Ismoilova Fazilat Rustamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Oshqozon yallig‘lanishi va yarasi patogenezida H.Pylori genotiplari va sitokinlar genlari polimorf lokuslari assotsiatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlari», 14.00.16 – Normal va patologik fiziologiya va 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Tib2682.
Ilmiy rahbarlar: Karimov Hamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, akademik; Rustamova Mamlakat Tulyabaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Sayfullaeva Saida Akramjonovna, tibbiyot fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Karimov Mirvosit Mirvasikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali gastrit va OYaK kasalligi patogenezida H.Pylori genotipik variantlarining va yallig‘lanishga qarshi IL6-C174G (rs1800795), IL10-1082G/A (rs1800896) VEGFA- 634C (rs2010963) sitokin genlarining sintropik o‘zaro ta’sirini baholash va profilaktikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi rivojlanishida ma’lum patogenetik ahamiyatli ayrim somatik kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi uchun xarakterli yosh gradatsiyasining o‘rni asoslangan;
surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi qayd qilingan bemorlarda H.Pylori uchrash darajasi musbat natijasining kuzatilishi, N.Pylori shtammlarini virulentlik gen (cagA, iceA1, iceA2 va vacA genining m1, s2 allelli) omillari bo‘yicha genotipik variantlarining taqsimlanishi isbotlangan;
surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi qayd qilingan bemorlar guruhida IL6 C174G, IL10 1082A/G va VEGFA G634C sitokin genlari polimorfizmi allellari va genotiplarini uchrash darajasining H.Pylori bilan assotsirlangan surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligining rivojlanishi, klinik kechishidagi ahamiyati isbotlangan;
surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligida H.Pylori virulentlik omili genlarini va sitokin genlari IL6 C174G, IL10 1082A/G va VEGFA G634C salbiy genotipik variantlarini tahlilida surunkali gastrit va oshqozon yara kasalligi patogenezidagi sintropik ahamiyati isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Oshqozon yallig‘lanishi va yarasi patogenezida H.Pylori genotiplari va sitokinlar genlari polimorf lokuslari assotsiatsiyasining o‘ziga xos xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi rivojlanishida ma’lum patogenetik ahamiyatli ayrim somatik kasalliklarning o‘ziga xos xususiyatlari va rivojlanishi uchun xarakterli yosh gradatsiyasining o‘rni asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 24 noyabrda 8-n-p/1363-son bilan tasdiqlangan «Sposob rannego prognozirovaniya razvitiya tyajelix form vospalitel`no-yazvennix zabolevaniy jeludka» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 42-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 112-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi bilan xastalangan bemorlarni klinik va instrumental tekshiruv paytida aniqlangan ko‘rsatkichlar va o‘rganilayotgan namunalarda aniqlangan H.Pylori darajalari amaliyotchi gastroenterologlarga ushbu patologiyalarning etiologiyasi, patogenezi va bashoratlashni tartibi tavsiya qilishga xos bo‘lgan qiyosiy tavsifi ochib berilishi orqali oshqozondagi funksional tuzilmalar buzilishini erta tashhislash hamda yara rivojlanishga sabab bo‘luvchi tashishlash va davolash chora-tadbirlari uchun fundamental asos sifatida xizmat qilish tartibini ishlab chiqish hamda tashhislash tartibini yaxshilash imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 114400059 so‘m byudjet mablag‘lari surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi bilan xastalangan bemorlarni klinik va instrumental tekshiruv paytida aniqlangan ko‘rsatkichlar va o‘rganilayotgan namunalarda aniqlangan H.Pylori darajasi bashoratlashni tartibi tavsiya qilish natijasida iqtisod qilinadi;
ikkinchi ilmiy yangilik: surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi qayd qilingan bemorlarda H.Pylori uchrash darajasi musbat natijasining kuzatilishi, N.Pylori shtammlarini virulentlik gen (cagA, iceA1, iceA2 va vacA genining m1, s2 allelli) omillari bo‘yicha genotipik variantlarining taqsimlanishi isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 24 noyabrda 8-n-p/1363-son bilan tasdiqlangan «Sposob rannego prognozirovaniya razvitiya tyajelix form vospalitel`no-yazvennix zabolevaniy jeludka» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 42-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 112-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi tashhsilangan bemorlarda H.Pylori shtammlarini virulentlik omillari genlari (cagA, iceA1, iceA2 va vacA geniining m1, s2 allellari) bo‘yicha genotiplash natijasida va tekshirilayotgan bemorlar namunalarida genotipik variantlarning tarqalishini tahlil qilish jarayonida aniqlangan ko‘rsatkichlar molekulyar-genetik tashxislash usullarini amaliyotga keng joriy etish natijasida yuzaga keladigan asoratlarning oldini olishga sharoit yaratilganligi va xastalikni samarali davolash tizimini shakllantirish, bemorlarning hayot sifatini yaxshilash va nogironlikni oldini olishga asos bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 114400059 so‘m byudjet mablag‘lari surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi tashhsilangan bemorlarda H. pylori shtammlarini virulentlik omillari genlari (cagA, iceA1, iceA2 va vacA geniining m1, s2 allellari) bo‘yicha genotiplash natijasida va tekshirilayotgan bemorlar namunalarida genotipik variantlarning tarqalishini tahlil qilish jarayonida aniqlangan ko‘rsatkichlar molekulyar-genetik tashhislash usullarini amaliyotga joriy etish va xastalikni qaytalanishi va asoratlarni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
uchinchi ilmiy yangilik: surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi qayd qilingan bemorlar guruhida IL6 C174G, IL10 1082A/G va VEGFA G634C sitokin genlari polimorfizmi allellari va genotiplarini uchrash darajasining H.Pylori bilan assotsirlangan surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligining rivojlanishi, klinik kechishidagi ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 24 noyabrda 8-n-p/1363-son bilan tasdiqlangan «Sposob rannego prognozirovaniya razvitiya tyajelix form vospalitel`no-yazvennix zabolevaniy jeludka» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 42-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 112-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bemorlarda va shuningdek nazorat guruhida aniqlangan, polimorfizmga ega, IL6- C174G, IL-10 1082G/A va angiogenez regulyatori C634G-VEGFA sitokinlarning genlari allellari va genotiplarining darajalari hamda tekshirilayotgan guruhlarda ushbu chastotalarning taqsimlanishi va ularning N.Pylori bilan bog‘liq, surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalliklarning shakllanishi va klinik kechishidagi o‘rni baholash orqali yara natijasidagi qon ketishi hamda organizmda kechadigan funksional o‘zgarishlarni oldini olishga asos bo‘lishning patofiziologik mexanizmini yaratish va davolash taktikasini tanlash imkonini berishga asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 114400059 so‘m byudjet mablag‘lari bemorlarda tashhislangan IL6- C174G, IL-10 1082G/A va angiogenez regulyatori C634G-VEGFA sitokinlarning genlari allellari va genotiplarining darajalari aniqlash natijasida surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligini statsionar sharoitda etti kun davomida yiliga to‘rt marta davolashga sarflanadigan va xastalikni qaytalanishi va asoratlarni oldini olish natijasida iqtisod qilinadi;
to‘rtinchi ilmiy yangilik: surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligida H.Pylori virulentlik omili genlarini va sitokin genlari IL6 C174G, IL10 1082A/G va VEGFA G634C salbiy genotipik variantlarini tahlilida surunkali gastrit va oshqozon yara kasalligi patogenezidagi sintropik ahamiyati isbotlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining Muvofiqlashtiruvchi ekspert kengashi tomonidan 2022 yil 24 noyabrda 8-n-p/1363-son bilan tasdiqlangan «Sposob rannego prognozirovaniya razvitiya tyajelix form vospalitel`no-yazvennix zabolevaniy jeludka» nomli uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reablitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 42-son hamda Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bo‘yicha 20.06.2023 yildagi 112-I-son buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 2024 yil 15 iyuldagi 03/38-son xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: N.Pylori ning virulentlik omillari genlarining (cagA, iceA1, iceA2 genlari va vacA genining m1, s2 allellari) va sitokin genlari IL6- C174G (rs1800795), IL10-1082G/A (rs1800896) va G634C-VEGFA (rs2010963) genining noqulay genotipik variantlarini orasidagi tasdiqlangan sintropik o‘zaro ta’sir–tadqiqotchilar uchun, amaliy gastroenterologlar uchun ushbu patologiyalarning patogenezini bashoratlashni chuqur bilish orqali ushbu nozologiyalar bo‘yicha tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkil etish va kasallikning rivojlanish xavfi va asoratlanishini oldini olishda muhim ahamiyatga egali ko‘rsatib o‘tilgan. H.Pylori bilan bog‘liq surunkali noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligi rivojlanishi, kechishi va asoratlanishini bashoratlash uchun ishlab chiqilgan yangi algoritm bemorlarga ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamni to‘g‘ri tashkil etish va kasalliklarning rivojlanishi, asoratlanishini oldini olishda o‘rni yuqorili ko‘rsatib o‘tilishiga asos bo‘lishning patofiziologik mexanizmi yaratilganligi bilan asoslangan. Iqtisodiy samaradorligi: mazkur kasallikni statsionar sharoitida davolash uchun sarflanadigan 114400059 so‘m byudjet mablag‘lari noatrofik gastrit, surunkali eroziv gastrit va oshqozon yarasi kasalligida H.Pylori virulentlik omili genlarini va sitokin genlari IL6 C174G, IL10 1082A/G va VEGFA G634C salbiy genotipik variantlarini tahlilida surunkali gastrit va oshqozon yara kasalligi patogenezidagi sintropik ahamiyati isbotlash va xastalikni qaytalanishi va asoratlarni  oldini olish natijasida iqtisod qilinadi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish