Parmanov Askar Basimovich
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy darajalar beriladigan fan tarmogʻi): “Aromatik karbon kislotalarning vinil efirlari sintezi, xossalari va texnologiyasi”, 02.00.14 - Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.B2024.3.DSc/K200.
Ilmiy maslahatchi: Nurmanov Suvankul Erxanovich, taxnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K.01.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Matchanov Alimjon Davlatboevich, kimyo fanlari doktori, professor; Adilov Ravshan Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Maksumov Abduhamid Gafurovich? kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini sintez qilishning yangi usullarini ishlab chiqish, ularni olish texnologiyalarini yaratish hamda qo‘llanilish sohalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli o‘rinbosar tutgan aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida Zn(OTf)2, 3,3’-Ph2BINOL-2Li, BuLi, KOtrBu katalitik sistemalar yordamida vinilatsetatdan sintez qilingan va 3,3’-Ph2BINOL-2Li, BuLi, KOtrBu, Zn(OTf)2 qatori tartibida vinil efirlar unumi ortib borishi aniqlangan;
aromatik karbon kislotalarni atsetilen bilan gomogen-katalitik sharoitda Lyuis katalizatorlari Zn(Ch3COO)2 va ZnCl2, CrCl3, FeCl3, AlCl3 ishtirokida vinillash reaksiyasi, geterogen-katalitik sharoitda esa kremniy oksikarbid asosidagi rux/kremniyoksikarbid (Zn/SiOC), rux oksid/kremniyoksikarbid (ZnO/SiOC) va nikel/kremniyoksikarbid (Ni/SiOC) nanotuzilishli katalitik sistemalaridagi reaksiyalari olib borilgan. Natijada Zn(Ch3COO)2+AlCl3/DMSO hamda Zn/SiOC/DMFA katalitik sistemalarida yuqori unum bilan vinil efirlar sintez qilingan;
ilk bor fenilatsetilenning tanlangan aromatik karbon kislotalar bilan reaksiyasi diasetato-di (2-amino-5-metiltio-1,3,4-tiadiazolo) kobalt(II) ([Co(C3H5N3S2)2(Ch3COO)2]), akva-tris (2-amino-5-etil-1,3,4-tiazol)-rux (II) dinitrat ([Zn(C4H7N3S)3(OH2)](NO3)2), bis(2-amino- 5-etil-1,3,4-tiadiazol)-diasetato-rux(II) ([Zn(C4H7N3S)2(Ch3COO)2]) va tetrakis-(2-amino-5-etiltio-1,3,4-tiadiazol)- rux(II) dinitrat ([Zn(C4H7N3S2)4](NO3)2) kompleks katalitik sistemalari yordamida amalga oshirilgan va [Zn(C4H7N3S2)4](NO3)2 ishtirokida vinil efirlar unumi yuqori bo‘lgan;
ayrim aromatik karbon kislota vinil efirlarini bromlash va anilin bilan amidlash orqali 1,2-dibrometilbenzoatlar  hamda N-fenilbenzamidlar  sintez qilingan va reaksiya mexanizmlari taklif etilgan;
vinil efirlari va ular asosida olingan 1,2-dibrometilbenzoatlar va N-fenilbenzamidlarning fizik-kimyoviy konstantalari aniqlangan, kvant-kimyoviy parametrlari aniqlangan, tozaliga xromatografik, tuzulishi spektroskopik usullarida isbotlangan,  texnologiyasi ishlab chiqilgan va jarayon matematik modellashtirilgan;
sintez qilingan vinil efirlarni metall konstruksiyalar biokorroziyasini keltirib chiqaruvchi neft tarkibidagi mikroorganizmlarga qarshi ingibitorlik xossalari va o‘simlik patogen zamburug‘lariga qarshi 93.3 va 100 % faolligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Aromatik karbon kislotalarining vinil efirlari sintezi, xossalari va ishlab-chiqish texnologiyasini tadqiq qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aromatik karbon kislotalarning vinil efirlarini ishlab chiqarish usuliga O‘zbekiston Respublikasining intellektual mulk agentligidan foydali model uchun patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Rasmiy axborotnoma. Foydali model patenti, № FAP 2446. № 4(277) 09.04.2024. 1-3 b.). Natijada aromatik karbon kislotalarning vinilatsetat bilan vinilalmashinish reaksiyasi 2-xlor-4,6-bis(4- metoksifenil)-1,3,5-triazina va 2-xlor-4,6-dimetoksi-1,3,5-triazin ishtirokida karbon kislotalarning vinil efirlari sintez qilish usuli yaratilgan;
sintez qilingan aromatik karbon kislota vinil efirlari Muborak gazni qayta ishlash zavodida metallar biokorroziyasiga qarshi ingibitor sifatida amaliyotga joriy qilingan (“Muborak gazni qayta ishlash zavodi” ning 2023 yil 14 dekabrdagi 1048-G‘K-12 son ma’lumotnomasi). Natijada metallar biokorroziyasiga qarshi qo‘llaniladigan import ingibitorni mahalliylashtirish imkonini bergan;
vinilatsetat asosida karbon kislotalarining vinil efirlarini sintez qilish usuli Lodz Politexnika universitetida (Polsha) amaliyotga joriy qilingan (Lodz Politexnika universitetining 2024 yil 13 maydagi ma’lumotnomasi). Natijada geterotsiklik birikmalarning yangi vinil efirlarini sintez qilish imkonini bergan;
aromatik karbon kislotalarining vinil efirlarini olish usuli Belorus davlat informatika va radioelektronika universitetida bajarilayotgan “Vinil birikmalar olish uchun nanoo‘lchamli katalizatorlar sintezi, tuzilishi va elektron xossalari” loyihasida amaliyotga joriy etilgan (Belorus davlat informatika va radioelektronika universitetining 2024 yil 6 maydagi 08/19-son ma’lumotnomasi). Natijada yangi aromatik karbon kislotalarning vinil efirlari sintez qilish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish