Mavlyanova Zarrina Nosir kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Androgen alopesiyada xujayradan tashkari matrisa parametrlarining klinik xususiyatlari va davolash usulini takomillashtirish», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2253.
Ilmiy raxbar: Azimova Fotima Vaxidovna,  tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/28.02.2023.Tib.158.01.
Rasmiy opponentlar: Tashkenbaeva Umida Alisherovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Faxrutdinova Sevara Sirojiddinovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: xujayradan tashkari matriks va tuqimalarni qayta qurish parametrlarining xususiyatlarini xisobga olgan holda androgen alopesiyani terapiyasini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
androgen alopesiya bilan soch follikulasining hujayradan tashqari matriksini remodellashtirish, "mikroyallig‘lanish" patologik jarayonining surunkalashishi, so‘ngra ingibitiv va proapoptotik ta’sir tufayli, xitinazo-3 ga o‘xshash oqsilning (YKL-40) 2 baravar va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (TNF - a IL-1 β) 11 marotabagacha  ko‘tarilishi va patologik jarayonning og‘irlik darajasini  erta boshlanishi bilan bog‘likligi isbotlangan;
bemorlarning 42,8% da NGB kuzatilgan va TMI>27.4±1.76 ko‘rsatkichlari va patologik jarayonning dastlabki debyuti (18-29 yosh) bo‘lgan androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarning 50% da qayd etilgan. Bemorlarning ushbu guruhida glikolipid spektrining o‘zgarishi kuzatildi: DGEAS - 4,57±0,46 ng/ml (p<0,001), xolesterol - 5,29±0,10 (p<0,001), trigliseridlar- 2,74±0,73 mmol/l (p<0,05) ning ishonchli o‘sishi va JSBG 18,4±2,84 ng / ml (p<0,001), YuZLP - 1,98±0,09 mmol/l (p<0,001) ning ishonchli pasayishi isbotlangan;
androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda glikolipid, gormonal darajalar va hujayradan tashqari matriksni remodellashtirish ko‘rsatkichi o‘rtasidagi o‘tkazilgan korrelyasion bog‘liqlik asosida erkaklarda androgen alopesiya  rivojlanishining yangi patogenetik mexanizmi  isbotlangan;
androgenik alopesiyali bemorlarga davolanishda metforminini tizimli va bosh terisiga "ASW-ULTRA Fatiderm" dan qo‘llash asosida  ishlab chiqilgan terapiya kompleksi an’anaviy terapiya bilan davolangan bemorlarga nisbatan soch o‘sishining ijobiy dinamikasi 2,5 baravarga  va soch tolasining diametrini  5 baravarga  oshirishi bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Androgen alopesiyada klinik, immuno-bioximik tadqiqotlari bo‘yicha olingan ilmi natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: androgen alopesiya bilan soch follikulasining hujayradan tashqari matriksini remodellashtirish, "mikroyallig‘lanish" patologik jarayonining surunkalashishi, so‘ngra ingibitiv va proapoptotik ta’sir tufayli, xitinazo-3 ga o‘xshash oqsilning (YKL-40) 2 baravar va yallig‘lanishga qarshi sitokinlarning (TNF - a IL-1 β) 11 marotabagacha  ko‘tarilishi va patologik jarayonning og‘irlik darajasini  erta boshlanishi bilan bog‘likligi isbotlangan bo‘lib, 2023-yil 20-iyuldagi 63a-son buyruqqa muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyat hududiy filialida va 2023 yil 15 iyundagi 8i-son buyruqqa muvofiq "Embryo service" MChJ xususiy klinikasida amaliy sog‘liqni saqlashda klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: soch follikulasining hujayradan tashqari matrisasini remodellashtirish bo‘yicha taklif qilingan tadqiqot usuli androgen alopesiya terapiyasining erta diagnostikasi va samaradorligini oshiradi, soch follikulalari atrofiyasining rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: yangi diagnostika usulidan foydalanish soch follikulalari atrofiyaga uchragini erta aniqlashga yordam beradi, bunda yiliga 1 bemorni statsionar davolash uchun statsionar terapiya narxi 30600000 so‘m va ambulator – 18900000 so‘m. Xarajatlarni qisqartirish hisobiga alopesiya terapiyasining yangi usuli statsionar sharoitda 21850000 so‘m va ambulator sharoitda 15300000 so‘mni tashkil etdi;
ikkinchi ilmiy yangilik: bemorlarning 42,8% da NGB kuzatilgan va TMI>27.4±1.76 ko‘rsatkichlari patologik jarayonning dastlabki debyuti (18-29 yosh) bo‘lgan androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarning 50 % da qayd etilgan. Bemorlarning ushbu guruhida glikolipid spektrining o‘zgarishi kuzatildi: DGEAS - 4,57±0,46 ng/ml (p<0,001), xolesterol -5,29±0,10 (p<0,001), trigliseridlar- 2,74±0,73 mmol/l (p<0,05) ning ishonchli o‘sishi va JSBG 18,4 ± 2,84 ng / ml (p < 0,001), YuZLP -1,98±0,09 mmol/l (p<0,001) ning ishonchli pasayishi isbotlangan va 2023-yil 20-iyuldagi 63a-son buyruqqa muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyat hududiy filialida va 2023 yil 15 iyundagi 8i-son buyruqqa muvofiq "Embryo service" MChJ xususiy klinikasida amaliy sog‘liqni saqlashda klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy  samaradorligi: androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda glikolipid va gormonal spektrni tekshirishning tavsiya etilgan usuli tavsiya etilgan terapiya samaradorligini oshiradi va bemorlarning hayotiga tahdid soluvchi metabolik sindrom sifatida yanada murakkab kasalliklarning rivojlanishiga to‘sqinlik qiladi. Iqtisodiy samaradorligi: hisoblangan yillik iqtisodiy samaradorlikning gormonal va glikolipid spektrini to‘g‘irlash orqali kasallikning takrorlanishini kamaytirishdan iborat: an’anaviy davolash usuli bilan statsionar sharoitda 30600000 so‘m, ambulator – 18900000 so‘m. Alopesiya terapiyasining yangi kompleks usuli bilan statsionar sharoitda iste’mol 14566670 so‘mni, ambulator sharoitda esa 10200000 so‘mni tashkil etdi;
uchinchi ilmiy yangilik androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda glikolipid, gormonal darajalar va hujayradan tashqari matriksni remodellashtirish ko‘rsatkichi o‘rtasidagi o‘tkazilgan korrelyasion bog‘liqlik asosida erkaklarda androgen alopesiya  rivojlanishining yangi patogenetik mexanizmi  isbotlangan. Yuqoridagi ma’lumotlar 2023-yil 20-iyuldagi 63a-son buyruqqa muvofiq Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyat hududiy filialida va 2023 yil 15 iyundagi 8i-son buyruqqa muvofiq" Embryo service "MChJ xususiy klinikasida amaliy sog‘liqni saqlashda klinik amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: androgen alopesiya bilan og‘rigan bemorlarda glikolipid, gormonal spektr ko‘rsatkichlari va soch follikulasi to‘qimalarini remodellashtirish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion aloqalarning mavjudligi yangi patogenetik aloqalarni aniqlash maqsadli davolanishni tayinlash imkoniyati orqali taklif qilingan terapiya samaradorligini oshiradi. Iqtisodiy samaradorligi: androgenik alopesiya rivojlanishining yangi patogenetik mexanizmini aniqlashdan iborat bo‘lib, u insulin qarshiligi va giperglikemiya va ayollarning TPKS erkak ekvivalenti mavjudligini nazarda tutadi, bu to‘g‘ri tashxis qo‘yish orqali terapiya narxini 10 dan 7 kungacha kamaytiradi. Ishlab chiqilgan davolanish xarajatlari 1,4 baravarga kamayib, statsionar davolanishda 21420000 so‘mni, ambulator davolanishida 13230000 so‘mni tashkil etdi, an’anaviy terapiyada esa statsionar davolanish yiliga 1 bemor 30600000 so‘mni, ambulator muolajalari esa 18900000 so‘mni tashkil etdi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: androgenik alopesiyali bemorlarga davoanishda metforminini tizimli va bosh terisiga "ASW-ULTRA Fatiderm" dan qo‘llash asosida  ishlab chiqilgan terapiya kompleksi an’anaviy terapiya bilan davolangan bemorlarga nisbatan soch o‘sishining ijobiy dinamikasi 2,5 baravarga  va soch tolasining diametrini  5 baravarga  oshirishi bilan isbotlangan. Yuqoridagi ma’lumotlar Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Navoiy viloyat hududiy filiali 2023-yil 20-iyuldagi 63a-son va "Embryo service" MChJ xususiy klinikasining 2023-yil 15-iyundagi 8i-son buyrug‘iga muvofiq amaliy sog‘liqni saqlashda klinik amaliyotga joriy etildi. Ijtimoiy samaradorligi: ishlab chiqilgan terapiya kompleksi yuqori samarasini ko‘rsatgan, soch o‘sishi tezligi va soch to‘kilishini kamaytirish ko‘rsatkichlari terapiyaning qisqa muddatlarida kuzatildi, residivlar soni kamaydi, klinik tiklanish ko‘rsatkichlari va sezilarli yaxshilanish glikolipid va gormonal spektrning normallashishi tufayli an’anaviy terapiya olgan bemorlarga nisbatan 3,2 baravar yuqori bo‘ldi, yallig‘lanish jarayonining hujayradan tashqari matrisani qayta qurish faolligini kamaydi. Iqtisodiy samaradorligi: glikolipid, gormonal spektr va soch follikulasi to‘qimalarini qayta qurish ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi korrelyasion aloqalarni aniqlash asosida taklif qilingan terapiya algoritmini joriy etishdan hisoblangan yillik iqtisodiy samaradorlikdan iborat - 85554000 so‘m va ishlab chiqish va amalga oshirish xarajatlari samaradorligi koeffisienti - 7,38.

Yangiliklarga obuna bo‘lish