Sarmonov Nodirbek O‘tkir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston janubiy hududida joylashgan suv omborlaridagi bug‘lanishni aniqlash usulini takomillashtirish (Qashqadaryo viloyatidagi suv omborlar misolida)”, 05.09.07-“Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/T4331
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Gapparov Furqat Axmatovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: "TIQXMMI" MTU ning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.04/30.04.2021.T.111.04 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: geografiya fanlari doktori, professor Yunusov G‘olib Xodjaevich; texnika fanlari falsafa doktori, (PhD) Narziev Jasur Jo‘raevich;
yetakchi tashkilot – Toshkent arxitektura-qurilish universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududida joylashgan suv omborlari suv yuzasidagi bug‘lanishni aniqlash usulini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
suv omborlarining suv yuza qatlamidagi haroratni aniqlash usuli meteorologik va gidrologik (suv ombori chuqurligi, yillik o‘rtacha harorat, oylik havo harorati va uning o‘zgarishi) ko‘rsatgichlarni inobatga olgan holda takomillshtirilgan;
suv omborlari suv yuzasidagi bug‘lanish baholangan va hisobiy natijalari Fure qatorlarini nollik va uchta birinchi trigonametrik juftliklari asosida bug‘lanishni yillik kattaligini o‘zgartirmasdan oylik kattaligi aniqlashtirilgan;
suv omborlaridan bug‘lanishga yo‘qotilayotgan suv miqdorini aniqlash usuli suv sathi va unga mos morfometrik ko‘rsatgichlari o‘zgarishini inobatga olgan  holda ishlab chiqilgan;
suv yuza qatlamining harorati va shamol tezliklari ma’lumotlari etarli bo‘lmaganda suv omborlari suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni aniqlash va bashorat qilish dasturi yaratilgan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston janubiy hududida joylashgan suv omborlaridagi bug‘lanishni aniqlash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
suv ombori hududidagi gidrometeorologik va gidrologik ko‘rsatgichlarni hisobga olgan holda suv yuzasidagi haroratni aniqlash usuli Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi ta’sarrufidagi Talimarjon suv ombori hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati “Hisorak GES” unitar korxonasiga qarashli Hisorak suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi №03/28-520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv yuzasidagi haroratni aniqlash imkoniyati yaratilgan.
Suv omborlari hududidagi shamol rejimini o‘zgarishlarini hisobga olgan holda shamol tezliklarini aniqlash usuli Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi tasarrufidagi Talimarjon suv ombori hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati “Hisorak GES” unitar korxonasiga qarashli Hisorak suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi №03/28-520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada suv ombori hududida shamol tezligini aniqlash imkoniyati yaratilgan
Suv omborlari suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanishni aniqlashning takomillashtirilgan usuli Qarshi magistral kanalidan foydalanish boshqarmasi ta’sarrufidagi Talimarjon suv ombori hamda “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati “Hisorak GES” unitar korxonasiga qarashli Hisorak suv omborida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 12-fevraldagi №03/28-520-sonli ma’lumotnomasi). Natijada meteoma’lumotlar etarli bo‘lmaganda suv omborlari suv yuzasidan bo‘ladigan bug‘lanish miqdorlarini aniqlash imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish