadro fizikasi instituti, “Radiopreparat” Davlat Korxonasi
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Yadro fizikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.FM/T.33.01.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuqori radiokimyoviy, kimyoviy tozalik va yuqori faollikdagi radioaktiv substansiya olish uchun 10 gram va undan ortiq makromiqdordagi boyitilgan 176 Yb izotopidan yuqori unum bilan mikro miqdordagi tashuvchisiz 177 Lu radioizotopini ajratishning ekspres usulini yaratishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
176Yb barqaror izotop bilan boyitilgan nurlangan iterbiy namunasini simob katodiga maksimal elektrokimyoviy qaytarish uchun optimal kimyoviy formasi (176YbCI3) va itterbiyning elektrolitlardagi konsentratsiyasi (kaliy sitratli eritma uchun 1,0%, va litiy sitratli eritma uchun 1,5%) tanlangan;
nurlangan 176Yb namunalarni simob katodiga 175,176Yb3+ dan 175,l76Yb0 gacha elektrokimyoviy qaytarish jarayonida elektrolitlar muhitining optimal pH qiymati 6,0-6,5, optimal harorat esa 0-2 C0 ekanligi aniqlangan;
elektrolit eritmasidagi itterbiy qoldiqlari 175,176Yb va 177Lu radionuklidini tozalashda ekstraksiya va reekstraksiyaning optimal sharoitlari aniqlandi D2EGFK/o-ksilol–HCI Ekstraksiya jarayoni uchun elektrolit eritmasi muhiti pH=1,0-2,0, reekstraksiya uchun esa kislota konsentrasiyasi 6,0M va undan yuqori bo‘lganda eng optimal ekanligi aniqlangan;
10 gramm va undan ortiq miqdordagi nurlatilgan itterbiy namunasidan tashuvchisiz lyutesiy-177 radionuklidini yuqori unumdorlik (93,5%),  radiokimyoviy va radionuklid tozalikga ega substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
“Tashuvchisiz 177Lu radionuklidi bilan nishonlangan lyutesiy xlorid (177LuCI3)” holidagi substansiyasini ishlab chiqarish reglamenti va sifatini nazorat qilish uchun meʼyoriy-texnik hujjatlar ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Lyutesiy-177, radionuklidi asosida radioizotop substansiyalar olish texnologiyasiniishlab chiqish boʻyicha olingan natijalarga koʻra:
Intellektual mulk agentligidan   (“Tashuvchisiz lyutesiy-177 radionuklidini xlorid holda olish usuli” № FAP  01893, 25.12.2020 y.) foydali modelga patent olindi. Ixtirodan foydalanish natijasida nurlatilgan 176Yb makromiqdorlaridan tashuvchisiz, lyutesiy-177 radionuklidining mikromiqdorlarini ekspress usulida ajratish usuli bilan “Tashuvchisiz 177Lu asosidagi Lyutesiy xlorid (177LuCI3)" substansiyasini ishlab chiqarish mumkin bo‘lib, yuqori radiokimyoviy mahsulot unumdorlikka ega va yuqori radiokimyoviy, kimyoviy tozaligi, yuqori solishtirma radioaktivligini ta’minlagan holda, uni mahalliy va xorijiy tibbiyot klinikalarida keng qo‘llash imkonini beradi, va bu eksport hajmining oshirishni ta’minlovi omillar hisoblanadi;
Intellektual mulk agentligidan  (“Tashuvchisiz lyutesiy-177 radionuklidini xlorid holda olish usuli” № UZ IAP 7809, ot 06.09.2024 y.) ixtiro uchun patent olindi. Ixtirodan foydalanish natijasida yuqori radiokimyoviy unumdorlikka, o'ziga xos faollikka, radiokimyoviy va kimyoviy tozalikka ega bo'lgan radioaktiv farmatsevtik moddani ishlab chiqarish yo'lga qo'yildi.
“Lutetiy xlorid (177LuCl3) 177Lu, tashuvchisiz” radiofarmatsevtik substansiyasi koʻplab xorijiy mamlakatlarga (Buyuk Britaniya, Yaponiya, AQSh, Fransiya, Xitoy, Rossiya, Argentina, Turkiya) eksport qilinadi. Kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar bo'yicha: CMR Corporation limited (Buyuk Britaniya) Dog. 20.09.2017 y. No CMR-2017; SINMERA MIDDLE EAST AND ASIA FZ-LLC (BAA) 30.03.2023 yildagi SNMR-CNY-2023-son; “Eckert & Zeigler Chemotrade GmbH” (Germaniya) 2023 yil 23 noyabrdagi EX-2024-son; "Institute of Isotopes Co., Ltd." №  HUN-2024 (Vengriya) 02.02.2024 dan boshlab yiliga eksport uchun kamida 360 Kyuri mahsulot ishlab chiqaradi. Ushbu patentlar asosidagi texnologiyalarni joriy etish asosida 2022-yil yanvaridan 2024-yil iyuniga qadar umumiy qiymati 26 milliard so‘mdan ortiq radiofarmatsevtika mahsulotlari sotildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish