Tosheva Mohinur Yusupovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘smirlarda stressga barqarorlikni ta’minlashning psixologik omillari”, 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/P549.
Ilmiy rahbar: Jabborov Azim Meyliqulovich, psixologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Elov Ziyodullo Sattorovich, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Jumaev Nodir Zayniddinovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘smirlarda stressga barqarorlikni ta’minlashning psixologik omillarini empirik jihatdan baholash hamda uning uslubiy ta’minotini takomillashtirishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘smirlarning har qanday faoliyatidagi samaradorlik stressga barqarorligi bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqligi, stressga barqarorlikni yuqori bo‘lishiga, yoki aksincha, stressga barqarorlik ko‘rsatkichining pastligi o‘smirning stress vaqtida o‘z psixofiziologik energiya va zaxiralarini salbiy psixologik holatlarni bartaraf etishga sarflash mahoratiga qarab, mazkur faoliyat samaradorligi oshishi yoki pasayishiga olib kelishi isbotlangan;
o‘smirlar yosh xususiyatlari bilan bog‘liq psixologik o‘zgarishlarga (“mustaqillikka intilish”, “kattalik hissi”, “hali ko‘p narsani bilish zarurligini anglash” kabilarni tuyish) duch kelishi natijasida, ularda stressli vaziyatlarda “adekvat javob bera olmaslik”, “o‘zini ishonchsiz tutishga moyillik”, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilolmaslik kechinmalarining ortib borishi oqibatida o‘ziga ishonchsizlik, bo‘ysunish va boshqalarning fikriga tobelik sifatlarining rivojlanishi psixologik mezonlar asosida dalillangan;
ta’lim muassasalarida o‘smirlar psixologik himoyasini stressogen omillarning  halokatli ta’siridan saqlash (kamaytirish) uchun o‘qituvchi-psixolog tomonidan o‘tkazilgan “ichki o‘zini o‘zi boshqarish”, “salbiy impulslarni cheklash”, “hissiy tajovuzni kamaytirish”,  “empatiyani rivojlantirish”, “ziddiyatli vaziyatlarda konstruktiv harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish” “o‘smirning individual shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish”, “oilada va sinf jamoasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni shakllantirish” mavzulardagi maqsadli xatti-harakatlar psixoprofilaktik va tuzatish ishlari ijobiy natija berishi aniqlangan;
“tashvish”, “umidsizlik”, “hissiy tanglik” va “neyropsixik beqarorlik” darajasi me’yoridan yuqori o‘smirlarning stressga barqarorligini rivojlantirish mashg‘ulotlarida qatnashishi orqali individual psixoemotsional stressni, umumiy tashvish darajasini pasaytirib, o‘smirlardagi stressga barqarorlikning eng oson tuzatilishi mumkin bo‘lgan tarkibiy qismlari: “motivatsion yo‘nalganlik”, “individual hissiy-irodaviy tajriba”, “stressga chidamlilik”ning umumiy darajasiga ta’sir qiluvchi “kognitiv” va “intellektual” komponentlar takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘smirlarda stressga barqarorlikni ta’minlashning psixologik omillarini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘smirlarning har qanday faoliyatidagi samaradorlik stressga barqarorligi bilan bevosita yoki bilvosita bog‘liqligi, stressga barqarorlikni yuqori bo‘lishiga, yoki aksincha, stressga barqarorlik ko‘rsatkichining pastligi o‘smirning stress vaqtida o‘z psixofiziologik energiya va zaxiralarini salbiy psixologik holatlarni bartaraf etishga sarflash mahoratiga qarab, mazkur faoliyat samaradorligi oshishi yoki pasayishiga olib kelishi isbotlanganligiga doir ilmiy takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-183-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-183a-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘smirlarda stress namoyon bo‘lishi va unga ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash yuzasidan empirik tadqiqot modelini yaratish imkoni kengaytirilgan;
o‘smirlar yosh xususiyatlari bilan bog‘liq psixologik o‘zgarishlarga (“mustaqillikka intilish”, “kattalik hissi”, “hali ko‘p narsani bilish zarurligini anglash” kabilarni tuyish) duch kelishi natijasida, ularda stressli vaziyatlarda “adekvat javob bera olmaslik”, “o‘zini ishonchsiz tutishga moyillik”, o‘z his-tuyg‘ularini nazorat qilolmaslik kechinmalarining ortib borishi oqibatida o‘ziga ishonchsizlik, bo‘ysunish va boshqalarning fikriga tobelik sifatlarining rivojlanishi psixologik mezonlar asosida dalillanganga oid ilmiy xulosalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-183-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-183a-son ma’lumotnomasi). Natijada  o‘smirlarda stressga barqarorlik va o‘z-o‘ziga baho berish, frustratsion tolerantlik, koping-strategiya mexanizmlarining o‘zaro munosabat xususiyatlarini aniqlashga erishilgan;
ta’lim muassasalarida o‘smirlar psixologik himoyasini stressogen omillarning  halokatli ta’siridan saqlash (kamaytirish) uchun o‘qituvchi-psixolog tomonidan o‘tkazilgan “ichki o‘zini o‘zi boshqarish”, “salbiy impulslarni cheklash”, “hissiy tajovuzni kamaytirish”,  “empatiyani rivojlantirish”, “ziddiyatli vaziyatlarda konstruktiv harakat qilish qobiliyatini rivojlantirish” “o‘smirning individual shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish”, “oilada va sinf jamoasida ijobiy o‘zaro munosabatlarni shakllantirish” mavzulardagi maqsadli xatti-harakatlar psixoprofilaktik va tuzatish ishlari ijobiy natija berishi aniqlanganligiga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-183-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-183a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda stressga barqarorlikni rivojlantiruvchi trening mashg‘uloti dasturini ishlab chiqish samaradorligi oshgan;
“tashvish”, “umidsizlik”, “hissiy tanglik” va “neyropsixik beqarorlik” darajasi me’yoridan yuqori o‘smirlarning stressga barqarorligini rivojlantirish mashg‘ulotlarida qatnashishi orqali individual psixoemotsional stressni, umumiy tashvish darajasini pasaytirib, o‘smirlardagi stressga barqarorlikning eng oson tuzatilishi mumkin bo‘lgan tarkibiy qismlari: “motivatsion yo‘nalganlik”, “individual hissiy-irodaviy tajriba”, “stressga chidamlilik”ning umumiy darajasiga ta’sir qiluvchi “kognitiv” va “intellektual” komponentlar takomillashtirilganligiga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 21-avgustdagi PM-183-son buyrug‘iga asosan “Ijtimoiy psixologiya” moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 26-avgustdagi PM-183a-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘smirlarda stressga barqarorlikni oshirish bo‘yicha psixologik-pedagogik xulosa va umumiy tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish