Janibekov Abdulaziz Adilxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Silene turkumiga mansub o‘simliklarni kimyoviy tadqiq qilish», 02.00.10–Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/K132.
Ilmiy rahbar: Mamadalieva Nilufar Zokirjanovna, kimyo fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.27.06.2017.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon Fozilovna, kimyo fanlari doktori; Maulyanov Salixjan Alimjanovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Silene turkumiga mansub S. guntensis, S. viridiflora, S. wallichiana turlarining kimyoviy tarkibini hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor S. viridiflora va S. guntensis turlaridan 6 ta ekdisteroidlar ajratib olingan va ulardan 20,22-monoatsetonid-25-atsetat-20-gidroksiekdizon hamda 2,3-diatsetat-22-O-benzoat-20-gidroksiekdizon birikmalar tuzilishining yangi ekani isbotlangan;
ilk bor S. viridiflora efir moyining tarkibida 75 ta birikma identifikatsiyalangan;
S. guntensis, S. viridiflora va S. wallichiana o‘simliklaridan ajratilgan lipidlarning kimyoviy tarkiblari aniqlangan;
S. guntensis va S. viridiflora larning ekstraktlari antimikrob va MCF-7 (ko‘krak bezi saratoni) hujayralariga nisbatan sitotoksik faolliklar namoyon qilishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Silene turkumiga mansub o‘simliklarini kimyoviy tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
S. viridiflora va S. guntensis turlaridan ajratib olingan yangi 20,22-monoatsetonid-25-atsetat-20-gidroksiekdizon (CAS 103654-39-3) hamda 2,3-diatsetat-22-O-benzoat-20-gidroksiekdizon birikmalari (CAS 41484-68-8) Chemical Abstract Service (CAS) xalqaro ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (https://www.cas.org/products/scifinder). Natijada o‘simliklardan yangi ekdisteroidlar ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishini va fizik-kimyoviy xossalarini aniqlash imkonini bergan;
Silene turkumi o‘simliklarining metabolitlari va ularning biologik faolliklar bo‘yicha olingan natijalar Italiyaning Toskaniya Universitetida ekdisteroid saqlovchi o‘simlik birikmalari va ekstraktlarini in vivo sharoitida organimlarga ta’sirini baholashda foydalanilgan (Toskaniya Universiteti (Italiya), 2018 yil 30 iyundagi ma’lumotnomasi). Natijada Silene turkum o‘simliklaridan sitotoksik, antioksidant va mikroblarga qarshi faolliklarga ega yangi komponentlarni aniqlash imkonini bergan;
o‘simliklardan ajratib olingan ekdisteroidlarning aniqlangan fizik-kimyoviy kattaliklari va biologik faolliklaridan saviyali 20 dan ortiq xorijdagi impakt faktori yuqori ilmiy jurnallarda foydalanilgan Natural Product Research, 2015, 29(9), 791-794, ResearchGate, IF–1,02; Integrative Medicine Research, 2015, (4), 123-131, ResearchGate, IF–0,61; Diversity, 2014, 6, 416-499, ResearchGate IF–1,99; Polar Biology, 2012, 35, 1825-1836, ResearchGate, IF–2,28 va h). Natijada Silene turkumi o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklari to‘g‘risida ma’lumotlar olish hamda ekdisteroidlarni yangi usullar yordamida miqdoriy tahlil qilish imkonini bergan.