Mardonova Guljaxon Amonovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining genezisi, janrlar tizimi va poetikasi”, 10.00.08 – Folklorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.DSc/Fil454.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
Ilmiy maslahatchi: Achilov Nasim Kamolovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Shomusarov Shorustam Giyasovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qayumov Olim Samariddinovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent; Rahmatov Yoʻldosh G‘aybullaevich, filologiya fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘zbek nikoh to‘yi marosim qo‘shiqlarining o‘ziga xos xususiyatlari, janrlar tarkibi va obrazlar tizimi, kompozision tuzilishi va badiiyatini aniqlash va folklorshunoslik uchun muhim bo‘lgan umumlashma nazariy xulosalar chiqarishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining ilmiy o‘rganilishi ilk marotaba ulug‘ mutafakkirlar, jahon fani e’tirof etgan turkiyshunos, sharqshunos olimlar, o‘zbek qadimshunos, etnolog va folklorshunoslari tomonidan yaratilgan monografik manbalarda ilgari surilgan g‘oyalarni tarixiy-qiyosiy, tarixiy-tipologik, etnofolkloristik usullarga ustuvorlik berish asosida ochib berilgan;
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining sovchi qo‘shiq-aytimlari, “O‘lan”, “Lapar”, “Yor-yor”, “Kelin salom” janrlarining lokal xususiyatlari va o‘ziga xosligi folklorshunoslikka doir ilmiy nashrlarda ilgari surilgan nazariy g‘oyalar hamda nikoh to‘yi marosimi folkloriga daxldor manbalardagi namunalar asosida aniqlangan;
nikoh to‘yi marosimi folklorining obraz va tamsillari uchun tarixiy-folkloriy jarayonda totemistik, shomoniylik, zardushtiylik e’tiqodlari, islomiy dunyoqarash, qadim ajdodlarimizning tasavvur+tushuncha+e’tiqod+ishonch birligi hamda turli magik-ritual harakatlar genezis vazifasini o‘taganligi, mif va marosim, mif va urf-odatlarning nikoh to‘yi marosimi qo‘shiqlari mazmunidan o‘rin olishida xalqimiz tarixidagi ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-maishiy jarayonlarda nikohga bo‘lgan munosabat muhim rol o‘ynaganligi isbotlangan;
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining ijro jarayoni, o‘rni va vaqtiga oid masalalar: to‘ygacha, to‘y kuni va to‘ydan keyin amal qilinadigan turli-tuman udumlar, rasm-rusumlar chog‘i ijro etiladigan turg‘un aytim-olqish va folklor janrlarida ilgari suriladigan ijobiy motivlar, g‘oyalarning hozirgi kundagi qadr-qimmati, badiiy-estetik vazifasi, ijtimoiy-psixologik ahamiyati, yashovchanligining sabablari mantiqiylik asosida aniqlangan;
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining mazmuni, tili, tuzilishi, obrazlar tarkibi, ularning matnidagi o‘rnini tahlil qilishda badiiy so‘z san’atining mubolag‘a, o‘xshatish, ramz, timsol, hajv, bo‘rttirish, jonlantirish kabi badiiy-tasviriy vositalaridan foydalanishning ahamiyati asoslangan;
nikoh to‘yi marosimi folklori janrlarining kompozisiyasi, poetik xususiyatlari, ko‘chimlarning badiiy qiymati, o‘ziga xos ramziy ifodalarini baholash jarayonida hazil-mutoyiba, kesatiq, kinoya, piching, qochirim kabi tasvir elementlarining obrazlilikni kuchaytirish va ta’sirchanlikni oshirishdagi roli badiiy mahorat mezonlariga asoslangan holda isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalapining jopiy qilinishi. O‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining genezisi, janrlar tizimi va poetikasi bo‘yicha olingan natijalar quyidagi yoʻnalishlarda joriy qilingan:
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining lokal xususiyatlari va areal tadqiqi, ritual-mifologik tabiati hamda o‘ziga xosligi ilmiy-nazariy asosda aniqlanganligi, qadimiy e’tiqodlar bilan bog‘liq marosim, urf-odat va udumlarning nikoh to‘yi marosim qo‘shiqlari syujet tizimi paydo bo‘lishi, ularning yozib olinishi, tahlil va tadqiq uchun amaliy ahamiyat kasb etishi masalasiga doir qarashlardan O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida bajarilgan OT-F1-76-raqamli “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni “Tekstologik o‘rganish masalalari” mavzusidagi fundamental ilmiy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2023-yil 21-noyabrdagi 3/1255-2593-son ma’lumotnomasi). Natijada nikoh to‘yi marosimi qo‘shiqlarini yozib olish, tekstologik matnini tayyorlash, chop etish va tadqiq etilishiga doir ilmiy qarashlarni takomillashtirish bo‘yicha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan;
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklorining o‘rganilishida sovchi qo‘shiq-aytimlari, “O‘lan”, “Lapar”, “Yor-yor”, “Xush keldingiz”, “Kelin salom” janrlarining lokal belgilari masalasiga doir nazariy qarashlardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-87-sonli farmonining ikkinchi ilovasi “2022 – 2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha milliy dastur”ning 66-bandi “Qizlarni eng go‘zal fazilatlar, bilim va odob sohibalari etib tarbiyalashda nuroniy onaxonlar imkoniyatidan samarali foydalanish”, 67-bandi “Buvijonlar ma’rifati” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish, 68-bandi “O‘zbek qadriyatlari va urf-odatlari buvijonlar talqinida” mavzusida ommaviy axborot vositalari uchun maqolalar va teleradiodasturlarida turkum ko‘rsatuv, eshittirish va ma’rifiy materiallar tayyorlash va keng yoritish borasida ishlarni amalga oshirish jarayonida foydalanildi hamda to‘y marosimlarini milliy qadriyatlar asosida, kamxarj, dabdabasiz o‘tkazish borasidagi targ‘ibot ishlarida, qo‘mita tomonidan o‘zbek milliy nikoh to‘ylari targ‘iboti bilan bog‘liq tadbirlar rejasini tuzishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2023-yil 3-oktyabrdagi 02-01/1324-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklori milliy qadriyat namunasi, yosh avlod, ayniqsa, qizlarimizning tarbiyaviy immunitetini yuksaltirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlashga xizmat qilgan;
o‘zbek nikoh to‘yi marosimi folklori janrlarining mazmuni, tili, tuzilishi, poetik xususiyatlari, kompozisiyasi, ylardagi obrazlar tarkibining badiiy matndagi ahamiyati, ko‘chimlarning badiiy qiymati, ijro jarayoni, o‘rni va vaqtiga oid taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022–2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining VIII yoʻnalishida belgilangan “Milliy qadriyatlar, ma’naviy fazilatlar va ijtimoiy odoblar targ‘iboti” 40-bandi “Jamiyatda va oilada xotin-qizlarning mavqieni ko‘tarish, oilaviy ajrimlarning oldini olish, ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirish, farzandlar tarbiyasida ayollarning mas’ulligini oshirish, xotin-qizlar o‘rtasida boqimandalik holatlari ko‘payishining oldini olish, qizlarda sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish yuzasidan “Sharq ayoli ma’rifati” targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish” mavzusiga doir targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yil 23-iyuldagi 329-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalardan oilada ma’naviy sog‘lom muhitni shakllantirish, qizlarni milliy qadriyatlar vositasida tarbiyalash, Sharq ayoli ma’rifatini yuksaltirish, uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini oshirishga doir vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan.