Daliev Shuxratjon Latibjonovichning

dissertatsiya himoyasisiz ixtiro patenti asosida

falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining tarkibli qoziqli barabanini takomillashtirish va parametrlarini asoslash», 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/T359.

Ilmiy rahbar: Djuraev Anvar Djuraevich, texnika fanlari doktori, professor.

Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.27.06.2017.T.08.01.

II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani tozalash mashinalari uchun qayishqoq elementli qoziqli baraban konstruksiyasini ishlab chiqish, ishlash rejimlari va parametrlarini hisoblash usullarini takomillashtirish hisobiga tozalash samarasini oshirishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining yangi samarali konstruksiyasi ishlab chiqilgan (№IAP 05616-2018 y., №FAP 01272-2018 y.); 

tavsiya etilgan resurstejamkor, qayishqoq elementli qoziqli barabanning yo‘l, tezlik, tezlanishini ifodalovchi analitik ifodalar, harakat qonuniyatlari va bog‘lanishlari ishlab chiqilgan; 

tajribaviy usulda bosh valning aylanishlar soni, burovchi momenti, burchak tezlanishi, qayishqoq elementning tebranish chastotasi aniqlangan va bog‘lanishlari olingan, parametrlari asoslangan;

to‘liq omilli tajribalar asosida paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasida tozalash samarasini oshirishni ta’minlaydigan maqbul qiymatlari ishlab chiqilgan.

IV. Ixtiroga patenti: «Paxta tozalash agregatining tozalash seksiyasi», (№IAP 05616-2018 y.) O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2018 yil 18 iyundagi 02-11/1660-son xulosasi.

V. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining qoziqli baraban konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:

tarkibida qayishqoq elementi bo‘lgan tarkibli qoziqli baraban konstruktruksiyasi “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Bo‘z paxta tozalash” AJga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2018 yil 11 iyuldagi 02-11/4177-son ma’lumotnomasi). Natijada paxtani mayda iflosliklardan tozalash samaradorligi 7,8%ga oshirish imkonini bergan;

yangi qayishqoq elemntli o‘rnatilgan paxta tozalash qoziqli barabanining to‘liq omilli tajribaviy tadqiqotning maqbul qiymatlari “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi “Bo‘z paxta tozalash” AJga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2018 yil 11 iyuldagi 02-11/4177-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tozalash samaradorligini oshirish va tolaning sinflarini ko‘tarish imkonini bergan;

paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinasining yangi qayishqoq elementli vtulka o‘rnatilgan qoziqli barabani “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan “Poytug paxta tozalash” AJga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” uyushmasining 2018 yil 11 iyuldagi 02-11/4177-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta xomashyosining tozalash samaradorligini 32,1%dan 39,9%ga, paxta tolasining sifat ko‘rsatkichini 15,0%dan 21,1%ga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish