Muratova Nadejda Yur`evnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gidroksiapatit va kollagen asosli materialni pastki jag‘ nuqsonlari plastikasida ishlatishning osteointegratsiyasini optimaltirish», 14.00.21 –Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/Tib312.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev Sharif Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Surat Saidvalievich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Shukparov Asilbek Bayadilovich, tibbiyot fanlari doktori (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: S.J. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti\ (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gidroksiapatit va kollagen asosidagi kombinatsiyalangan osteoplastik materiallarni qo‘llagan holda pastki jag‘ suyak nuqsonlarini jarrohlik davolash samaradorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gidroksiapatit va kollagenli titan implantatlar suyak to‘qimasi bilan qoplanib, bu suyak/implant chegarasidagi mikroharakat va zo‘riqishlarning oldini olishi rentgendensitometriya ma’lumotlari bilan isbotlangan;
endoprotezlashda gidroksiapatit va kollagenning qo‘llanilishi T-hujayrali va V-hujayrali immunitet, hamda neytrofillarning fagotsitar faolligi ma’lumotlari bo‘yicha salbiy reaksiyani chaqirmasligi aniqlangan;
o‘tkazilgan davolashning rag‘batlantiruvchi ta’siridan dalolat beruvchi, fagotsitar faolligining eng sezilarli o‘sishi nazorat guruxiga nisbatan gidroksiapatit va kollagen qo‘llanilgan bemorlar (76,6±3,3%) guruhida kuzatilganligi aniqlangan;
pastki jag‘ nuqsonlarida chuqur patomorfologik o‘zgarishlar nafaqat kasal, shikastlangan tomondagi nerv-mushak tizimida, balki sog‘lom tomonda ham sodir bo‘lishi elektromiografik tekshiruv ma’lumotlari asosida aniqlangan;
m.masseter va m.temporalis elektromiografiya usulida osteoplastik jarrohlik aralashuvlaridan so‘ng asab-mushak tizimining funksional holati, xususan, bioelektrik faollik uzoq muddatli tiklanish davrini talab qilishi aniqlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Toshkent davlat stomatologiya institutining 2024 yil 07 maydagi 04-x/39-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: rentgendensitometriya ma’lumotlari natijasida gidroksiapatit va kollagen bilan qoplangan titan implantatlar zich suyak to‘qimasi bilan qoplanganishi, bu esa suyak/implant chegarasida mikroharakatlar va zo‘riqishlarni oldini olishga olib kelishi, suyak tuzilmaviy-funksional tavsiflarining tiklanishini optimallashtirishga ko‘maklashishi aniqlangan, ya’ni pastki jag‘ning bir bosqichli rezeksiyasi va rekonstruksiyasida titan endoprotezlarini qoplash uchun gidroksiapatit va kollagen qo‘llanganida jarrohlik aralashuvini o‘tkazish vaqtida hamda kelgusida reabilitatsiya davrida texnik jihatdan xech qanday qo‘shimcha qiyinchiliklar yuzaga keltirmaydi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Osteomatriks osteoplastik preparatidan foydalanish an’anaviy terapiya qo‘llanilgan guruhga nisbatan aniqroq terapevtik ta’sirga erishish va pastki jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish vaqtini, shu jumladan kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni statsionar sharoitda qisqa muddat davolashga imkon berdi, davolashning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorda 1874000 so‘mgacha tejashni amalga oshirish miqiyosida (n = 32). Davolashda jag‘ nuqsoni sohasiga kiritilgan Osteomatriks suyak to‘qimasi reparatsiyasini jadallashtirib, , davo kunini qisrarishi bilan 17.4% ga iqtisod qilinib,  tibbiy yordam  xarajatlarini tejashga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Primenenie gidroksiapatita i kollagena pri lechenii defektov nijney chelyusti” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamda 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga tatbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2024-yil 14-martdagi 04-z/53-sonli xulosa olingan.)
ikkinchi ilmiy yangilik: pastki jag‘ nuqsonlari bo‘lgan bemorlarning immunologik holatini o‘rganish asosida titan endoprotezlari bilan endoprotezlashda gidroksiapatit va kollagendan foydalanish immunitetning T-hujayrali bo‘g‘im, neytrofillarning fagotsitar faolligi, immunitetning V-bo‘g‘imi ko‘rsatkichlari nuqtai nazaridan organizm tomonidan rad etilish reaksiyasini chiqarmasligi aniqlangan, ya’ni gidroksiapatit va kollagen bilan qoplangan endoprotezlar strukturasi va fizik-mexanik xossalari bo‘yicha suyakka yaqinligi tufayli pastki jag‘ning nuqsonlarini bartaraf etishda barqaror funksional ta’sir ko‘rsatadi va bemorning to‘qimalar tuzilmalari bilan yaxshi osteointegratsiyani ta’minlaydi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: an’anaviy terapiya qo‘llanilgan guruhga nisbatan aniqroq terapevtik ta’sirga erishish va pastki jag‘i nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish vaqtini, shu jumladan kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni statsionar sharoitda qisqa muddat davolashga imkon berdi, davolashning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorda 3748000 so‘mgacha tejashni amalga oshirish miqiyosida (n = 23). Davolashda jag‘ nuqsoni sohasiga kiritilgan gidroksiapatit suyak to‘qimasi reparatsiyasini jadallashtirib, nuqson sohasini anastomozlashgan yangi suyak to‘sinlari bilan to‘lishiga, davo kunini qisrarishi bilan 28.6% ga iqtisod qilinib,  tibbiy yordam  xarajatlarini tejashga imkon beradi.Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Primenenie gidroksiapatita i kollagena pri lechenii defektov nijney chelyusti” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamda 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga tatbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2024-yil 14-martdagi 04-z/53-sonli xulosa olingan.)
uchinchi ilmiy yangilik: fagotsitar faollikning eng sezilarli o‘sishi o‘tkazilayotgan terapiyaning rag‘batlantiruvchi ta’sirini ko‘rsatadib, gidroksiapatit va kollagen qo‘llanilgan bemorlar guruhlarida kuzatilganligi aniqlangan, ya’ni bemorning reabilitatsiyasini optimallashtirish va reparativ osteogenez uchun maqbul shart-sharoitlarni yaratish maqsadida ishlab chiqilgan suyak o‘rnini bosuvchi kompozisiyasidan foydalangan holda pastki jag‘ning suyak nuqsonlarini plastik jarrohlik usuli klinik amaliyotga joriy etilgan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoprotez yuzasida gidroksiapatitni qo‘llashda suyak to‘qimalarining tezroq shakllanishi va etilishi sodir bo‘ladi. Bu an’anaviy terapiya qo‘llanilgan guruhga nisbatan aniqroq terapevtik ta’sirga erishish va pastki jag‘i nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish vaqtini, shu jumladan kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni statsionar sharoitda qisqa muddat davolashga imkon berdi, davolashning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorda 3 748 000 so‘mgacha tejashni amalga oshirish miqiyosida (n = 23). Davolashda jag‘ nuqsoni sohasiga kiritilgan gidroksiapatit suyak to‘qimasi reparatsiyasini jadallashtirib, nuqson sohasini anastomozlashgan yangi suyak to‘sinlari bilan to‘lishiga, davo kunini qisrarishi bilan 28.6% ga iqtisod qilinib,  tibbiy yordam  xarajatlarini tejashga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Primenenie gidroksiapatita i kollagena pri lechenii defektov nijney chelyusti” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamda 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga tatbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2024-yil 14-martdagi 04-z/53-sonli xulosa olingan.)
to‘rtinchi ilmiy yangilik: elektromiografik tadqiqotlar ma’lumotlari asosida pastki jag‘ nuqsonlari va deformatsiyalarida chuqur patomorfologik o‘zgarishlar nafaqat kasal, shikastlangan tomondagi nerv-mushak tizimidi, balki sog‘lom tomonda ham sodir bo‘lishi aniqlangan, ya’ni titanli endoprotez yuzasini kompozit qoplamalar bilan purkash g‘adirbudurlikni hosil qiladi, bu esa amaliyotda suyak bo‘laklarini barqaror mahkamlashga va ularni bitish jarayonini optimallashtirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoprotez yuzasida gidroksiapatitni qo‘llashda suyak to‘qimalarining tezroq shakllanishi va etilishi sodir bo‘ladi. Bu an’anaviy terapiya qo‘llanilgan guruhga nisbatan aniqroq terapevtik ta’sirga erishish va pastki jag‘i nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish vaqtini, shu jumladan kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni statsionar sharoitda qisqa muddat davolashga imkon berdi, davolashning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorda 3 748 000 so‘mgacha tejashni amalga oshirish miqiyosida (n = 23). Davolashda jag‘ nuqsoni sohasiga kiritilgan gidroksiapatit suyak to‘qimasi reparatsiyasini jadallashtirib, nuqson sohasini anastomozlashgan yangi suyak to‘sinlari bilan to‘lishiga, davo kunini qisrarishi bilan 28.6% ga iqtisod qilinib,  tibbiy yordam  xarajatlarini tejashga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Primenenie gidroksiapatita i kollagena pri lechenii defektov nijney chelyusti” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamda 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga tatbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2024-yil 14-martdagi 04-z/53-sonli xulosa olingan.)
beshinchi ilmiy yangilik: mos ravishda o‘tkazilgan osteoplastik jarrohlik aralashuvlardan so‘ng, asab-mushak tizimining funksional holati, xususan, bioelektrik faolligi uzoq tiklanish davrini talab qilishi elektromiografik usul asosida isbotlangan, ya’ni titan endoprotezlarini qoplash uchun gidroksiapatit va kollagenni qo‘llash bo‘yicha ishlab chiqilgan texnologiya anatomik uzluksizligi buzilgan orttirilgan pastki jag‘ suyagi nuqsonlarini bartaraf etish uchun tavsiya qilinadi. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: endoprotez yuzasida gidroksiapatit va kollagenni qo‘llashda suyak to‘qimalarining tezroq shakllanishi va etilishi sodir bo‘ladi. Bu an’anaviy terapiya qo‘llanilgan guruhga nisbatan aniqroq terapevtik ta’sirga erishish va pastki jag‘i nuqsonlari bo‘lgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish vaqtini, shu jumladan kasalxonada qolish muddatini qisqartirish imkonini beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bemorni statsionar sharoitda qisqa muddat davolashga imkon berdi, davolashning iqtisodiy samaradorligi har bir bemorda 6 161 000 so‘mgacha tejashni amalga oshirish miqiyosida (n = 20). Davolashda jag‘ nuqsoni sohasiga kiritilgan gidroksiapatit va kollagen suyak to‘qimasi reparatsiyasini jadallashtirib, nuqson sohasini anastomozlashgan yangi suyak to‘sinlari bilan to‘lishiga, davo kunini qisrarishi bilan 46.0% ga iqtisod qilinib,  tibbiy yordam  xarajatlarini tejashga imkon beradi. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan xolda foydalanish “Primenenie gidroksiapatita i kollagena pri lechenii defektov nijney chelyusti” mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalaridan Toshkent shahar tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi hamda 7-sonli shahar klinik shifoxonasiga tatbiq etilgan. (Toshkent davlat stomatologiya instituti Muvofiqlashtiruvchi Ekspertlar Kengashidan 2024-yil 14-martdagi 04-z/53-sonli xulosa olingan.)

Yangiliklarga obuna bo‘lish