Abdiev Bobir Botirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kriketda 15-16 yosh o‘smir boulerlarni (uloqtiruvchilarni) to‘pni uloqtirish texnikasini takomillashtirish”, 13.00.04–Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Ped3711.
Ilmiy rahbar: Matkarimov Rashid Masharipovich pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti.
Ilmiy Kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti, DSc.03/01.02.2022.Ped.146.01.
Rasmiy opponentlar: To‘xtaboev Nizomjon Tursunalievich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Arziqulov Muqim O‘rolovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), professor.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 15-16 yoshli o‘smir boulerlarning to‘p uloqtirish texnikasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
15-16 yosh o‘smir boulerlarning to‘pni uloqtirish harakatini aniqlangan tarkibiy komponentlari asosida, to‘pni uloqtirish texnikasidagi (yugurib kelishda tana muvozanatini yo‘qotish, to‘pni qo‘yib yuborish burchagining optimal emasligi kabi) xarakterli xatolarini aniqlash evaziga harakatni bajarish jarayonini optimallashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
15-16 yosh o‘smir boulerlar to‘pni uloqtirish texnikasining tarkibiy qismlarini o‘zida jamlagan viketga (darvozaga) to‘pni uloqtirish texnikasining tarkibiy tuzilishi va tiplarining ishlab chiqilgan umumiy klassifikatsiyasi mashg‘ulotlarda to‘pni uloqtirish texnikasini variativ qo‘llash imkoniyatlari oshirilgan;
yillik tayyorgarlikda o‘smir boulerlarning to‘p uloqtirish texnikasini baholash uchun ishlab chiqilgan testlarni bosqichli qo‘llash orqali to‘p uloqtirish texnikasini kompleks baholash imkoniyatlari kengaytirilgan;
eksperimental mashg‘ulot dasturini qo‘llash evaziga to‘pni uloqtirish harakati tarkibiy komponentlarini (yugurish paytidagi koordinatsiyani, parvoz fazasida tananing muvozanatni saqlash, orqa oyoqqa qo‘nish, oldingi oyoqni oldinga chiqarish, to‘pni uloqtirishdagi o‘qtalishda, to‘pni qo‘yib yuborish burchagi) yakunlash bosqichida o‘smir boulerlarning to‘pni uloqtirish texnikasini takomillashtirish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kriket bo‘yicha 15-16 yoshli o‘smir boulerlar o‘rtasida to‘p uloqtirish texnikasini takomillashtirishni o‘rganish bo‘yicha pedagogik tadqiqot davomida olingan ilmiy ma’lumotlarga asoslanib:
15-16 yosh o‘smir boulerlarning to‘pni uloqtirish harakatini aniqlangan tarkibiy komponentlari asosida, to‘pni uloqtirish texnikasidagi (yugurib kelishda tana muvozanatini yo‘qotish, to‘pni qo‘yib yuborish burchagining optimal emasligi kabi) xarakterli xatolarini aniqlash evaziga harakatni bajarish jarayonini optimallashtirish imkoniyatlari kengaytirilganligi hamda 15-16 yosh o‘smir boulerlar to‘pni uloqtirish texnikasining tarkibiy qismlarini o‘zida jamlagan viketga (darvozaga) to‘pni uloqtirish texnikasining tarkibiy tuzilishi va tiplarining ishlab chiqilgan umumiy klassifikatsiyasi mashg‘ulotlarda to‘pni uloqtirish texnikasini variativ qo‘llash imkoniyatlari oshirilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8440 ma’lumotnomasi). Natijada, tuzilmaviy komponentlar va sportchilar tomonidan qo‘llaniladigan to‘pni uloqtirish texnikasining turli uslublariga asoslangan bouling (to‘p uloqtirish) texnikasining tasnifi ishlab chiqilgan;
yillik tayyorgarlikda o‘smir boulerlarning to‘p uloqtirish texnikasini baholash uchun ishlab chiqilgan testlarni bosqichli qo‘llash orqali to‘p uloqtirish texnikasini kompleks baholash imkoniyatlari kengaytirilganligi, o‘smir boulerlarda to‘p uloqtirish texnikasini baholash uchun “A’lo”, “Yaxshi” va “Yomon” baholash mezonlariga ega sinov testlari ishlab chiqilganligiga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8440 ma’lumotnomasi). Natijada to‘p uloqtirish texnikasini baholash imkoniyati quyidagi ishlab chiqilgantestlar orqali 24,16% kengaytirildi: to‘pni ushlash texnikasini namoyish qilish, 80 sm. kenglikdagi yoʻlak bo‘ylab yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, uchish fazasida tana muvozanatini saqlash, skameykadan sakrab orqa oyoqqa qo‘nish, oldinga qadam tashlab to‘p uloqtirish, “quruq” o‘qtalish, to‘pni nishonga uloqtirish imkoniyati oshgan;
eksperimental mashg‘ulot dasturini qo‘llash evaziga to‘pni uloqtirish harakati tarkibiy komponentlarini (yugurish paytidagi koordinatsiyani, parvoz fazasida tananing muvozanatni saqlash, orqa oyoqqa qo‘nish, oldingi oyoqni oldinga chiqarish, to‘pni uloqtirishdagi o‘qtalishda, to‘pni qo‘yib yuborish burchagi) yakunlash bosqichida o‘smir boulerlarning to‘pni uloqtirish texnikasini takomillashtirish samaradorligi oshirilganligiga oid O‘zbekiston Kriket Federatsiyasining “ANFA Cricket Club” kriket jamoasining o‘quv-mashg‘ulot jarayoniga ishlab chiqilgan yillik eksperimental mashg‘ulot dasturi joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi sport vazirligining 2024-yil 27-avgustdagi 03-16/8440 ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Kriket Federatsiyasining “ANFA Cricket Club” jamoasi yosh boulerlarining to‘p uloqtirish texnikasi, aynan to‘p uloqtirish texnikasining tuzilmaviy komponentlarini bajarilishi 15,21% ga yaxshilangan.