Jumaev Sohibjon Botirboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “11-12 yoshli kurashchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonini rejalashtirish metodikasi”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Ped5304.
Ilmiy rahbar: Nurullaev Abduxoliq Qahhorovich  pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich biologiya fanlari doktori (DSc), professor; Toshnazarov Jasur Yo‘ldoshevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston finlandiya pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi boshlang‘ich tayyorgarlik guruhida shug‘ullanuvchi 11-12 yoshli kurashchilarning harakat tayyorgarligini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
11-12 yoshli kurashchilarning o‘quv mashg‘ulot jarayonidagi dastlabki o‘rgatish bosqichida jarohatlanishni oldini olish uchun ko‘p seriali intervalli mashq metodini, organizm funksional ko‘rsatkichlarnini yaxshilash uchun almashib turuvchi uzlyuksiz mashq metodini qo‘llash hisobiga submaksimal yuklamalarga moslashish imkoniyati oshirilgan;
11-12 yoshli kurashchilarning mashg‘ulot jarayonida asosiy turish holatidagi  hujum harakatlarida o‘z - o‘ziga qarshilik ko‘rsatib bajaradigan mashqlarni o‘rta sur’atda bajartirish hisobiga asosiy muskul guruhlarini rivojlantirish imkoniyati kengaytirilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi kurashchilarni tayyorlashda texnik elementlarni mikrotsikllarga taqsimlab rejalashtirish asosida mikrotsiklning ilk kunida mashg‘ulot hajmining 43 %, ikkinchi kunida 62 % va beshinchi kunida 74 % kuch sifatini rivojlantiruvchi shiddati yuqori va o‘rta shiddatli aerobik mashqlar hamda tiklovchi vositalarini me’yorlash hisobiga haftalik mikrotsiklining optimal nisbatlari ishlab chiqilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yosh kurashchilarning tayyorgarlik turlari ko‘rsatkichlarini rivojlantirish uchun musobaqa faoliyatidan kelib chiqqan holda bajariladigan usullarini, kombinatsiyalarni qo‘llash hisobiga yosh kurashchilarning yuqori kompleks tayyorgarlik holatiga erishilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 11-12 yoshli kurashchilarning harakatlarini dastlabki o‘rgatish uslublarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi kurashchilarning mashg‘ulotlarni optimallashtirish uchun mashg‘ulot davrlariga tayyorgarlik parametrlaridagi yuklamaning hajm va shiddat me’yorini taqsimlash hisobiga yillik tayyorgarlik davridagi mikrotsikllar uzviyligini variativ qo‘llash bo‘yicha takliflar Nukus Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida shug‘ullanuvchi yosh kurashchilarning mashg‘ulot jarayonlariga joriy etilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 04-01/04/20/13934-son dalolatnomasi). Natijada 11-12 yoshli kurashchilarning chidamlilik sifati 19,17% ga, turnikda tortilish bo‘yicha kuch sifati 18,9% ga, egiluvchanlik sifati 19,3% ga yaxshilangan;
11-12 yoshli kurashchilarga texnik harakatlarini bajarish asosida to‘rt bosqichli yangi texnikani shakllantirish, texnika element malakalarini chuqur o‘zlashtirish, musobaqa sharoitlariga mos holda variativ qo‘llash va harakatlanish texnikasini takomillashtirish hisobiga kurashchilarning texnik elementlarini bajarish metodikasi Romitan tumani sport maktabining musobaqa yosh kurashchilarida qo‘llanilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 04-01/04/20/13934-son dalolatnomasi). Natijada 12 yoshli kurashchilarda “Akrobatik mashqlar” bo‘yicha 17,2 %, “Ko‘prik holatida boshda aylanish” me’yoriy ko‘rsatkichi bo‘yicha esa 16,7%, “Ko‘prikda tik turish va aylanish” me’yor ko‘rsatkichlari 15,9 % ga yaxshilangan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi kurashchilarni tayyorlashda texnik elementlarni mikrotsikllarga taqsimlash va rejalashtirish asosida mikrotsiklning ilk kunida mashg‘ulot hajmining 43%, ikkinchi kunida 62% va beshinchi kunida 74% kuch sifatini rivojlantiruvchi shiddati yuqori va o‘rta shiddatli aerobik mashqlar va tiklovchi vositalarini me’yorlash bo‘yicha vosita va usullar Navoiy viloyati kurash federatsiyasi tarbiyalanuvchilarining mashg‘ulot jarayonlariga qo‘llanilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 04-01/04/20/13934-son dalolatnomasi). Natijada mashg‘ulot mikrotsikllariga yuklamalar me’yorini taqsimlab organizmni tiklanish jarayonini tezlashishi 16,7% yaxshilanishiga erishilgan;
boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi yosh kurashchilarning tayyorgarlik turlari ko‘rsatkichlarini rivojlantirish uchun musobaqa faoliyatidan kelib chiqqan holda tik turgan holatda bajariladigan usullarini parterda kombinatsiyalarini qo‘llash bo‘yicha taklif va tavsiyalar Navoiy Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi sportchilari mashg‘ulot jarayonlarida berilgan (Yoshlar siyosati va sport vazirligining 2023-yil 27-dekabrdagi 04-01/04/20/13934-son dalolatnomasi). Natijada boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichidagi kurashchilarning kompleks tayyorgarlik ko‘rsatkichlari umumiy hisobda 10.5%ga yaxshilanishiga erilshilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish