Ismoilov G‘anisher Turabjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh kikbokschilarning jismoniy va texnik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llashning kinematik  xususiyatlari”, 13.00.04 - “Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Ped3240.
Ilmiy rahbar: Tajibaev Soyib Samijonovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Kochkarov Atabek Axmatvaevich pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Bobomuradov Norpulat Shirinovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 13-14 yoshli kikbokschilarning jismoniy va texnik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llashning kinematik  xususiyatlari bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yakkakurashchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda umumiy kuch, signalli va signalsiz zarbalarni nazorat qilish hamda baholash uchun portlovchan chidamlilikning koeffisienti, portlovchan chidamlilikning indeksi va  kreatinfosfat ish qobiliyati indeksini baholash hisobiga yosh kikbokschilarni zarba turlarining nisbati takomillashtirilgan;
yosh kikbokschilarning chap va o‘ng oyoqlarda to‘g‘ridan zarba, chap va o‘ng qo‘llar bilan to‘g‘ridan zarba, chap va o‘ng tizzalarda zarbalar texnikasini maqsadli nuqtaga yo‘naltirib takomillashtirishga qaratirilgan harakatli o‘yinlarni ishlab chiqish hisobiga sportchilarning texnik tayyorgarligi rivojlantirilgan;
harakatlanish parametrlari, sportchilarning markaziy og‘irlik nuqtasining vertikal tebranishi, o‘ng va chap oyoqning erga tushish masofasi, o‘ng va chap oyoqning harakatlanish masofasi, o‘ng va chap oyoqning erga tayanish masofasi hamda harakatlar paytida chap oyoq barmoqlarning X koordinatasini kompleks aniqlash hisobiga yosh kikbokschilarning maxsus harakat ko‘rsatkichlari takomillashtirilgan;
yosh kikbokschilarning harakatli o‘yinlar va zarbalar texnikasining kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida oyoqlarda yondan zarba harakati davomida bo‘yinni bukish va yozish, o‘ng va chapga harakatlanish, umurtqa pog‘onalarining oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish kinematikasini 3D biomexanik baholash hisobiga kikbokschilarning minimal, maksimal va diapazon ko‘rsatkichlari yaxshilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh kikbokschilarning jismoniy va texnik tayyorgarligida harakatli o‘yinlarni qo‘llashning kinematik xususiyatlari yuzasidan o‘tkazilgan tajribalar asosida:
yakkakurashchilarning jismoniy tayyorgarligini aniqlashda umumiy kuch, signalli va signalsiz zarbalarni nazorat qilish hamda baholash jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi yosh kikbokschilarning mashg‘ulotlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6222-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat guruhi sportchilarida tana massasi o‘sishi yil boshida va so‘ngida quyidagicha 42,81±9,25 dan 45,69±8,21 ga o‘zgargan. Tajriba guruhi sportchilari yillik 2,62 kg.ni tashkil etgan, yillik o‘sish foizlarda hisoblanganda TG sportchilarida 38,16%, NG sportchilarida 35,71% ga oshgan;
chap va o‘ng oyoqlarda to‘g‘ridan zarba, chap va o‘ng qo‘llar bilan to‘g‘ridan zarba, chap va o‘ng tizzalarda zarbalar texnikasini takomillashtirishga yo‘naltirilgan harakatli o‘yinlarni ishlab chiqilib O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi yosh kikbokschilarning mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6222-son ma’lumotnomasi). Natijada chap oyoq to‘g‘ridan zarba kuchi yillik o‘sish 12,82% ga yaxshilangan;
biomexanik tahlillar asosida harakatlanish parametrlari, sportchilarning markaziy og‘irlik nuqtasining vertikal tebranishi, to‘xtash masofasi, harakatlanish masofasi, harakatlar uchun yordam berish masofasi hamda chap oyoq barmog‘ining X koordinatasini aniqlanib O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi yosh kikbokschilarning mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6222-son ma’lumotnomasi). Natijada texnik harakat va harakatli o‘yin ortasidagi elkalarning burilganlik darajasi harakatli o‘yinlar asosida chap elka tafovutlari minimal holtda 13,2% ga, maksimal 16,4% ga, o‘ng elka 15,26% ga va chap elka 17% ga yaxshilangan;
yosh kikbokschilarning kinematik ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida 3D biomexanik tahlil yordamida harakatli o‘yinlar va zarbalar texnikasi o‘rtasidagi minimal, maksimal va diapazon farq ko‘rsatkichlari aniqlangan va O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tasarrufidagi yosh kikbokschilarning mashg‘ulotlari jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 03-16/6222-son ma’lumotnomasi). Natijada harakatning boshlang‘ich nuqtasida o‘ng qo‘l elka suyaklari sagittal o‘q bo‘ylab harakat diapazoni 15,75% ga, chap qo‘l elka suyaklari sagittal o‘q bo‘ylab harakat diapazoni 13,81% ga o‘sgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish