Yaxshibaev Shavkat Qurambaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekistonda milliy taraqqiyotning yangi bosqichida siyosiy madaniyatni oshirishning zamonaviy mexanizmlari
23.00.03 – Siyosiy madaniyat va mafkura.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ss214
Ilmiy rahbar: Qo‘chqorov Vahob Xoshimovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Ergashev Bahodir Xojiqurbonovich siyosiy fanlar doktori, professor.
Musaev Mansur Tursunpo‘latovich siyosiy fanlar doktori (DSc)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat Jahon tillari unuversiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda milliy taraqqiyotining yangi bosqichida fuqarolarning siyosiy madaniyatini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: siyosiy jihatdan fuqarolarning madaniyatini shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Siyosiy madaniyatni shakllantirish strategiyasi”ning ishlab chiqilishi va uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga tadbiq etilishi fuqarolarning nafaqat siyosiy madaniyati, balki ularning siyosiy tafakkuri o‘zgarishiga “konstruktiv” ta’siri hamda, fuqarolarning jamiyatdagi o‘zgarishlarga nisbatan ochiq munosabat bildirishiga “kognitiv” ta’sir ko‘rsatishi ilmiy asoslangan;
mamlakat fuqarolari va davlat fuqarolik xizmatchilarining siyosiy madaniyati jamiyat taraqqiyoti va muayyan ijtimoiy guruhlarning siyosiy jihatdan taraqqiyot darajasi ko‘rsatkichi ekanligi davlatdagi siyosiy jarayonlar paytida fuqarolarning faollashuvi, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtiroki “siyosiy qaytma aloqa” mexanizmini hosil qilishi ochib berilgan.
demokratiya talablaridan kelib chiqib siyosiy madaniyat funksiyalari keng tadqiq etilib, fuqarolarning siyosatdagi umumiy qadriyatlarni qabul qilishi siyosiy madaniyatning “aloqa funksiyasi”ga ko‘ra davlat muassasalari va boshqa subektlarning o‘zaro ta’sirini keltirib chiqarishi ilmiy asoslangan.
taraqqiyotning yangi bosqichida davlat va jamiyat hayotini boshqaruvga nisbatan liberallashtirish, inson va hokimiyat o‘rtasida vertikal emas, balki gorizontal munosabatlarni shakllantirish, ularda hokimiyat organlariga hurmat va ishonch, tolerantlikni yuzaga chiqarishda hamda fuqarolar, jumladan yoshlarning siyosiy madaniyatni rivojlantirishda, ularni barkamol va etuk qilib tarbiyalashda zamonaviy mexanizmlar bilan birga Sharq jamiyatlarining tarixiy qadriyatlaridan vorisiiylik asosida o‘tib kelayotgan “jamoaviylik” va “paternalizm” algoritmi muhim omili bo‘lib xizmat qilishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekistonda siyosiy madaniyat darajasini oshirish mexanizmlari doirasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqotlar natijalari asosida:
siyosiy jihatdan fuqarolarning madaniyatini shakllantirishning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida “Siyosiy madaniyatni shakllantirish strategiyasi”ning ishlab chiqilishi va uning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga tadbiq etilishi fuqarolarning nafaqat siyosiy madaniyati, balki ularning siyosiy tafakkuri o‘zgarishiga “konstruktiv” ta’siri hamda, fuqarolarning jamiyatdagi o‘zgarishlarga nisbatan ochiq munosabat bildirishiga “kognitiv” ta’sir ko‘rsatishiga oid takliflari Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar” dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024 yil 3 iyundagi 247-sonli dalolatnomasi). Natijada, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining 1 yoʻnalishida belgilangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishga doir normativ-huquqiy bazani takomillashtirish hamda bu boradagi tashkiliy chora-tadbirlar” dasturining 2- va 4-bandlarini ishlab chiqilib, joylarda yoshlarning referendumda ishtirok etishlari ularning fuqarolik pozisiyasini aks ettirishiga oid targ‘ibot ishlarini olib borishga xizmat qilgan;
mamlakat fuqarolari va davlat fuqarolik xizmatchilarining siyosiy madaniyati jamiyat taraqqiyoti va muayyan ijtimoiy guruhlarning siyosiy jihatdan taraqqiyot darajasi ko‘rsatkichi ekanligi davlatdagi siyosiy jarayonlar paytida fuqarolarning faollashuvi, davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish jarayonlarida bevosita va bilvosita ishtiroki “siyosiy qaytma aloqa” mexanizmini hosil qilishiga oid takliflaridan Xorazm viloyati hokimligining “Yoshlarning siyosiy madaniyatini oshirish hamda siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 2023-2024-yillar uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xorazm viloyat hokimligining 2024-yil 4-iyuldagi 03-05/5181-sonli dalolatnomasi). Natijada Dasturning “Yoshlarda siyosiy va huquqiy ongni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari”ni belgilashga xizmat qilgan;
demokratiya talablaridan kelib chiqib siyosiy madaniyat funksiyalari keng tadqiq etilib, fuqarolarning, jumladan yoshlarning siyosatdagi umumiy qadriyatlarni qabul qilishi siyosiy madaniyatning “aloqa funksiyasi”ga ko‘ra davlat muassasalari va boshqa subektlarning o‘zaro ta’sirini keltirib chiqarishiga oid O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi tomonidan 2023-yilga mo‘ljallangan ish rejasining “Aholining siyosiy savodxonligini oshirish, joylarda targ‘ibot ishlarini kuchaytirishda davlat organlari bilan hamkorlik chora-tadbirlari” nomli bandining 12, 14, 17 va 18-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashining 2024-yil 04-iyuldagi 02/05-31-sonli dalolatnomasi). Natijada joylarda referendum oldi aholi bilan targ‘ibot ishlarini olib borishda davra suhbatlari o‘tkazildi;
taraqqiyotning yangi bosqichida davlat va jamiyat hayotini boshqaruvga nisbatan liberallashtirish, inson va hokimiyat o‘rtasida vertikal emas, balki gorizontal munosabatlarni shakllantirish, ularda hokimiyat organlariga hurmat va ishonch, tolerantlikni yuzaga chiqarishda hamda fuqarolar, jumladan yoshlarning siyosiy madaniyatni rivojlantirishda, ularni barkamol va etuk qilib tarbiyalashda zamonaviy mexanizmlar bilan birga Sharq jamiyatlarining tarixiy qadriyatlaridan vorisiylik asosida o‘tib kelayotgan “jamoaviylik” va “paternalizm” algoritmi muhim omil bo‘lib xizmat qilishiga oid takliflari O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Aholining siyosiy madaniyatini oshirish hamda siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 2023-2024 yillar uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi siyosiy Kengashining 2024-yil 4-iyundagi 01-1/1/236-sonli ma’lumotnomasi). Natijada “Aholining siyosiy madaniyatini oshirish hamda siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan 2023-2024 yillar uchun mo‘ljallangan chora-tadbirlar dasturi” ishlab chiqilib, joylarda targ‘ibot ishlarida foydalanishga xizmat qilmoqda.