Sultonaliev Dostonjon Dilshod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Temir yo‘l vagonlari tarozilarini tekshirish texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2023.1.PhD/T3511
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Boronenko Yuriy Pavlovich – texnika fanlari doktori, professor;
Xamidov Otabek Rustamovich – texnika fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi temir yo‘l vagon tarozilarini davriy mexanizatsiyalashgan tekshirish texnologiyasini takomillashtirish uchun ilmiy asoslangan texnik va texnologik echimlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
konstruktiv xususiyatlarini o‘zgartirish asosida qabul qilingan texnik echimlarni tanlashga imkon beruvchi temir yo‘l vagon tarozilarini statik tortish orqali tekshirish uchun yuklagichning chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
ilk bor vagon tarozilarini davriy mexanizatsiyalashtirilgan tekshirish jarayonida harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarining temir yo‘l relslariga statik vertikal ta’sirini imitatsiya qilish imkonini beruvchi profilli quvurlardan yig‘ilgan parallel belbog‘li ferma konstruksiyasiga asoslangan texnik qurilma yaratilgan;
nazariy tadqiqotlarda chekli elementlar usulini hamda tajribalarda tenzometrik o‘lchashni qo‘llagan holda, harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarining temir yo‘l relslariga statik vertikal ta’sirining vagon tarozilarini o‘lchash aniqligiga bog‘liqligi aniqlangan;
yangi texnik qurilmani qo‘llashni hisobga olgan holda, statik tortish uchun turli xildagi temir yo‘l vagon tarozilarini davriy mexanizatsiyalashtirilgan tekshirishning takomillashtirilgan texnologik yo‘riqnomasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:Temir yo‘l vagonlari tarozilarini davriy mexanizatsiyalashgan tekshirish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan texnik va texnologik echimlarni ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
temir yo‘l vagonlari tarozilarining davriy mexanizatsiyalashgan tekshirish texnologiyasini takomillashtirish maqsadida harakatlanuvchi tarkib g‘ildiraklarining temir yo‘l relslariga statik vertikal ta’sirini imitatsiya qilish imkonini beruvchi profilli quvurlardan yig‘ilgan parallel belbog‘li ferma konstruksiyasisi asosida ishlab chiqilgan yangi texnik qurilma “Temiryo‘lkargo” AJ tarozi xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 23 fevral 2024 yildagi № 4/1444 ma’lumotnomasi). Natijada, xizmat muddati hozirda bir yarim barobardan oshgan va tortuv harakatlanuvchi tarkibni talab etadigan ma’nan eski tarozi tekshirish vagonlarinini ishdan olib tashlashga va, tegishli ravishda, tekshirish ishlarini olib borishda yoqilg‘i-energetik resurslarini tejash imkoniyati paydo bo‘lgan;
yangi texnik qurilmani qo‘llashni hisobga olgan holda statik tortish uchun turli xildagi temir yo‘l vagon tarozilarini davriy mexanizatsiyalashtirilgan tekshirishning takomillashtirilgan texnologik yo‘riqnomasi “Temiryo‘lkargo” AJ tarozi xo‘jaligi boshqarmasida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligining 23 fevral 2024 yildagi № 4/1444 ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘llarining tarozi xo‘jaligini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishga imkon bergan holda, davriy tekshiruvlar harajatlarini va vaqtini qisqartirish, og‘irlik o‘lchash uskunalari ko‘rsatkichlarining aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlash imkoniyati paydo bo‘lgan. Shu bilan birga, temir yo‘l vagonlari tarozilarini davriy mexanizatsiyalashgan tekshirish uchun takomillashtirilgan texnologiyasi joriy etilishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik 1,34 milliard so‘mni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish