Tumanishvili Georgi Iosifovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Temir yo‘l bilan o‘zaro ta’sirni yaxshilash bo‘yicha innovatsion echimlarni joriy etish orqali harakatlanuvchi tarkibning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/T833
Ilmiy maslahatchi F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Boronenko Yuriy Pavlovich – texnika fanlari doktori, professor; Karibov Sergey Ivanovich – texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Otabek Rustamovich – texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l izi bilan o‘zaro ta’sirini yaxshilashga qaratilgan innovatsion echimlarni joriy etish orqali harakatlanuvchi tarkibning ekspluatatsion ishonchliligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklari va temir yo‘l relsi o‘zaro ta’sirlashuvida uchinchi jism emirilishi darajasi asosida ishqalanadigan yuzalar tribologik xossalarini o‘zgartirish mexanizmining yangi konsepsiyasi ishlab chiqilgan;
chegaraviy moylash qatlamlari barqarorligi va xossalarini hisobga olgan holda, kontaktli-gidrodinamik moylash nazariyasi asosida “g‘ildirak-rels” kontaktida uchinchi jism emirilishining mezonlari ishlab chiqilgan;
uch o‘lchamli statsionar harorat maydonini tadqiq etish asosida atrof muhitning mikronotekisliklar va “g‘ildirak-rels” kontakti hududining issiqlik yuklanganligiga ko‘rsatadigan ta’siri aniqlangan;
negativ, neytral va pozitiv ishqalanish, engil, og‘ir va halokatli emirilish sabablari, shuningdek g‘ildirak va relsning o‘zaro ta’sirlashuvchi yuzalarining tegishli shikastlanish turlari aniqlangan;
g‘ildirak va relslarning yo‘naltiruvchi yuzalari va sirg‘alish yuzalari uchun zarur tribologik xossalarni ta’minlab beruvchi ekologik ishqalanish modifikatorlari ishlab chiqilgan;
temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi uchun nisbiy sirg‘alish tezligini, ressorlanmagan massalarni va g‘ildirakni o‘qqa o‘rnatish joylarida kuchlanishlar konsentratsiyasini kamaytirish imkonini beruvchi g‘ildirak juftliklari ishlab chiqilgan;
relslarning ekvidistant ko‘ndalang siljishi hisobiga relslar eni va ularning qiyalik burchagi doimiyligini ta’minlaydigan hamda poezdlar harakatlanish xavfsizligi uchun g‘ildirak va relslarning edirilishga chidamliligini oshirish imkonini beruvchi rels mahkamlagichi ishlab chiqilgan;
ishchi yuzalarning quvvat va issiqlik yuklanganligini kamaytirish va butun tizimning ekspluatatsion xossalarini yaxshilash imkonini beruvchi, kukunli elektromagnit tormoz va beynitli cho‘yan kolodkalarni qo‘llagan holda temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining tormoz tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat: Harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l izi bilan o‘zaro ta’sirlashuvini yaxshilash bo‘yicha innovatsion echimlarni tatbiq etish yo‘li bilan uning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarining yo‘naltiruvchi yuzalari va  sirg‘alish yuzalari uchun ishlab chiqilgan ekologik ishqalanish modifikatorlari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil  1-oktyabrdagi 03/4310-24-son ma’lumotnomasi). Natijada harakatlanuvchi tarkibning temir yo‘l izi bilan o‘zaro ta’sirlashuvini yaxshilash uchun “g‘ildirak-rels” kontaktining zarur tribologik xossalarini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lib, bu poezdlar harakatlanish xavfsizligi va ekologiyabopligini oshirib, tortuvga sarflanadigan energiyani hamda g‘ildirak va relslar ishqalanadigan yuzalari shikastlanuvchanligini kamaytirgan;
Yuk, yo‘lovchi tashiydigan va motor-vagon temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibi uchun ishlab chiqilgan g‘ildirak juftliklari “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil 31-oktyabrdagi 03/4310-24-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘ildiraklar o‘qqa mos keladigan joylarda nisbiy sirg‘alish tezligini, ressoralanmagan massalar va g‘ildiraklarning o‘qqa qo‘ndiriladigan joylarida zo‘riqishlar konsentratsiyasini kamaytirishga erishilgan;
relslarni mahkamlash uchun ishlab chiqilgan qurilma “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2024-yil 31-oktyabrdagi 03/4310-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada relslarni ekvidistant ko‘ndalang siljitish hisobiga relslarning eni va ularning yotiqlik burchagi doimiyligini ta’minlash, hamda poezdlar xavfsizligi maqsadlarida g‘ildiraklar va relslarning edirilishga chidamliligi oshirilishini ta’minlashga erishilgan;
ishlab chiqilgan cho‘yan elektromagnit tormoz va beynit cho‘yan qistirmalaridan foydalangan holda temir yo‘l harakatlanuvchi tarkibining takomillashtirilgan tormoz tizimi “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ da joriy etilgan (“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning  2024-yil 31-oktyabrdagi 03/4310-24-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ishchi sirtlarning kuchlanish va issiqlik tufayli zo‘riqishini (yuklanganligini) kamaytirish va umuman tizimning ekspluatatsion xossalarini yaxshilash imkoniyati paydo bo‘lib, bu tormoz tizimi elementlarining uzoq muddat ishlashi va edirilishga chidamliligini yaxshilaydi, poezdlar harakatidagi tebranish va shovqinni kamaytirgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish