Bo‘rieva Dilnoza Madarttovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Pikolin kislotani amidlash reaksiyalari va olingan mahsulotlarning xossalari», 02.00.03 - Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/K555.
Ilmiy rahbar: Abdushukurov Anvar Kabirovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Maksumov Abduhamid Gafurovich, kimyo fanlari doktori, professori; Jo‘raqulov Sherzod Niyatqobulovich, kimyo fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pikolin kislotani amidlash reaksiyalari va olingan mahsulotlarning xossalarini tadqiq qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pikolin kislotani arilamidlash reaksiyalarida ortoborat kislota katalizator sifatida qo‘llanilgan va bu katalizator ishtirokida bir bosqichda kislota amidlari hosil bo‘lishi isbotlangan;
pikolin kislotani amidlash reaksiyalarida izomer aromatik aminlarni qutblanuvchanligi va asosliligi ortib borishi qatorida mahsulot unumi ortishi isbotlangan;
para holatda elektronodonor va elektronoakseptor o‘rinbosarlar saqlagan aminlarda asoslilikning kamayishi bilan aminning nukleofil almashinish reaksiyalariga kirishish qobiliyati p-aminofenol>p-anizidin>p-toluidin>p-bromanilin>p-aminobenzoy kislota>p-nitroanilin qatorida kamayib borishi aniqlangan;
Ilk bor pikolin kislotaning aromatik aminobirikmalar bilan to‘rtlamchi ammoniy tuzlari erituvchi etil spirti ishtirokida sintez qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Pikolin kislotasining aromatik aminlar bilan reaksiyalari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
4-Metilfenilammoniy pikolinat, 3-gidroksifenilammoniy pikolinat, N-(naftanel-1)pikolinamid rentgen tuzilish tahlili (RTT) natijalari Kembridj kristallografik markazi ma'lumotlar bazasiga kiritilgan (Cambridge Crystallographic Data Centre ning 05. 04. 2023 y., 2254090 sonli, 13. 04. 2023 y. 2256004 sonli, 29. 09. 2024 y. 2387687 sonli ma'lumotnomalar). Natijada karbon kislota hosilalari tarkibiga kiruvchi yangi moddalarning tuzilishini aniqlash imkonini bergan;
N-(p-metoksifenil)-pikolin amid bo‘yicha texnik shart va texnologik yo‘riqnoma (O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan (S 200845944-114:2024)) tashkilotning standarti olindi. Natijada N-(p-metoksifenil)-pikolin amidini sintez qilish imkonini bergan.