Nizamova Saodat Abdukadirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda skarlatina kasalligi kechuvini klinik-epidemiologik xususiyatlari», 14.00.10 - Yuqumli kasalliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/Tib3029.
Ilmiy rahbar: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bolalarda skarlatina kasalligini klinik-epidemiologik xususiyatlarini aniqlash va davolash usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda skarlatina kasalligida Streptococcus pyogenes bilan bir qatorda boshqa klinik ahamiyatga ega bo‘lgan bakterial patogenlar aniqlanishi isbotlangan;
bolalarda skarlatina kasalligi surunkali tonzillit fonida rivojlangan xolda, bemorga qo‘shimcha bakteriologik tekshiruvini amalga oshirish asoslangan;
bemorlardan ajratilgan Streptococcus pyogenes shtammlari makrolidlarga, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa shtammlarining makrolidlar va penisillin guruhlardagi antibakterial vositalarga 50% gacha chidamliligi aniqlangan;
bolalarda skarlatina kasalligini davolashda bakteriofagning samaradorligi Streptococcus pyogenes, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa larga etiotrop ta’sir etishi bilan asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi № 06/62 - sonli yig‘ilish bayonnomasiga asosan Ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga tatbig‘i bo‘yicha xulosasiga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: bolalarda skarlatina kasalligida Streptococcus pyogenes bilan bir qatorda boshqa klinik ahamiyatga ega bo‘lgan bakterial patogenlar aniqlanganligi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 8n-r/1495-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda skarlatina kasalligini og‘ir kechishida davolash usullarini takomillashtirish» to‘g‘risidagi uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xamda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi № 06/62 - sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda skarlatina kasalligi tashxisotini erta to‘g‘ri olib borish, antibiotiklarni to‘g‘ri tanlash, kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda skarlatina kasalligi tashxisotini erta to‘g‘ri olib borish orqali bir nafar bemorga skarlatinani tashxisoti uchun sarflanadigan davlat byudjetidan 465500 so‘mni iqtisod qilingan.
ikkinchi ilmiy yangilik: bolalarda skarlatina kasalligi surunkali tonzillit fonida rivojlangan xolda, bemorga qo‘shimcha bakteriologik tekshiruvini amalga oshirish asoslanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 8n-r/1495-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda skarlatina kasalligini og‘ir kechishida davolash usullarini takomillashtirish» to‘g‘risida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xamda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi № 06/62 - sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalardagi surunkali tonzillitni o‘z vaqtida davolash orqali, kasallik natijasida kelib chiqadigan asoratlarni oldini olish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: bolalarda surunkali tonzillitni o‘z vaqtida davolash orqali skarlatina kasalligini yuqumli kasalliklar shifoxonasida bir nafar bemorni davolanishi uchun bir kuniga sarflanadigan xarajatlarini 160410 so‘mga, bir kurs davolanish uchun davlat byudjetidan 1122870 so‘mni iqtisod qilingan.
uchinchi ilmiy yangilik: bemorlardan ajratilgan Streptococcus pyogenes shtammlari makrolidlarga, Staphylococcus aureus, Pseudomonas aeruginosa shtammlarining makrolidlar va penisillin guruhlardagi antibakterial vositalarga 50% gacha chidamliligi aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 8n-r/1495-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda skarlatina kasalligini og‘ir kechishida davolash usullarini takomillashtirish» to‘g‘risida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xamda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi № 06/62 - sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: natijalar bemorlardagi kasallikga to‘g‘ri tashxis qo‘yish va kasallikning dastlabki bosqichida aniqlash hamda o‘z vaqtida sifatli yordam ko‘rsatishga imkon beradi. Iqtisodiy samaradorligi: takomillashtirilgan davolash algoritmi bo‘yicha bemorlarni davolash orqali 1 nafar bemorni bir kunlik dori-darmonlarga sarflanadigan xarajatlarini 20470 so‘mga, bir kurs davolanish uchun davlat byudjetidan 143290 so‘mni iqtisod qilingan.  
to‘rtinchi ilmiy yangilik:  sekstafag bakteriofagining skarlatina kasalligining klinik belgilari va laboratoriya ko‘rsatkichlari dinamikasiga ta’siri aniqlanganligi bo‘yicha takliflar Sog‘liqni saqlash vazirligining 2022 yil 14 dekabrdagi 8n-r/1495-son bilan tasdiqlangan «Bolalarda skarlatina kasalligini og‘ir kechishida davolash usullarini takomillashtirish» to‘g‘risida uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Jizzax viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi xamda Toshkent viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasi amaliyotga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 25 sentyabrdagi № 06/62 - sonli xulosasi). Ijtimoiy samaradorligi: bolalarda skarlatina kasalligini davolashda bakteriofagdan foydalanish orqali davolash natijalari yaxshilanadi va asoratlar yuzaga kelishini oldi olinadi. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarning statsionarda davolash muddatlari o‘rta hisobda 7 kundan 5 kungacha qisqaradi – bu esa 1 nafar bemorni davolashga sarflanadigan xarajatlar o‘rta hisobda 867040 so‘m mablag‘ iqtisod qilinadi, 25% davlat iqtisodiyoti uchun iqtisod qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish