Ismatullaev Kaxramon Kodirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tuproq yuzasiga ishlov beradigan rotatsion borona konstruksiyasini ishlab chiqish va parametrlarini asoslash”, 05.07.01 - Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/T2202.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Muxamedov Djabirxon, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-qurilish instituti, PhD.03/30.12.2019.T.90.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
To‘xtaqo‘ziev Abdusalim, texnika fanlari doktori, professor; Raxmonov Husan Tojievich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Yetakchi tashkilot nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tuproq yuzasiga ishlov beradigan rotatsion borona ishchi organlarining belgilangan ish sifatini talablar darajasida kam energiya sarflyagan holda ta’minlaydigan parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tuproqqa ekish oldidan ishlov berib, urug‘ ekish uchun dala yuzasida mayin qatlam hosil qilish maqsadida, konstruktiv xususiyatlar va texnologik ish jarayonlarini inobatga olgan holda rotatsion borona tishining qalinligi va uzunligi analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
dala yuzasida mayin qatlam hosil qilishda agrotexnik talablar va tuproqning fizik-mexanik xossalarini inobatga olgan holda, rotatsion boronaning kinematik ish rejimi va aylanma harakatdagi tezligining maqbul qiymatlari analitik bog‘lanishlar asosida aniqlangan;
rotatsion boronaning aylanishlar soni, aylanma harakatdagi tezligi, ishlov berish chuqurligi, tish qalinligi hamda tuproqning fizik-mexanik xossalarini inobatga olgan holda, borona seksiyasiga sarflanadigan umumiy quvvatning minimal qiymati aniqlangan;
rotatsion borona seksiyasining aylanishlar soni, tish uzunligining maqbul qiymatlari hamda agregat harakat tezligi uning agrotexnik va energetik ish ko‘rsatkichlarini baholaydigan regressiya tenglamalarini birgalikda echish orqali aniqlangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tuproq yuzasiga ishlov beradigan rotatsion borona parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rotatsion borona ishlab chiqarishni o‘zlashtirish uchun loyiha-konstruktorlik hujjatlari va hisoblash usullari «BMKB-Agromash» AJ ga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi 07/22-05/4725-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq yuzasiga ishlov berib, mayin qatlam hosil qiladigan rotatsion boronani ishlab chiqish imkoniyati yaratilgan;
tuproq yuzasiga ishlov berib, mayin qatlam hosil qiladigan rotatsion borona bilan jihozlangan mashina Namangan viloyati Mingbuloq hamda Namangan tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2023-yil 18-sentyabrdagi 07/22-05/4725-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproqqa ekish oldidan ishlov berishdagi mehnat sarfini 20-30 foizga va ekspluatatsion xarajatlarni esa 1,5-2,0 barobarga kamaytirishga erishilgan.