Yusupov Alijon Abdujabbor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: 05.06.02–To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish - “Halqali yigirish mashinasida ip sifatini oshirish tadqiqi”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/T1659
Ilmiy rahbar: Bobojanov Husanxon Toxirovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Jumaniyazov Qadam texnika fanlari doktori, professor; Rajabov Odiljon Olimjonovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona palitexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Halqali yigirish mashinasi cho‘zish mexanizmidagi plastik zichlagich hamda chiqaruvchi o‘yiqli silindr konstruksiyasini takomillashtirish orqali ip sifatini yaxshilashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
halqali yigirish mashinasida orqa cho‘zuvchi juftliklar orasida xarakatlanayongan pilikni uzilishini oldini olib zichlab beruvchi yangi konstruksiyadagi plastik yo‘naltirgich konstruksiyasi ishlab chiqilgan;  
halqali yigirish mashinasidagi mavjud relefli silindr o‘rniga ip tukdorligini kamaytirib uning sifat ko‘satkichlarini oshishiga imkon beruvchi uchburchak shakldagi relefli silindr konstruksiyasi ishlab chiqilgan;
halqali yigirish mashinasining chiqaruvchi juftligidagi yangi tavsiya etilayotgan uchburchak shakldagi relefli silindrida tolalarning harakatlanishini va unga ta’sir etayotgan kuchlarni matematik modeli olingan;
halqali yigirish mashinasida sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan ip olish uchun takomillashgan uchburchak shakldagi relefli silindrning o‘yiq burchagi hamda urchuq aylanish tezligining maqbul qiymatlari regressoin matematik model tenglamalari orqali aniqlangan.
Tadqiqotning amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
halqali yigirish mashinasida tolalar oqimini tartibga solish elementlarining parametrlarini sozlash bo‘yicha etarlicha tavsiyalar va ishlanmalar mavjud emasligi aniqlandi;
halqali usulda yigirilgan iplarini qo‘llanilish sohalari va ipga qo‘yilgan talablardan kelib chiqib, ularning sifatini oshirish maqsadida yangi takomillashtirilgan tolalarni zichlovchi plastik yo‘naltirgich yaratilgan;
halqali yigirish mashinasida riflyali silindr o‘rniga pishitish uchburchagida tolalarni bir erga yig‘ib beruvchi yangi konstruksiyadagi uchburchak shakldagi o‘yiqli silindr tayyorlangan;
yangi qurilmani ishlab chiqarishga joriy etish natijasida yigirilgan ipdagi tukdorlikni hamda ipning chiziqli zichligi bo‘yicha notekisligini kamayishiga erishilgan;
halqali ip sifatiga ta’sir etuvchi omillarni boshqarish, jarayonlarni barqarorlashtirish va qurilmalarni rostlash nafaqat yigirish jarayoniga, balki keyingi texnologik jarayonlariga ham ta’sir ko‘rsatishi tajribalar natijasida asoslangan;
yangi takomillashtirilgan uchburchak shakldagi o‘yiqli silindrda ipning harakati nazariy jihatdan tadqiq etilgan hamda olib borilgan tajribalar natijalarida o‘z isbotini topgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Halqali yigirish mashinasida sifat ko‘rsatkichi yuqori bo‘lgan ip mahsulotini ishlab chiqarish bo‘yicha bajarilgan ilmiy natijalar asosida:
Yangi konstruksiyadagi zichlagich va uchburchak shakldagi o‘yiqli silindr «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasiga qarashli Namangan viloyati Pop tumanidagi “ARSOFTTEX” mas’uliyati cheklangan jamiyatida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 14 oktyabrdagi №03/25-2732 son ma’lumotnomasi). Natijada yigirilgan ipning tukdorligi 12% ga, ipning nomeri bo‘yicha notekisligi 3% ga kamaygan, nisbiy uzilish kuchi esa 3 % ga oshishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish