Elmuradova Gulxayo Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Audiovizual mediada maktabgacha yoshdagi bolalar uchun axborot tayyorlashning dolzarb muammolari”, 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3946.
Ilmiy rahbar: Taylakova Shahnoza Norbekovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Ismoilova Klimentina Fuzailovna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yunusov Mansur Abdullaevich, filologiya fanlari falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi audiovizual mediada maktabgacha yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan kontentni tayyorlashning dolzarb muammolarini aniqlash, mazkur yoshdagi tomoshabinlarning axborot xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:  
bolalar jurnalistikasida maqsadli auditoriyaning yosh kategoriyasi bo‘yicha farqlanishi isbotlanib, uning asosida bolalar mediasidagi gedonistik funksiya yotishi dalillangan;
medisavodxonlik prinsiplari asosiga qurilgan bolalar jurnalistikasini rivojlantirishda 4K modelini qo‘llash va uning asosini tashkil etuvchi kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash kabi tamoyillarni aks ettiruvchi ijodiy mezonlarning ilmiy va amaliy asoslari ishlab chiqilgan;
bolalar tomonidan yaratilgan mediakontent jurnalistik faoliyat turi sifatida asoslanib, maktabgacha yoshdagi bolalarda tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi bolalar mediamahsulotlarining tipologik xususiyatlari aniqlangan hamda media ijod usuli “tengosh-tengdoshiga” tamoyili tufayli mediasavodxonlikni oshirishning samarali usullardan biri ekanligi dalillangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar audiovizual media kontenti dastlab medisavodxonlik konsepsiyasi asosida ochib berilib, media ma’lumotlarning media pedagogika va media psixologiya yondashuvi asosida jurnalistik talablari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. O‘zbekistonda bolalar jurnalistikasi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:  
maktabgacha yoshdagi bolalar audiovizual media kontenti medisavodxonlik konsepsiyasi asosida tahlil qilinib, bu mazmundagi media  ma’lumotlarning media pedagogika va media psixologiya yondashuvi asosida jurnalistik talablari ishlab chiqish uchun bolalarda bilish va anglash ko‘nikmalarini shakllantirishda ota-onalar va MTT tarbiyachi-pedagoglari hamkorligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 100-sonli, Mirobod tumani 34-sonli, Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 60-sonli hamda 66-sonli MTT tarbiyalanuvchilari va ularning ota-onalari orasida eksperimental tarzda sinovdan o‘tkazilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi Maktabgacha ta’lim agentligining 2023-yil 19-dekabrdagi 02-01/3-2421-son ma’lumotnomasi). Natijada ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar bolalar audiovizual media kontenti media pedagogika va media psixologiya yondashuvi asosidagi jurnalistik talablar bolalar orasida mediasavodxonlikni shakllantirishda muhim mezon bo‘la olishi tasdiqlangan;
bolalar jurnalistikasida maqsadli auditoriyaning yosh kategoriyasi bo‘yicha farqlanishi va uning asosida bolalar mediasidagi gedonistik funksiya yotishi maqsadli auditoriyaning ijtimoiy va madaniy parametrlari “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Bugun intervyu” dasturi hamda mediasavodxonlik va mediata’lim mavzulari bo‘yicha bir nechta ko‘rsatuvlarni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2023-yil 2-maydagi 02-02-01/109-son ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga mediata’limning zamonaviy axborot makonida mo‘ljalni aniq olish, axborot oqimiga nisbatan bola shaxsiga to‘g‘ri munosabatni shakllantirish, yosh avlodni zararli axborot xurujlaridan asrash, bolalarga mo‘ljallangan milliy kontent xususiyatlarini tushuntirishda samaradorlikka erishilgan;
medisavodxonlik prinsiplari asosiga qurilgan bolalar jurnalistikasini rivojlantirishda 4K modelini ko‘llash va uning asosini tashkil etuvchi kommunikatsiya, kollaboratsiya, kreativlik va tanqidiy fikrlash kabi tamoyillarni aks ettiruvchi ijodiy mezonlarning ilmiy va amaliy asoslari bo‘icha A.Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutida umumta’lim maktablari pedagog kadrlari malakasini oshirish kurslarining “AKT va mediasavodxonlik kompetensiyasi” yo‘nalishi uchun mediasavodxonlik va mediata’lim mavzulari bo‘yicha videokontentlar tayyorlashda foydalanilgan (A. Avloniy nomidagi pedagoglarni kasbiy rivojlantirish va yangi metodikalarga o‘rgatish milliy-tadqiqot institutining 2023-yil 26-aprel 04/09-115-son ma’lumotnomasi). Natijada pedagog xodimlarning bolaning axborotni qabul qilish xususiyatlari, zamonaviy mediamakonning yosh avlodni ma’naviy va jismoniy tarbiyasidagi o‘rni, kichik yoshdagi tomoshabinlarda mediasavodxonlikni rivojlantirish usullari haqidagi bilimlarini oshirishga erishilgan;
bolalar tomonidan yaratilgan mediakontent jurnalistik faoliyat turi sifatida o‘rganilib maktabgacha yoshdagi bolalarda tahliliy va tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantiruvchi bolalar mediamahsulotlarining tipologik xususiyatlarini tavsiflash bo‘icha  ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan “Bolajon” telekanalining “Aqlli planshet”, “Test you English”, “Til ‒ millat ko‘zgusi” dasturlarida foydalanilgan (“Yoshlar” telekanalining 2023-yil 13-oktyabr 14-03-149-son ma’lumotnomasi). Natijada ilgari surilgan nazariy xulosalar bolalar tomonidan yaratilgan mediakontent media ijod usuli “tengosh-tengdoshiga” tamoyili tufayli mediasavodxonlikni oshirishning samarali usuli sifatida bolalar dasturlarini tayyorlashda ma’rifiy funksiyani rivojlantirish, bolalar telekanallari dasturlarida til va tasvir mushtarakligini ta’minlash maktabgacha yoshdagi bolalar uchun xavfsiz, rivojlantiruvchi hamda sifatli dasturlar tayyorlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish