Jo‘raqulova Nasiba Shamurovnaning
 falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
“O‘zbek mumtoz adabiyotida er va eran obrazi (XI-XV asrlar)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2022.2.PhD/Fil2434.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Ilmiy rahbar: Asadov Maqsud Husenovich, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XI–XV asr o‘zbek mumtoz adabiyotida  qo‘llangan er va eran obrazining shakllanishi, tarixiy takomili va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
er, eran obrazining turkiy, xususan, o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan hayotiylik, aniqlik, tabiiylik kabi ijtimoiy, yo‘lboshchilik, xalqchillik, erksevarlik, yurtparvarlik singari ma’naviy o‘rni yoritilib, xalq og‘zaki ijodi namunalari, xususan, qo‘shiq, maqol, dostonlar va ilk yozma yodgorliklar, “Avesto”, “Devoni lug‘otit turk”, “Hibat ul-haqoyiq”, “Qisasi Rabg‘uziy” asarlari bilan aloqador tarixiy ildizlari va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari aniqlangan;
er va eran so‘zlarining adabiy matn tarkibidagi badiiy obrazga aylanish tamoyillari, xususan, turkiy xalqlarning kattalarga hurmat ko‘rsatish, kichiklarga shafqatli bo‘lish, ulug‘ insonlarning suhbatiga intilish, ota-onaga mehribonlik qilish kabi turmush madaniyati hamda qat’iyatlilik, cho‘rtkesarlik, birso‘zlilik, va’daga sodiqlik singari axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq jihatlari isbotlangan;
irfoniy adabiyotda soqiy, rind, orif, murshid, oshiq kabi kamolot darajalari va qahramonlarning hol maqomini belgilashda er va eranlik fazilatlarining alohida mavqe egallagani asoslanib, obrazning jo‘mard, to‘g‘riso‘z, tanti, odil, jasur, saxiy singari xarakter xususiyatlari hamda obrazlilik, tasviriylik, assosiativlik kabi badiiy ifoda imkoniyatlari ochib berilgan;
er va eran obrazining adabiy matn mohiyatini yuzaga chiqarishdagi ahamiyati, jumladan, ijodkor uslubi, badiiy mahorati va adabiy an’analardan foydalana olish iqtidori bilan bog‘liq jihatlari asoslanib, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek mumtoz adabiyotida er va eran obrazi (XI-XV asrlar)” mavzusi  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
er, eran obrazining turkiy, xususan, o‘zbek mumtoz adabiyotida tutgan hayotiylik, aniqlik, tabiiylik kabi ijtimoiy, yo‘lboshchilik, xalqchillik, erksevarlik, yurtparvarlik singari ma’naviy o‘rni yoritilib, xalq og‘zaki ijodi namunalari, xususan, qo‘shiq, maqol, dostonlar va ilk yozma yodgorliklar, “Avesto”, “Devoni lug‘otit turk”, “Hibat ul-haqoyiq”, “Qisasi Rabg‘uziy” asarlari bilan aloqador tarixiy ildizlari va g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari aniqlangani haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida amalga oshirilgan OT-F1-77 raqamli “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” (2017-2020) fundamental ilmiy loyihasini bajarishda mushtarak va o‘ziga xos jihatlarni ilmiy baholashda foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2023-yil 7-apreldagi   3/1255-728-son ma’lumotnomasi). “Lirik ifoda va tasvirdagi o‘ziga xoslik” (“Alisher Navoiy adabiy va ilmiy merosini o‘rganish masalalari (68)” mavzusidagi xalqaro konferensiya materiallari, 2023-yil 8-fevral), “Lison ut-tayr”da er va eran obrazi” (O‘zbek tili va adabiyoti, 2023-yil, 1-son), “Ahmad Yugnakiy ijodida er va eran obrazi” (Adabiy axborot, 2023-yil 4-son) singari maqolalardagi ma’lumotlar loyihaning mazmunan boyitilishiga xizmat qilgan;
er va eran so‘zlarining adabiy matn tarkibidagi badiiy obrazga aylanish tamoyillari, xususan, turkiy xalqlarning kattalarga hurmat ko‘rsatish, kichiklarga shafqatli bo‘lish, ulug‘ insonlarning suhbatiga intilish, ota-onaga mehribonlik qilish kabi turmush madaniyati hamda qat’iyatlilik, cho‘rtkesarlik, birso‘zlilik, va’daga sodiqlik singari axloqiy qiyofasi bilan bog‘liq jihatlari isbotlanganiga oid yangiliklaridan Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazida 2022-2023-yillarda bajarilgan O‘A-22-23 raqamli “O‘zbek-ozarbayjon adabiy aloqalari” mavzusidagi fundamental loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (Ozarbayjon Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi Haydar Aliev nomidagi Ozarbayjon Madaniyat Markazining 2022-yil 25-avgustdagi 30 Uzb son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalar “Xalq dostonlarida er obrazining badiiy talqini” (“Madaniyatlararo muloqotda sharq tillarining ahamiyati” xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari, 2020-yil noyabr), “Xalq og‘zaki ijodiyotida er va eran obrazining ma’naviy-badiiy xususiyatlari” (O‘zA elektron jurnali, 2021-yil fevral), “Qutadg‘u bilig” asarida er va eran obrazi takomili hamda komillik talqini” (Namangan davlat universiteti ilmiy axborotnomasi, 2021-yil, 9-son) mavzularidagi ilmiy maqolalarning asosini tashkil etgan;
irfoniy adabiyotda soqiy, rind, orif, murshid, oshiq kabi kamolot darajalari va qahramonlarning hol maqomini belgilashda er va eranlik fazilatlarining alohida mavqe egallagani asoslanib, obrazning jo‘mard, to‘g‘riso‘z, tanti, odil, jasur, saxiy singari xarakter xususiyatlari hamda obrazlilik, tasviriylik, assosiativlik kabi badiiy ifoda imkoniyatlari ochib berilgan hamda er va eran obrazining adabiy matn mohiyatini yuzaga chiqarishdagi ahamiyati, jumladan, ijodkor uslubi, badiiy mahorati va adabiy an’analardan foydalana olish iqtidori bilan bog‘liq jihatlari asoslanib, o‘zbek mumtoz adabiyotidagi eng qadimgi davrlardan XVI asrgacha bo‘lgan taraqqiyot bosqichlari dalillangani xususidagi tahlillardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining adabiy tanqid kengashi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil martdagi 01-03/789-son ma’lumotnomasi). Bu orqali yosh ijodkorlarda adabiyot nazariyasi, poetik obraz yaratish mahorati xususida bilim va ko‘nikmalar hosil qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish