Abdullaeva Mavluda Matyoqubovnaning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli tuproq-iqlim va turli ekish sxemalariga mos, yuqori moslashuvchanligiga ega bo’lgan g‘o’zaning o’rta tolali navini yaratish”, 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Qx1466.
Ilmiy rahbar: Usmanov Sergey Anvarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Toshkent filiali va Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/30.09.2022.Qx.152.01.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti g‘o’zaning G.hirsutum L. turiga mansub “SP-7703” navi (NAP 00238).
II. Tadqiqotning maqsadi G‘o’zaning G.hirsutum L turiga mansub geografik va genetik jihatdan uzoq bo’lgan nav va namunalarni murakkab chatishtirish orqali olingan yuqori avlod duragaylarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida qo’shqator ekish sxemalariga mos, vertisillyoz vilt kasalligiga bardoshli hamda qimmatli xo’jalik belgilari va tola sifatini o’rganish asosida belgilarni bir genotipda mujassamlashtirgan yangi g‘o’za navini yaratish va amaliyotga joriy etishdan iborat.   
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba g‘o’zaning G.hirsutum L turiga mansub geografik va genetik jihatdan uzoq bo’lgan nav va namunalarni murakkab chatishtirish orqali olingan yuqori avlod duragaylarini xo’jalik uchun qimmatli belgilari bo’yicha tahlillar natijasida olingan tizmalar Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo hamda Xorazm viloyatlari tuproq-iqlim sharoitlarida qo’shqator 60x30-10-1 va 60x30-15-1 ekish va boshqa ekish sxemalarida ekilib, morfobiologik va qimmatli xo’jalik belgilarining irsiylanishi, o’zgaruvchanligi aniqlangan;
turli tuproq-iqlim sharoitlarida yaratilgan tizmalarning moslashuvchanlik qobiliyati bo’yicha va tabiiy infeksion vilt fonida vertisillyoz vilt kasalligi xususiyatlarini namoyon bo’lishi ilmiy asoslab isbotlangan;
tizmalarda shoxlanish tiplarini qimmatli xo’jalik belgilari bilan o’zaro bog‘liqligini aniqlangan;
turli genotipga ega o’rta tolali g‘o’za tizmalarini analitik seleksiya usuli yordamida xo’jalik uchun qimmatli belgilari bo’yicha o’rganish orqali genetik jihatdan boyitilgan tezpishar, hosildor, yuqori tola chiqimi va sifatining ijobiy majmuasiga ega seleksion ashyolarni yaratish mumkinligi isbotlangan;
g‘o’zaning G.hirsutum L. turiga mansub boyitilgan genotipga ega g‘o’za tizmalarini xo’jalik uchun qimmatli belgilari bo’yicha baholash hamda genetik jihatdan farqlanuvchi biotiplarni tanlashda analitik seleksiya usulining samaradorligi ilmiy asoslab isbotlangan;
tanlangan biotiplar orasidan tezpisharlik, hosildorlik, yuqori tola sifati va chiqimi, sho’rlanish va suv tanqisligiga bardoshlilik va boshqa xo’jalik qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega yangi SP-7703 g‘o’za navi yaratilgan;
tur ichida duragaylash hamda yakka tanlash uslubi asosida yaratilgan SP-7703 navi bo’yicha Davlat nav sinash markazi o’tkazgan patent sinovi natijalariga asosan xo’jalik uchun qimmatli belgilari (tezpisharligi, tola chiqimi, tola sifati va boshqa) bo’yicha yangilikka egaligi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. G‘o’zaning G.hirsutum L turiga mansub yuqori avlod duragaylarini turli tuproq-iqlim sharoitlarida qo’shqator ekish sxemalariga mos hamda qimmatli xo’jalik belgilari va tola sifatini o’rganish asosida belgilarni bir genotipda mujassamlashtirgan yangi g‘o’za navini yaratish bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlari sharoitida g‘o‘zaning andoza navga taqqoslagan holda moslashuvchanlik qobiliyati bo‘yicha tadqiqotlar olib borilgan va g‘o’zaning G.hirsutum L turiga mansub yangi SP-7703 g‘o’za naviga O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi tomonidan NAP 00238 raqamli patent olingan. (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 7.08.2024 yildagi 05/04-04-365 son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati tuproq-iqlim sharoitida qo‘shqator (60x30-10-1 va 60x30-15-1)  ekish sxemalarida duragaylarning morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilarining irsiylanishi, o‘zgaruvchanligi va shakllanishi natijasida SP-7703 va “VIR-1999” navlar yaratilgan va g‘o‘za kolleksiyasi tezpishar, serhosil, yuqori tola chiqimi va sifatiga ega, tolasi IV-tipga mansub bo‘lgan yangi navlar bilan boyitilgan.
2017-2023  yillarda  Xorazm  viloyati  sharoitida  olib  borilgan  tajribalarda g‘o‘zaning  yangi  “SP-7703” va “VIR-1999”  navlari va T-32/0,  T-32/1, T-33/0, T-33/1, T-34, T-35 va T-36, T-37 tizmalari jami 27,0 gektar maydonga ekilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 7.08.2024 yildagi 05/04-04-365 son ma’lumotnomasi). Natijada, tajribada nazorat sifatida olingan Xorazm-127 navi vertisillyoz vilt bilan umumiy darajada 51,7% va kuchli  darajada 32,7%  ga,  tizmalarda esa vilt kasalligibilan umumiy darajada turlicha zararlanib, ammo nazorat naviga nisbatan  kasallikka bardoshliligini namoyon etgani holda umumiy darajada 21,2% dan 24,3% oraliqda, kuchli darajada zararlanish esa 4,0-5,0% bo‘lganligi qayd etilgan. Paxta hosildorligi tizmalarda  o‘rtacha  38,4-47 s/ga ni tashkil etib, andoza Xorazm-127  navida  bu ko‘rsatkich 35,4 s/ga. ni tashkil etgani holda, tizmalar andozaga nisbatan 108-132% ko‘p paxta hosili to‘plagan.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiytadqiqot insititutining Sirdaryo ilmiy-tajriba stansiyasida ham tajribalar olib borilib, yangi  tizmalar hamda ular ishtirokida yaratilgan  g‘o‘zaning  yangi “SP-7703”  navi 2020-yilda 1,0 ga, 2021-yilda 1,0 ga, 2021-yilda 1,70 ga, 2022-yilda g‘o‘zaning yangi “SP-7703” va “VIR-1999”  navlari  1,90  gektar  o‘rtacha  darajada   sho‘rlangan tuproqlarda, jami 6,4 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 7.08.2024 yildagi 05/04-04-365 son ma’lumotnomasi). Natijada, yaratilgan tizmalarning tezpisharligi 113-117 kunni, bir dona ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtacha 6,4-7,5 g, tola chiqimi 38,2-40 %, tola uzunligi 34,4-36,0 mm, 1000 dona chigit vazni yuqori hamda IV tipga to‘liq javob berib, tadqiqotlarda o‘rganilgan namunalarning turli tuproq-iqlim sharoitiga mosligi aniqlangan.
Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari  ilmiytadqiqot  insititutining sobiq Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida g‘o‘zaning G.hirsitim L. turiga mansub, T-32/0,  T-32/1, T-33/0, T-33/1, T-34, T-35, T-36 va T-37 seleksiya namunalari 2018-2020 yillarda turli ko‘chatzorlarda sinalgan va tadqiqotlar davomida yaratilgan tizmalar va SP-7703 navi 2021-yilda 1,4 gektar, 2022-yilda 1,8 gektar, jami 5,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo’jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 7.08.2024 yildagi 05/04-04-365 son ma’lumotnomasi). Natijada, PSUYaITIning sobiq Surxondaryo ilmiy-tajriba stansiyasida ko‘chatzorlarda sinalgan “SP-7703” va “VIR-1999” navlari hamda yangi tizmalarning bitta ko‘sakdagi paxta vazni o‘rtacha 6,5-7,8 g, 1000 dona chigit vazni o‘rtacha 125-130 g, umumiy hosildorlik 43,8-45,5 s/ga ni tashkil etib, andoza navlarga nisbatan gektaridan o‘rtacha 5,1-7,0 sentnergacha yuqori hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish