Yarasheva Nargiza Isroilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tireotoksikozli bemorlarda ko‘priksimon protezlar bilan protezlashni optimallashtirish», 14.00.21 – Stomatologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib2518.
Ilmiy raxbar: Ziyadullaeva Nigora Saidullaevna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti, DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Saleeva Gul`shat Taufikovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Shomurodov Kaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: S.D. Asfendiyarov nomidagi Qozog‘iston milliy tibbiyot universiteti (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tireotoksikozli bemorlarda dental implantatlarga tayangan ko‘priksimon protezlar bilan protezlashda tish qatorlari nuqsonlarini tashxislash va ortopedik davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor tireotoksikozli bemorlarni dental implantlarga tayangan ortopedik davolashga tayyorlashda eutireoz holatiga erishishga imkon beruvchi, taklif etilgan personalashtirilgan medikamentoz korreksiyalovchi terapiyaning (gormonal va suyak hosil qiluvchi terapiya) qo‘llanilishi keyingi osteointegratsiya jarayonini 2 marta tezlashtirishi va rezorbsiya jarayonini sekinlashtirishi isbotlangan;
ilk bor tireotoksikozli bemorlarni dental implantatsiyasiga tayyorlashda minerallar (Ca, P, Mg, Na, C,O2) tarkibining nisbatini aniqlash va personalashtirilgan korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish uchun rentgenospektral tahlil yordamida tish katakchasidan olingan qiriqlar orqali jag‘ suyaklarining mikroelementli tarkibi aniqlangan;
ilk bor tirotoksikozli bemorlarda implantatlarni bitishi va osteointegratsiya muddatlarini 52%ga qisqarishida namoyon bo‘ladigan, tish qatorlari nuqsonlarini dental implantlariga tayangan ko‘priksimon protezlar bilan protezlash samaradorligi aniqlangan;
ilk bor personalashtirilgan korreksiyalovchi terapiya va kalsiyli bufer eritmasidagi ultra-gidrofil yuzali dental implantatlari bilan tish qatorlari nuqsonlari protezlangan tireotoksikozli bemorlarda taklif etilgan kompleks davolash algoritmining qo‘llanilishida reparativ barqarorlik 92%ga yaxshilanishi va preimplantatsion sohada yaxshi vaskulyarizatsiyani ta’minlashi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha 2024 yil 25 iyundagi 01/02-sonli xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: tireotoksikozli bemorlarni dental implantlarga tayangan ortopedik davolashga tayyorlashda eutireoz holatiga erishishga imkon beruvchi, taklif etilgan personalashtirilgan medikamentoz korreksiyalovchi terapiyaning (gormonal va suyak hosil qiluvchi terapiya) qo‘llanilishi keyingi osteointegratsiya jarayonini 2 marta tezlashtirishi va rezorbsiya jarayonini sekinlashtirishi isbotlanganligi buyicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/102-son bilan tasdiqlangan “ Opredelenie mikroelementnogo sostava chelyustnix kostey u bol`nix s tireotoksikozom” xamda 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/101-son bilan tasdiqlangan “Jag‘ suyaklarining mikroelementlar tarkibi tireotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarda tish protezining konstruksiyasini tanlashga ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar №5-stomatologiya poliklinikasi Davlat unitar Korxonasi 2024 yil 12 mart 45-son, xamda Toshkent shaxar OK «Luqmon-Dental” xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2024 yil 13 mart 7-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: tatbiq natijalarida, morfologik va mikroelementlarni tekshiruvi yordamida suyakning tuzilishini tahlil qilish, ob’ektiv tekshiruv usuli bo‘lib, uning informatsion ahamiyati tufayli qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarda tibbiy muassasalar va laboratoriyalarda diagnostika tadbirlari tizimiga kiritilishi mumkin bo‘ldi. Iqtisodiy samaradorligi: taklif qilingan tavsiyalarning qo‘llanilishi bitta tekshirilgan bemorning ma’lumotlarini hisoblagan xolda va periimplantitlarni oldini olish maqsadida qo‘llangan davolash algoritm orqali 8000000 so‘m tejash imkonini beradi. Xulosa: tireotoksikozli bemorlarni dental implantlarga tayangan ortopedik davolashga tayyorlashda eutireoz holatiga erishishga imkon beruvchi, taklif etilgan personalashtirilgan medikamentoz korreksiyalovchi terapiyaning (gormonal va suyak hosil qiluvchi terapiya) qo‘llanilishi keyingi osteointegratsiya jarayonini 2 marta tezlashtirishi va rezorbsiya jarayonini sekinlashtirish imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: tireotoksikozli bemorlarni dental implantatsiyasiga tayyorlashda minerallar tarkibining nisbatini aniqlash va personalashtirilgan korreksiyalovchi terapiyani ishlab chiqish uchun rentgenospektral tahlil yordamida tish katakchasidan olingan qiriqlar orqali jag‘ suyaklarining mikroelementli tarkibi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/102-son bilan tasdiqlangan “ Opredelenie mikroelementnogo sostava chelyustnix kostey u bol`nix s tireotoksikozom” xamda 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/101-son bilan tasdiqlangan “Jag‘ suyaklarining mikroelementlar tarkibi tireotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarda tish protezining konstruksiyasini tanlashga ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar №5-stomatologiya poliklinikasi Davlat unitar Korxonasi 2024 yil 12 mart 45-son, xamda Toshkent shaxar OK «Luqmon-Dental” xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2024 yil 13 mart 7-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samadorligi ushbu tadqiqotlar natijalari mutaxassislarning tish kasalliklarining etiopatogenezi, diagnostikasi, davolash va oldini olish masalalari bo‘yicha tushunish darajasini oshiradi. Iqtisodiy samadorligi: natijada bemorga olinadigan protezlar bilan muqobil davolash taklif etiladi. Fiziologik bo‘lmaganligi sababli, olinadigan protezlar protez qavatining mikrosirkulyasiyasini buzadi, suyak rezorbsiyasi jarayonini kuchaytiradi, bu olinadigan protezlardan foydalanish vaqtini sezilarli darajada kamaytiradi va protezni har 4-5 yilda bir martadan ko‘proq o‘zgartirishga majbur qiladi. Bu nafaqat bemorning qo‘shimcha protez uchun pul to‘lashiga sababchi bo‘ladi, balki ushbu bemorlarning hayot sifatini sezilarli darajada pasaytiradi va xar bir bemor hisobiga 125000 so‘mni tashkil qiladi. Xulosa: tadkiqot natijalariga ko‘ra, SEM yordamida aniqlangan mikroelementlar tarkibi boshqa tadqiqot usullari yordamida aniqlash mumkin bo‘lmagan jag‘ suyaklaridagi mavjud og‘ishlarni aniqlashga yordam beradi va suyak to‘qimasi patologiyasi rivojlanishining bevosita sababini davolash imkonini beradi;
uchinchi ilmiy yangilik: tirotoksikozli bemorlarda implantatlarni bitishi va osteointegratsiya muddatlarini 52%ga qisqarishida namoyon bo‘ladigan, tish qatorlari nuqsonlarini dental implantlariga tayangan ko‘priksimon protezlar bilan protezlash samaradorligi aniqlanganlig bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/102-son bilan tasdiqlangan “ Opredelenie mikroelementnogo sostava chelyustnix kostey u bol`nix s tireotoksikozom” xamda 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/101-son bilan tasdiqlangan “Jag‘ suyaklarining mikroelementlar tarkibi tireotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarda tish protezining konstruksiyasini tanlashga ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar №5-stomatologiya poliklinikasi Davlat unitar Korxonasi 2024 yil 12 mart 45-son, xamda Toshkent shaxar OK «Luqmon-Dental” xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2024 yil 13 mart 7-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: suyak to‘qimalarining holatini yaxshilash qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarni samarali ortopedik va umumiy stomatologik davolashga imkon bergan, shu bilan ularning turmush darajasini oshiradi va jamiyatni endokrin patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning murakkabligi muammosidan xalos qilganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradorligi: tirotoksikozli bemorlarda implantatlarni bitishi va osteointegratsiya muddatlarini 6 oydan 3 oyga qisqarganligi namoyon bo‘ladigan, tish qatorlari nuqsonlarini dental implantlariga tayangan ko‘priksimon protezlar bilan protezlash imkonini berdi. Xulosa: suyak to‘qimalarining holatini yaxshilash (trombotsitlar faol shakllarining miqdori ikki karra kamaydi, bu ko‘rsatkichlarni dastlabki qiymatlarga yaqinlashtirdi) qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lgan bemorlarni samarali ortopedik va umumiy stomatologik davolashga imkon bergan, shu bilan ularning turmush darajasini oshiradi va jamiyatni endokrin patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning murakkabligi muammosidan xalos qilgash imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: personalashtirilgan korreksiyalovchi terapiya va kalsiyli bufer eritmasidagi ultra-gidrofil yuzali dental implantatlari bilan tish qatorlari nuqsonlari protezlangan tireotoksikozli bemorlarda taklif etilgan kompleks davolash algoritmining qo‘llanilishida reparativ barqarorlik 92%ga yaxshilanishi va preimplantatsion sohada yaxshi vaskulyarizatsiyani ta’minlashi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Toshkent davlat stomatologiya instituti Ekspert Kengashi tomonidan 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/102-son bilan tasdiqlangan “ Opredelenie mikroelementnogo sostava chelyustnix kostey u bol`nix s tireotoksikozom” xamda 2023 yil 25 dekabrdagi 04-r/101-son bilan tasdiqlangan “Jag‘ suyaklarining mikroelementlar tarkibi tireotoksikoz bilan og‘rigan bemorlarda tish protezining konstruksiyasini tanlashga ta’siri” nomli uslubiy tavsiyanomalar mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Toshkent shaxar №5-stomatologiya poliklinikasi Davlat unitar Korxonasi 2024 yil 12 mart 45-son, xamda Toshkent shaxar OK «Luqmon-Dental” xususiy stomatologik klinikasi amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan 2024 yil 13 mart 7-son buyrugi bilan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: suyak to‘qimalarining holatini yaxshilash qalqonsimon bez kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarni samarali ortopedik va umumiy stomatologik davolashga imkon beradi, shu bilan ularning turmush darajasini oshiradi va jamiyatni endokrin patologiyasi bo‘lgan bemorlarni davolashning murakkabligi muammosidan xalos qilganligi bilan izohlangan. Iqtisodiy samaradoligi: suyakning tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan kompleks ortopedik davolashda iqtisodiy samaradorlik tahlili shuni ko‘rsatdiki, tibbiy xizmat narxi bitta shunga o‘xshash holat uchun 1000000 so‘mni tejashga imkon beradi: X/S = IS / (S2-S1) = 1000000/(95-50) = 22222 sum. Xulosa: shunday qilib, diagnostika va davolash chora-tadbirlarni amalga oshirish tufayli, suyakning tuzilishini oldindan tahlil qilish bilan keng qamrovli ortopedik davolash har bir holat uchun 22222 so‘mni tejash imkonini beradi.