Muxammadiev Dadaxon Abduxamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): Zamonaviy o‘zbek she’riyatida metaforik tafakkur tabiati (Eshqobil Shukur va Abduvali Qutbiddin she’rlari asosida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Fil2454.
Ilmiy rahbarning familiyasi, ismi, sharifi, ilmiy darajasi va unvoni: To‘laganova Sanobar Panjievna, filologiya fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti, DSc.02/30.12.2019.Fil.46.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Afoqova Nodira Mahmudovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi zamonaviy o‘zbek she’riyatida metaforik tafakkur va metaforik ifoda dialektikasi hamda metaforik tafakkurning individual uslublarda voqelanishini E.Shukur va A.Qutbiddin she’riyati misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
zamonaviy she’riyatda metaforik tafakkur tushunchasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, metaforik tafakkurning ijodkor shuuri va ruhiyatidagi mutanosibligi isbotlangan;
muayyan bir she’rning strukturasini tashkil qilayotgan “faromush bog‘”, “o‘kinch tilak”, “qizg‘aldoq – ona”, “olovli quchoq”, “dunyoni qaritish” “etim qasos”, “dard tutgan qabr”, “besh yillik o‘lim” kabi metaforalar ma’no va tuyg‘uning uyg‘unligini ta’minlab, Abduvali Qutbiddin va Eshqobil Shukur ijodida individual hodisa bo‘lishi asoslangan;
shoirning turkum she’rlarida takror qo‘llaniladigan “Osima” obrazining individual metaforaga aylanish jarayoni Abduvali Qutbiddin she’rlari misolida dalillangan;
Eshqobil Shukurning muayyan bir turkumga mansub “Ikki dunyo oralig‘idagi qofiyasiz tushlar”, “Qaldirg‘ochning ko‘zyoshlari”, “To‘qqizinchi fevral”, “Anjuman” “Ko‘ngil qushlari”, “Mamatrayim baxshi” kabi she’rlari ifoda tarzi, poetic imkoniyatlari va mazmun-mohiyatiga ko‘ra alohida metafora ekanligi isbotlanib, “she’r-metafora” tushunchasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Zamonaviy o‘zbek she’riyatida metaforik tafakkur tabiati” (Eshqobil Shukur va Abduvali Qutbiddin she’rlari asosida) mavzusidagi tadqiqot bo‘yicha olingan natijalardan:
zamonaviy she’riyatda metaforik tafakkur tushunchasi ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, metaforik tafakkurning ijodkor shuuri va ruhiyatidagi mutanosibligi isbotlanganiga doir ilmiy xulosalardan Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti durdonalari 100 jildligini nashrga tayyorlash” mavzusidagi fundamental ilmiy loyihada foydalanilgan (Fanlar akademiyasining 2024-yil 2-maydagi 3/1255-981-son ma’lumotnomasi). Natijada zamonaviy o‘zbek she’riyatidagi yangilanishlar, adabiyotshunoslikdagi mavjud ilmiy mulohazalar metafora va metaforik tafakkur tushunchalari bilan to‘ldirish, yangi davr she’riyati borasidagi nazariy qarashlar bilan yanada boyitilgan;
muayyan bir she’rning strukturasini tashkil qilayotgan “faromush bog‘”, “o‘kinch tilak”, “qizg‘aldoq – ona”, “olovli quchoq”, “dunyoni qaritish” “etim qasos”, “dard tutgan qabr”, “besh yillik o‘lim” kabi metaforalar ma’no va tuyg‘uning uyg‘unligini ta’minlab, Abduvali Qutbiddin va Eshqobil Shukur ijodida individual hodisa bo‘lishi asoslanganiga oid nazariy xulosalar va malakaviy tavsiyalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bajarilgan OT-F1-030 “O‘zbek adabiyoti tarixi” ko‘p jildlik monografiyani (7 jild) chop etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 29-yanvardagi 04/1-222-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyotshunoslikda mavjud bo‘lgan metafora borasidagi nazariy qarashlarning muayyan asoslar bilan to‘ldirilishiga xizmat qilgan;
shoirning turkum she’rlarida takror qo‘llaniladigan “Osima” obrazining individual metaforaga aylanish jarayoni Abduvali Qutbiddin she’rlari misolida dalillangani haqidagi ilmiy natija va xulosalardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining She’riyat kengashi hisobot yig‘ilishlarida, yosh ijodkorlarning “Onajonim she’riyat” to‘garagi faoliyatida, mahorat darslarida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 26-yanvardagi 01-03/114-son ma’lumotnomasi). Bu orqali yosh ijodkorlarga adabiyot nazariyasi, adabiy tahlil mahoratidan bilim va ko‘nikmalar berilgan;
Eshqobil Shukurning muayyan bir turkumga mansub “Ikki dunyo oralig‘idagi qofiyasiz tushlar”, “Qaldirg‘ochning ko‘zyoshlari”, “To‘qqizinchi fevral”, “Anjuman” “Ko‘ngil qushlari”, “Mamatrayim baxshi” kabi she’rlari ifoda tarzi, poetic imkoniyatlari va mazmun-mohiyatiga ko‘ra alohida metafora ekanligi isbotlanib, “she’r-metafora” tushunchasi ochib berilgani borasidagi natija va xulosalaridan “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Til millat ko‘zgusi” ko‘rsatuvi hamda “Mahalla” telekanalining “Ziyo darg‘alari” ko‘rsatuvi senariylarini tayyorlashda foydalanilgan (“Madaniyat va ma’rifat” telekanalining 2024-yil 23-yanvardagi 02-16/16-son ma’lumotnomasi, “Mahalla” telekanalining 2024-yil 25-yanvardagi 01-12-77-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuvlarda berilgan ilmiy xulosalar tomoshabinlarning metafora va metaforik tafakkur bo‘yicha bilimlari oshishiga xizmat qilgan.