Otajonov Xumoyun Xamro o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Yuk vagonlarining buksalarini ta’mirlash texnologiyasini takomillashtirish”, 05.08.05 – “Temir yo‘llarning harakatlanuvchi tarkibi, poezdlarni tortish va elektrlashtirish”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/T3510
Ilmiy rahbar F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Raximov Rustam Vyacheslavovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti, DSc 15/31.08.2022.T.73.07.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni:
Tretyakov Aleksandr Vladimirovich – texnika fanlari doktori, professor;
Zayniddinov Nuriddin Savranbek o‘g‘li – texnika fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi buksa korpuslarining emirilgan yuzalarini tiklash jarayonining samaradorligini oshirish maqsadida yangi usul va uni amalga oshirish uchun qurilmani tatbiq etish orqali yuk vagonlari buksalarini ta’mirlash texnologiyasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
buksa korpusi emirilgan yuzalarini turli tiklash usullarida hosil bo‘luvchi issiqlik tarqalishini hisobga olgan holda, uning ichki silindrsimon yuzasi deformatsiyasini aniqlash imkonini beruvchi yuk vagoni rolikli buksa korpusining chekli elementli modeli ishlab chiqilgan;
buksa korpusining konstruktiv jihatini hisobga olgan holda, yuk vagoni rolikli buksalari korpuslarining emirilgan yuzalarini turli tiklash usullarida issiqlik taqsimlanishini uning ichki silindrsimon yuzasini deformatsiyasiga ta’siri aniqlangan;
buksalarni ta’mirlash ishlarining samaradorligi ortishini ta’minlovchi, ko‘p elektrodli elektr yoyli eritib qoplashni hisobga olgan holda, yuk vagonlari rolikli buksalari korpuslarining emirilgan yuzalarini tiklash imkonini beruvchi yangi texnik qurilma ishlab chiqilgan;
buksa korpuslarini eritib qoplash jarayonida hosil bo‘luvchi issiqlik tarqalishlarini kamaytirishga imkon beruvchi, yuk vagonlari rolikli buksalari korpuslarining emirilgan yuzalarini ko‘p elektrodli elektr yoyli eritib qoplash usulining takomillashtirilgan texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi quyidagilardan iborat:
Yuk vagonlarining buksalarini ta’mirlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar asosida:
yuk vagonlari aravachalari g‘ildirak juftliklarini rolikli buksa korpuslarining emirilgan yuzalarini ko‘p elektrodli elektr yoyli payvandlash usuli yordamida tiklash uchun ishlab chiqilgan yangi texnik qurilma “Temiryo‘lkargo” AJda yuk vagon buksa korpuslarini ta’mirlashda payvandlash-eritib qoplash ishlarini bajarish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 26 fevraldagi 4/1502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yangi texnik uskunaning texnologikligi hisobiga yuk vagonlari aravachalari g‘ildirak juftliklarini buksa korpuslarining rejaviy ta’mirlarida payvandlash-eritib qoplash ishlarini bajarish vaqti qisqargan va jarayon samaradorligi oshgan;
yangi ishlab chiqilgan texnik qurilmadan foydalangan holda yuk vagonlari aravachalari g‘ildirak juftliklarini rolikli buksa korpuslarining emirilgan yuzalarini tiklash bo‘yicha takomillashtirilgan texnologik yo‘riqnoma “Temiryo‘lkargo” AJda yuk vagonlari buksa korpuslarini ta’mirlash jarayonlarini bajarish uchun joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2024 yil 26 fevraldagi 4/1502-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yuk vagonlarining buksa korpuslarini ta’mirlash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan ilmiy-texnik chora-tadbirlar asosida iqtisodiy samaradorlik 472 000 000 (to‘rt yuz etmish ikki million) so‘mni tashkil etgan.