Sidikjanov Ja’far Sobir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta matolarining kirishish parametrlari asosida erkaklar ko‘ylagini loyihalash usulini takomillashtirish” 05.06.04 – “Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4275
Ilmiy rahbar: Nabidjanova Nargiza Nasimjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan to‘qimachilik sanoati instituti, PhD.03/04.10.2023.T.174.01
Rasmiy opponentlar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, professor; Oripov Jasur Ikromjon o‘g‘li, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: erkaklar ko‘ylagini loyihalash usullarini takomillashtirish maqsadida loyihalash jarayonida matoning kirishish parametrlarini oldindan hisoblash hamda jarayonni avtomatlashtirish orqali konstruksiya chizmalarini sifati va qurish tezkorligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
matolarning kirishish xususiyatini inobatga olib kiyim konstruksiya chizmalarini qurishda paxta tolali matolarning birlamchi ko‘rsatkichlari asosida uning tanda va arqoq yo‘nalishlari bo‘yicha kirishish qiymatlarini xususiyatini inobatga olingan hisoblashning matematik modeli ishlab chiqilgan;
kiyimni tanaga mos holda o‘rnashuvini kafolatlaydigan materiallarning kirishish xususiyatiga ko‘ra ko‘ylak konstruksiya chizmasining aniqligi va uning uchastkalaridagi o‘zgarishlarini nazarda tutuvchi optimal loyihalash usuli ishlab chiqilgan;
tayyor kiyimni bo‘yash usuli orqali erkaklar ko‘ylagi bazaviy asos chizmalarini qurishda kirishish qiymatlarini qayta hisoblab konstruksiya sifatini va tezkorligini oshiruvchi avtomatlashtirilgan tizim ishlab chiqilgan;
erkaklar ko‘ylagini tikib so‘ng uni bo‘yash  usulida  ishlab  chiqarish, uning andozalari asosiy detallari gradatsiya sxemasida konstruktiv nuqtalarning X va Y o‘qlari bo‘yicha optimal siljish qiymatlari hisoblab topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Erkaklar ko‘ylagini loyihalash usulini takomillashtirish va avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
 erkaklar ko‘ylagini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan «Ideal Tekstil Orzu» MChJda joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 iyundagi №03/25-1558-sonli ma’lumotnomasi). Natijada buyumni loyihalash uchun ketadigan vaqt harajatlarini 46,28% ga qisqartirilgan, mehnat unumdorligi esa 86,15% ga oshirilgan;
kirishish xususiyatiga ko‘ra, ko‘ylak konstruksiyasi uchastkalaridagi o‘zgarishlarni hisobga oluvchi optimal loyihalash usuli  «Zamin lyuks tekstil» MChJda joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2024 yil 25 iyundagi №03/25-1558-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paxta matosining kirishish me’yorlari va gradatsiya sxemasining ilmiy asoslangan parametrlarini tadbiq etilishi hisobiga 229372,26 ming so‘m iqtisodiy samaradorlikka erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish