Norboeva Sayyora Muratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quv biluv faoliyatini rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari», 19.00.06 – Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi (psixologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/P937.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, PhD.03/30.12.2021.P.26.02.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Rustam Abduraimovich, psixologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raev Nurbek Saydullaevich, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faoliyatini rivojlantirishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini tadqiqi etish va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faoliyatini tashkil etishda didaktik axborotlarning tuzilishini o‘zgartirish, ijodkorlikka yo‘nalganlik, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, tanqidiy fikrlashning shakllanishiga ustuvorlik berish zarurati tufayli shaxsning o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatning dinamik rivojlanishi muhim ekanligi isbotlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faolligida bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi hamda kasb egallashga intilishning talabalardagi kognitiv va faoliyat natijasini baholash xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ta’lim motivasiyasi ustuvor omil ekanligi asoslangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faoliyati talabalarning axborotni qabul qilishda kognitiv jarayonlarni rasionallik, didaktik ma’lumotlarga nisbatan hissiy-irodaviy munosabatni shaxsning o‘z imkoniyatilarini baholash darajasiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy ustanovkalarning shakllanganligiga bog‘liq ekanligi dalillangan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv biluv faoliyatini rivojlantirishda shaxsning vaziyatni tahlil qilish, tanqidiy, ilmiy, intellektual fikrlash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ijodkorlikka yo‘nalganlikning introeksiyalanishi muhimligi tufayli kognitiv, motivasion, hissiy-irodaviy sifatlarga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning o‘quv biluv faoliyatini rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faoliyatini tashkil etishda didaktik axborotlarning tuzilishini o‘zgartirish, ijodkorlikka yo‘nalganlik, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, tanqidiy fikrlashning shakllanishiga ustuvorlik berish zarurati tufayli shaxsning o‘z kasbiga nisbatan ijodiy munosabatning dinamik rivojlanishi muhim ekanligi isbotlangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-223-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-223-a-son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faolyaitini tashkil etishdagi muhim omillar aniqlangan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faolligida bilim olishga bo‘lgan ishtiyoqi hamda kasb egallashga intilishning talabalardagi kognitiv va faoliyat natijasini baholash xususiyatlariga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli ta’lim motivasiyasi ustuvor omil ekanligi asoslangan ma’lumotlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-223-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-223-a-son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faolligida ta’lim motivasiyasining ahamiyati ochib berilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faoliyati talabalarning axborotni qabul qilishda kognitiv jarayonlarni rasionallik, didaktik ma’lumotlarga nisbatan hissiy-irodaviy munosabatni shaxsning o‘z imkoniyatilarini baholash darajasiga integrativ namoyon bo‘lishi tufayli kasbiy ustanovkalarning shakllanganligiga bog‘liq ekanligi dalillangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-223-sonli buyrug‘i bilan «Ontogenez psixologiyasi. Differensial psixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-223-a-son maʼlumotnomasi). Natijada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘quv biluv faolligida kasbiy ustanovkalarning ahamiyati aniqlashtirilgan;
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv biluv faoliyatini rivojlantirishda shaxsning vaziyatni tahlil qilish, tanqidiy, ilmiy, intellektual fikrlash, o‘zini-o‘zi nazorat qilish, ijodkorlikka yo‘nalganlikning introeksiyalanishi muhimligi tufayli kognitiv, motivasion, hissiy-irodaviy sifatlarga integrativ ta’sir etish zarurati asoslangan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 7-oktyabrdagi PM-223-sonli buyrug‘i bilan «Psixokorreksiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 8-oktyabrdagi PM-223-a-son maʼlumotnomasi). Natijada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida o‘quv biluv faoliyatini rivojlantirish mexanizmlari ochib berilgan.