Axrorova Mahina Avazovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
“Jadid namoyandalari ijodida Navoiy an’analari”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2 PhD/Fil2429.
Ilmiy rahbar: Muhitdinova Badea Muslihiddinova, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Xo‘jaqulov Sirojiddin Xolmahmatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Yusupova Dilnavoz Rahmonovna, filologiya fanlari doktori, professor.
    Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Alisher Navoiy adabiy an’analarining o‘zbek jadid adiblari asarlarida aks etishi, mavzu, g‘oya, obrazlar tizimi, individual uslubini, muallif  tasvirining o‘ziga xosligini va mahoratini belgilashdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiy an’analarning adabiyotshunoslikda asrdan asrga o‘tib kelishi, uning  yillar o‘tgan sayin zamonga mos holda qayta yaratilgan ishq, nafs, oshiq, raqib, ma’shuqa timsollaridagi tradision nido, chaqiriq va da’vat kabi vorisiyligi asoslangan;  
adabiy an’ana va badiiy ta’sir masalalari, Sharq adabiyotida ularning o‘rni takroriy, vositaviy ekanligi, bu holat o‘rta asr ijodkorlari bilan bir qatorda jadid ijodkorlarining Alisher Navoiy asarlariga g‘oya va motivdagi bir xillik, tasvir usulining barqarorligi, timsollarning o‘zgarmasligi kabi  tanqidiy hamda  janr, vazn va qofiyadagi taqlidiy  munosabati dalillangan;
jadidlar falsafasi va komil inson konsepsiyasining milliylik, umuminsoniylik va gumanistik mazmunga egalik mohiyati ochib berilib, Alisher Navoiyning komil inson, olam, mavjudot haqidagi qarashlari  Іshoqxon  Іbrat, Mahmudxo‘ja Behbudіy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning asarlari mazmun-mohiyatiga uyg‘unligi isbotlangan;
Alisher Navoiy merosi va jadid ijodkorlari asarlarining obrazlar olami hamda xarakter talqini milliy g‘oya, falsafiy nuqtayi nazardan qiyoslanib, yangilanish tamoyillari ilohiylikdan moddiy-hayotiylikka siljishi, shakliy-mazmuniy sintezlashuvi aniqlangan.    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Dissertatsiyada ishlab chiqilgan nazariy va amaliy xulosa, tavsiya hamda ishlanmalar asosida:
adabiy an’analarning adabiyotshunoslikda asrdan asrga o‘tib kelishi, uning  zamonga mos holda qayta yaratilgan ishq, nafs, oshiq, raqib, ma’shuqa timsollaridagi tradision nido, chaqiriq va da’vat kabi vorisiyligiga oid nazariy xulosalardan 2017–2020-yillarga mo‘ljallangan FA–F1-OO5 “Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunosligini tadqiq etish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 22-dekabrdagi 507/1-son dalolatnomasi). Natijada adabiy an’analarning barhayotligi,timsollarning nomi saqlansa-da, ramziy mazmuni yangilanishini aniqlashga asos bo‘lgan;
adabiy an’ana va badiiy ta’sir masalalari jadid ijodkorlarining Alisher Navoiy asarlariga g‘oya va motivdagi bir xillik, tasvir usulining barqarorligi, timsollarning o‘zgarmasligi kabi  tanqidiy hamda  janr, vazn va qofiyadagi taqlidiy  munosabati borasidagi mulohazalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida 2020–2023-yillarda bajarilgan IL-402104474. “Bolalar adabiyoti.uz multimediali elektron platforma va uning mobil ilovasini yaratish” mavzusidagi innovatsion loyihasini bajarishda foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-Yil 6-apreldagi 04/1-890-son dalolatnomasi). Natijada Alisher Navoiy asarlarining g‘oyaviy mazmuni o‘smirlar tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan elektron platformaning milliy qadriyatlar bilan boyishiga asos bo‘lgan;
jadidlar falsafasi va komil inson konsepsiyasining milliylik, umuminsoniylik va gumanistik mazmunga egalik mohiyati ochib berilib, Alisher Navoiyning komil inson, olam, mavjudot haqidagi qarashlari  Іshoqxon  Іbrat, Mahmudxo‘ja Behbudіy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonovlarning asarlari mazmun-mohiyatiga uyg‘unligi isbotlangani hamda Alisher Navoiy merosi va jadid ijodkorlari asarlarining obrazlar olami, xarakter talqini milliy g‘oya, falsafiy nuqtayi nazardan qiyoslanib, yangilanish tamoyillari ilohiylikdan moddiy-hayotiylikka siljishi, shakliy-mazmuniy sintezlashuvi kabi mavzulardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yig‘ilishlarida, davra suhbatlarida, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Samarqand viloyat bo‘limi qoshidagi “Sadoqat”  ijodiy to‘garagi faoliyatida adabiy suhbatlar o‘tkazilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 21-maydagi 01-03/500-son ma’lumotnomasi). Natijada  yosh ijodkorlar Alisher Navoiy merosi va jadid ijodkorlari asarlaridagi komil inson obrazining o‘xshash va farqli jihatlari haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish