Rasulov Abdusamat Abdujabborovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Norfloksatsinning kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi va xossalari», 02.00.01 - Noorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/K682.
Ilmiy rahbar: Ashurov Jamshid Mengnorovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bioorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Kadirova Zuxra Chingizovna, kimyo fanlari doktori, professor;  Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: norfloksatsinning Cu(II), Co(II) ionlari bilan metallokompleks birikmalarini sintez qilish, ularning tuzilishi va xossalarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor norfloksatsinning Cu(II), Co(II) metall kationlari bilan tarkibi M:HL 1:1 va 1:2 tarkibli 8 ta yangi kompleks birikmalari hamda 2 ta yangi organik tuz kompleks birikmalari sintez qilingan;
RTT, IQ-spektroskopiya, termik analiz, differensial skanerlovchi kalorimetr (DSC), element analiz usullari yordamida NL va uning komplekslari tarkibi, tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari aniqlanib tetraedr hamda oktaedr tuzilishli poliedr metallokomplekslar hosil bo‘lishi aniqlangan;
kvant-kimyoviy usullar yordamida elektronodonor va elektronoakseptor markazlari aniqlanib, [Cu(NLH)2Cl2]2H2O kompleksida elektrostatik potensialining maksimumi to‘rtlamchi azot atomi atrofida, minimumi esa xlor atomlari atrofida joylashishi aniqlangan;
Cu(II), Co(II) kationlarining NL bilan hosil qilgan aralash ligandli komplekslarining Hirshfeld sirt tahlillarini amalga oshirish natijasida H∙∙∙H va O∙∙∙H/O∙∙∙H orasidagi bog‘larning komplekslar kristall tuzilishiga ta’siri yuqori bo‘lishi isbotlangan;
Cu(NLH)2(AcO-)2]·2Cl∙2AcOH∙2H2O dagi stereokimyoviy va elektron ta’sirlar hamda Yan-Teller effekti hisobiga metall-sirka kislota bog‘larining uzayishi tufayli cho‘zilgan oktaedr tuzilishdagi mis ionining koordinatsion soni oltiga teng bo‘lgan sp3d2 gibridlanishli kompleks aniqlangan;
Sintez qilingan kompleks birikmalarning termik barqarorliklari aniqlangan.
[Cu(NLH)(AcO-)2]·2AcOH∙2H2O, [Co(NLH)2(H2O)2]·2Cl∙2AcOH∙2H2O, [Cu(NLH)2Cl2]·2H2O, [Cu(NLH)2]·2NO3∙2H2O kompleks birikmalarning bakteriya shtammlariga qarshi bakteriosid xususiyatlari mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. NL ning Cu(II), Co(II) kationlari bilan kompleks birikmalari sintezi, tuzilishi, fizik-kimyoviy xossalari va biologik faolligi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: [Cu(NLH)(AsO-)(AsOH)]∙Cl∙2H2O, [Cu(NLH)2(AcOH)2]∙2Cl∙2AcOH∙2H2O, [Cu(NLH)(AcO-)2]∙2AcOH∙2H2O, [Cu(NLH)2]∙2NO3∙2H2O, [Cu(NLH)2Cl2]∙2H2O,  [Cu(NLH)(AcO-)(H2O)2]∙Cl∙6H2O, [NLH]+∙[NO3], [CoCl4]-2∙[NLH2]+2∙[NLH]+∙Cl∙H2O, [Co(NLH)2(H2O)2]∙2Cl∙2AcOH∙2H2O, 2[NLH]+∙2[AcO-]∙3H2O tarkibli kompleks birikmalarining Cambridge Crystallographic Data Center xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam.ac.uk/cons/retrievihg.html, CCDC depozit raqami № 2307187, 2394559, 2327239, 2394556, 2394557, 2394558, 2317239, 2378009). Natijada, bazaga kiritilgan kimyoviy birikmalar o‘xshash birikmalarni sintez qilishda, tuzilishini tavsiflashda taqdim etilgan ma’lumotlardan foydalanish imkonini bergan;
norfloksatsinning metallokomplekslari “NOVA FARM” MChJ ning amaliyotga joriy etilgan (“NOVA FARM” MChJ ning 2024-yil 17- apreldagi №19-son ma’lumotnomasi). Natijada tarkibida Cu2+ ioni saqlagan norfloksatsin kompleks birikmasi o‘z xossalari va yuqori samaradorligi sababli dezinfeksiyalash vositalarga eritma ko‘rinishda 0,05% konsentratsiyali eritmasidan qo‘shilganda yuqori natija berishi isbotlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish