Teshaboeva Gulnoza Alimjanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek tilida sezgi va maza-ta’m bildiruvchi sifatlarda sinkretizm”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fil4029.
Ilmiy rahbar: Nabieva Diloro Abduhamidovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.60.02.
Rasmiy opponentlar: Abdupattoev Muhammadtohir Tojimamatovich, filologiya fanlari doktori, professor; Abdurahmanov Shavkatjon Ashurovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilidagi maza-ta’m bildiruvchi sifatlarning sinkretik tabiatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
empirik sifatlarning semantik-sinkretik turlari, ta’m bildiruvchi sifat leksemalarida semantik sinkretizmning shakllanishida metaforik ko‘chishning ishtiroki aniqlangan;
ta’m bildiruvchi sifatlarning izohli lug‘at va badiiy adabiyotda sinestetik metafora orqali semantik sinkretizmni voqelantirishi, ularning teginish bilan bog‘liqligi va ularni vizual, eshitish (audial) sezgilarga ko‘chishi ta’m hissi idrokida namoyon bo‘lishi asoslangan;
paremalarning ekvivalentlari nafaqat qarindosh tillarda, balki qarindosh bo‘lmagan tillarda ham uchrashi, bunda insonga tur sifatida olamni idrok etishdagi sinestetiklik xususiyati sabab bo‘lishi dalillangan;
ta’m bildiruvchi empirik va ratsional sifatlarining qo‘llanishi kognitiv, pragmatik, psixolingvistik, lingvomadaniy, neyrolingvistik yondashuvlar bilan bog‘liqligi, matn tarkibidagi birikma, iboralarda semantik sinkretizmni yuzaga chiqarishi va bu jarayonda ijobiy va salbiy konnotativ ma’nolarning voqelanishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek tilidagi maza-ta’m bildiruvchi so‘zlarning semantik-sinkretik tadqiqi bo‘yicha erishilgan ilmiy xulosalar asosida:
ta’m bildiruvchi sifatlarning izohli lug‘at va badiiy adabiyotda sinestetik metafora orqali semantik sinkretizmni voqelantirishi, ta’m bildiruvchi sifatlarning teginish bilan bog‘liqligi va ularni vizual, eshitish (audial) sezgilarga ko‘chishining ta’m hissiy idrokida namoyon bo‘lish xususiyatlari bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining A-OT-2019-10 raqamli “O‘zbek tilida neymning: me’yoriy-huquqiy asoslarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 06-iyundagi 04/1-1473-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihadagi nazariy qarashlarning qimmati ortishi va boyitilishiga erishilgan;
ta’m bildiruvchi empirik va ratsional sifatlarining qo‘llanishi kognitiv, pragmatik, psixolingvistik, lingvomadaniyat, neyrolingvistik yondashuvlar bilan bog‘liqligi, matn tarkibidagi birikma, iboralarda semantik sinkretizmni yuzaga chiqarishi va bu jarayonda ijobiy va salbiy konnotativ ma’nolar voqelanishining ochib berilishi, shuningdek, sinestetik metafora, metonimiya, ko‘pma’nolilik, konnotatsiya va boshqa lingvistik jihatlarining tahliliy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazining AL-442105872 raqamli “Kimyo atamalarining izohli lug‘atini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 30-maydagi 886-son ma’lumotnomasi). Natijada izohli lug‘atni yaratishdagi ilmiy-metodologik yondashuv mukammallashuviga erishilgan;
ta’m bildiruvchi empirik va ratsional sifatlarining matn tarkibidagi birikma, iboralarda semantik sinkretizmni yuzaga chiqarishi; qo‘llanishi kognitiv, pragmatik, psixolingvistik, lingvomadaniyat, neyrolingvistik yondashuvlar bilan bog‘liqligi, bu jarayonda ijobiy va salbiy konnotativ ma’nolarning voqelanishi kabi xulosalaridan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston milliy teleradiokanali DM “Bedorlik”, “Adabiy jarayon” nomli dasturlar ssenariysini tayyorlash jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 14-dagi 04-36-718-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu eshittirish uchun tayyorlangan materiallarning ilmiy ahamiyati ortib, mukammallashgan, qiziqarliligi, hayotiyligi va ilmiy dalillarga boyligi ta’minlagan.