Mahmadoliev Salohiddin Bahodir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Seriy va toriy ionlarini elektrokimyoviy aniqlash uslublarini ishlab chiqish», 02.00.02 - Analitik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/K431.
Ilmiy rahbar: Qutlimurotova Nigora Xakimovna, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti,  DSc.03/30.12.2019.K.01.03.
Rasmiy opponentlar: Abdurahmonov Ergashboy, kimyo fanlari doktori; professor; Fatxullaeva Muyassar, kimyo fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: texnologik suvlar tarkibidan Ce(III) va Th(IV) ionlarini aniqlashning ekspress, yuqori tanlab ta’sir etuvchan, sezgir elektrokimyoviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Ce(III) bilan DNDGNDSK reagenti va Th(IV) bilan DNGANDSK reagentining kompleks hosil qilishining optimal sharotlari amperometrik titrlash usulida topilgan va Ce(III) va Th(IV) ionlarini kompleks hosil qilishi 0,75 voltda, kislotali muhitda borishi aniqlangan;
Ce(III) bilan DNDGNDSK va Th(IV) bilan DNGANDSK reagentlarining kompleks hosil qilish ximizmi integral pulsli amperometriya usulida DNDGNDSKning to‘liq oksidlanishi 1 voltda 5 sekundda, seriy qo‘shilganda esa 0,8 voltda 6 sekundda; DNGANDSK reagentini oksidlanishi 1 voltda 7,5 sekundda toriy(IV) ioni qo‘shilgandan keyin esa 0,8 voltda 7,5 sekundda egri chiziq hosil bo‘lishi orqali dastlab kompleks hosil bo‘lganligi isbotlangan.
Ce(III) bilan DNDGNDSK va Th(IV) bilan DNGANDSK reagentlarining kompleks hosil qilishi Ce:R 2:1; Th:R 1:2 mol nisbatlarida, standart yarim to‘lqin potensiallari seriyli kompleks uchun 0,42 volt, toriyli kompleks uchun 0,16 volt ekanligi va muvozanat konstantalari KmCe3+=3∙106 <Km Th4+ =2,6∙106 kamayib borishi Doblen Templeton qonuniyatiga mosligi isbotlangan;
Ce(III) va Th(IV) ionlarini aniqlashga halaqit beruvchi ionlar konsentratsiyasi topilgan; ishlab chiqilgan uslubni sun’iy aralashmalar analiziga qo‘llanilgan; halaqit beruvchi ionlarni bartaraf etishda ekstraksiya usulidan foydalanilganda 3 martaga kamayishi aniqlangan;
Ce(III) va Th(IV) ionlarini texnologik suvlar tarkibidan aniqlash amalga oshirilgan va usulning to‘gʻriligi induktiv bog‘langan atom emission spektrometriya analiz usullari bilan solishtirilgan va hisoblangan styudent koeffisienti Ce (III) ioni uchun 1,56004 ga, Th (IV) ioni uchun esa 1,78546 ga tengligi aniqlangan. Bu erkinlik darajasi 4 uchun keltirilgan tp -koeffisientlar jadvalida keltirilgan qiymatdan kichikligi ishlab chiqilgan usulning to‘g‘riligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektrokimyoviy usul yordamida Ce(III) va Th(IV) ionlarini aniqlash usuli:
Ce(III) va Th(IV) ionlarining nitroza guruhi tutgan organik reagentlar yordamida elektrokimyoviy aniqlash usuli «Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJ amaliyotiga joriy etilgan. («Olmaliq kon metallurgiya kombinati» AJ ning 2022 yil 10 iyul 008930-son ma’lumotnomasi). Natijada Ce(III) va Th(IV) ionlarini aniqlash uslubi chiqindi suvlari analiziga qo‘llanilgan va korrelyasiya koeffisienti 1 ga teng bo‘lgan holda siyrak er metallarini aralashmadan ajratib aniqlash imkonini bergan;
Ce(III) va Th(IV) ionlarini elektrokimyoviy aniqlash uslubi «Elektrokimyozavod» QK AJ amaliyotiga joriy etilgan. («Elektrokimyozavod» QK AJ ning 2023 yil 5 sentyabrdagi 116-son ma’lumotnomasi). Natijada sulfat kislotali chiqindi suv tarkibida siyrak er metallari, temir va boshqa bir qancha metall ionlari tutgan eritma tarkibidan Ce(III) va Th(IV) ionlarini aniqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish