Ataboev Isroiljon Mirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ingliz va o‘zbek tillarida “ta’na-dashnom” konseptining voqealanishi”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2925.
Ilmiy rahbar: Rustamov Ilxom Tursunovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01(bir martalik ilmiy kengash).
Rasmiy opponentlar: Teshaboeva Ziyoda Qodirovna, filologiya fanlari doktori, professor; Nasrullaeva Nafisa Zafarovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek etnojamiyatlarida “ta’na-dashnom” konseptidan foydalanishdagi universal va farqli jihatlarni shakllantiruvchi kommunikativ omillarning milliy-madaniy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ta’na-dashnom konsepti bilan bog‘liq kommunikativ kategoriyalar va turli lingvistik konseptlar aniqlanib, umumlashtirilgan va “ta’na-dashnom” muloqot hodisasi nutq strategiyasi sifatida asoslanib, ularning tarkibiy tuzilmasidagi etnospesifik xususiyatlari ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tilidagi “ta’na-dashnom”ga oid matnlarni tahlil qilish asosida tanbeh berishning tipik usullari, leksik, stilistik va sintaktik omillarining vazifalari asoslangan;
ingliz va o‘zbek nutqiy vaziyatlarida ta’na-dashnom oluvchi tomonidan bildirilgan hissiy va ekspressiv munosabatlar milliy hamda madaniy xarakterga ega ekanligi dalillangan;
“ta’na-dashnom” kommunikativ maqsadiga erishishda nigoh, yuz ifodasi va sukut kabi paralingvistik vositalarning milliy va madaniy xususiyatlari ochib berilib, “ta’na-dashnom” konseptini sukut orqali bilvosita ifodalashning psixologik samarasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida ta’na-dashnom konseptining voqealanishini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ingliz va o‘zbek nutqiy vaziyatda ta’na-dashnom oluvchi tomonidan bildirilgan hissiy va ekspressiv munosabatlar milliy va madaniy xarakterga ega ekanligi dalillanganligi hamda ingliz va o‘zbek tilidagi “ta’na-dashnom”ga oid matnlarni tahlil qilish asosida tanbeh berishning tipik usullari, leksik, stilistik va sintaktik omillarning vazifalari asoslanganligi hamda tadqiqot ishining amaliy ahamiyati tadqiqot materiallari va xulosalaridan qiyosiy tilshunoslik, tarjimashunoslik va leksikologiyada foydalanish mumkinligiga oid ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platforma yaratish (Pre-schoolPDP)” mavzudagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 10-yanvardagi №04/11-9-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ilmiy xulosalar asosida ingliz va o‘zbek tilidagi “ta’na-dashnom”ga oid matnlarni tahlil qilish asosida tanbeh berishning tipik usullari, leksik, stilistik va sintaktik omillarning vazifalariga oid materiallar bilan boyitilgan;
yozuvchilar asarlaridan olingan iqtiboslar asosida “ta’na-dashnom”ni sukut orqali bilvosita ifodalashning psixologik samarasiga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Xalqaro aloqalar va badiiy tarjima bo‘limida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 16-noyabrdagi 01-03/3080-sonli ma’lumotnomasi). Natijada badiiy tarjima bo‘limini ma’lum darajada ilmiy leksika bilan boyitish bilan bir qatorda, har ikki tilda xilma-xillikning mavjudligiga oid, tarjima borasida nazariy muammolarning echimi sifatida xizmat qilgan;
tilshunoslikka oid ilmiy-amaliy va chog‘ishtirma tahlillar, fikr mulohazalaridan, jumladan, “ta’na-dashnom semantik maydoni” tushunchasini ifodalovchi vositalar tarkibini aniqlash, ta’na-dashnom semantik maydoni tushunchasini tashkil etuvchi vositalarning lisoniy, tipologik xususiyatlari o‘rganishga oid taklif va xulosalardan “Assalom, O‘zbekiston!” va “Tilga e’tibor” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 15-noyabrdagi №06-28/1796-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ta’na-dashnom konseptining o‘ziga xos xususiyatlari va ko‘plab keltirilgan fikr-mulohazalar ko‘rsatuv ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan.