Salimov Shuhrat Halimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Paxta va polester tolalari aralashmasidan pilta tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.06.02-To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/T4266.
Ilmiy rahbar: Nurboev Rashid Xudoyberdievich, texnika fanlari nomzodi, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik- texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/29.10.2021.T.101.03
Rasmiy opponentlar: Hamraeva Sanovar Ataevna, texnika fanlari doktori, professor  (ixtisoslik shifri 05.06.02); Yuldashev Jamshid Qambaralievich, texnika fanlari doktori, dotsent (ixtisoslik shifri 05.06.02).
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: piltalash mashinasida yangi konstruksiyali cho‘zish asbobidan foydalanib yigirilgan ipning sifatini yaxshilab, mahsulot raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
piltalash mashinasida piltalarni cho‘zish asbobini modernizatsiya qilish orqali olingan pilta va pilliklardan halqali yigirish usulida olingan ipning fizik-mexanik xossalari, chiziqli zichligi bo‘yicha variatsiya koeffisienti, ipning nisbiy uzilish kuchi, uzilish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisienti, ipning notekisligi, ipning cho‘zilishi ishlab chiqarish korxonasida aniqlangan.
piltalash mashinasining cho‘zish asbobiga ta’sir qiluvchi kuchlarni inobatga olgan holda piltalash mashinasi parametrlarini hisoblash tenglamalari, optimallashtirish parametrlari, pilta massasining ko‘ndalang kesim bo‘yicha o‘zgarish koeffisienti, 1 m bo‘laklar bo‘yicha o‘zgarish koeffisienti va pilta uzilishining nisbiy ishi ko‘rsatkichlarining ahamiyatini baholash uchun regressiya tenglamalari ishlab chiqilgan.
piltalarni qo‘shish jarayonida cho‘zish asbobiga o‘rnatilgan silindrlarning diametri, birinchi va ikkinchi, ikkinchi va uchinchi silindrlar orasidagi masofa, silindr o‘qiga nisbatan 5°45´ burchak ostida yo‘naltirilgan o‘yiq chiziqli riflyalar bo‘yicha piltaning II va III silindrlar orasidagi xususiy cho‘zish, valiklarga yuklanish, pilta tuzilishining notekislik qonuniyati ishlab chiqilgan.
ipning uzilishidagi solishtirma uzilish yuki va cho‘zilishining ortishida uzilish kuchi va ko‘ndalang kesimidagi o‘zgarish koeffisientlarining kamayishini optimallashtirish parametrlari uchun regressiya tenglamalarining koeffisientlari hisoblangan  va ipning chiziqli zichligi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 1,08 % dan 1.02 % ga kamayishi, uzilish kuchi 432 SN dan 468 SN ortishi hamda uzilish kuchi bo‘yicha variatsiya koeffisienti 10,02 % cv dan 7,96 % cv ga kamayishi aniqlangan.        
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Piltalash mashinasida yangi konstruksiyali cho‘zish asbobining parametrlari va ish rejimlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
taklif etilayotgan turli tola tarkibli to‘quvchilik iplarini ishlab chiqarish maqsadida olib borilgan tadqiqotlar asosida RSB-D 40 piltalash mashinasi cho‘zish asbobining yangi konstruksiyasi yaratilgan va O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk Agentligining № FAP 2497-sonli foydali model patenti olingan.
taklif etilayotgan turli tola tarkibli to‘quvchilik iplarini ishlab chiqarish texnologiyasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tarkibiga kiruvchi “Merganteks” MChJ ip ishlab chiqarish korxonasida joriy qilingan (“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining 2024- yil 23-maydagi № 03/25-1118  ma’lumotnomasi). Natijada, yangi konstruksiyadagi cho‘zish asbobidan foydalanish orqali olingan piltaning kesimi bo‘yicha notekisligi 23% ga, 1 m bo‘laklar bo‘yicha notekisligi 30% gacha pasayganligi tajriba sinov natijalari asosida aniqlandi hamda halqali yigiruv mashinasida uzilish soni 62% dan 29% gacha kamayib, ip uzilishlar soni1000 dona urchuqda bir soatda 64 tadan 40 taga kamaydi va yigiruv mashinasida ip uzilgan vaqtda qayta ishlashga yuboriladigan chiqindiga chiqadigan pillik va ipning miqdori kamaydi hamda ipning sifat ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish