Madaminov Javlonbek Zafarjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarda muhandislik va kompyuter grafikasi bo‘yicha amaliy-ijodiy ko‘nikmalar shakllantirish va rivojlantirish metodlarini takomillashtirish (Texnika oliy ta’lim muassasalari misolida)” 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnika) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.DSc/Ped447.
Ilmiy maslahatchi: Turg‘unov Sobitxon Toshpo‘latovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik – texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xujamberdieva Shaxnoza Kupaysinovna pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Umurzaqov Akramjon Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor; Xikmataliev Do‘stnazar Omonovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: “Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” milliy tadqiqot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida muhandislik va kompyuter grafikasi boʻyicha amaliy-ijodiy ko‘nikmalarini rivojlantirish metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida amaliy-ijodiy koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni talabalarda loyihaviy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, loyihalash echimlarini maqbul tanlash, loyihaviy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini loyihalash foliyatida muammoni tahlil qilish, insayt, hamkorlik va ommalashtirish bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ta’limning “Amaliy‒ijodiy yo‘nalish” va “Individuallashtirish” tamoyillari asosida amaliy-ijodiy koʻnikmalarini shaklantitirish va rivojlantirishga qaratilgan EGC (Engineering graphic course) platformasi hamda uning multimedia resurslaridan iborat tashkiliy komponentlar mazmuni takomillashtirilgan;
bo‘lajak muhandislarning amaliy-ijodiy koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, shakllari, bosqichlari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini oʻzida qamrab va loyihalarni kompyuter grafikasi vositasida ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli mazmunan modernizatsiyalashtirilgan;
talabalarda muhandislik masalalariga oid topshiriqlarni echishga mustaqil amaliy-ijodiy fikrlashi, yangicha tizimli fikrlash va yondoshuv, individual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari (“Tizimli ijodiy faoliyat”,“Kaskad” mantiqiy-tahliliy sxemasi, “Muammoli vaziyat”) kabi interaktiv ta’lim metodlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi hamda didaktik ta’minoti takomillashtirilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish asosida amaliy ‒ ijodiy koʻnikmalarini rivojlanganligini baholashning layoqatli, istedodli, geniallik mezonlarihamda past, o‘rta, yuqori darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan didaktik resurslar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida amaliy ‒ ijodiy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida amaliy-ijodiy koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirish bosqichlari va tarkibiy komponentlari mazmuni talabalarda loyihaviy faoliyatga ijobiy munosabatni shakllantirish, loyihalash echimlarini maqbul tanlash, loyihaviy faoliyatni ta’lim jarayonida qo‘llay olish indikatorlari o‘rtasida qayta aloqani ta’minlash orqali takomillashtirilganligig hamda texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarini loyihalash foliyatida muammoni tahlil qilish, insayt, hamkorlik va ommalashtirish bosqichlarni izlanishli faoliyatni tashkil etish texnologiyasi orqali, ta’limning “Amaliy‒ijodiy yo‘nalish” va “Individuallashtirish” tamoyillari asosida amaliy-ijodiy koʻnikmalarini shaklantitirish va rivojlantirishga qaratilgan EGC (Engineering graphic course) platformasi hamda uning multimedia resurslaridan iborat tashkiliy komponentlar mazmuni takomillashtirilganligiga doir taklif va tavsiyalar texnika oliy ta’lim tizimida loyihaviy faoliyatni tashkil etish jarayoniga tatbiq etilgan (Oliy ta’limni rivojlantish tadqiqotlari markazining 2023-yil 26- dekabrdagi 02-01-01-187-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida loyihalash faoliyati samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
bo‘lajak muhandislarning amaliy-ijodiy koʻnikmalarini shakllantirish va rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari, shakllari, bosqichlari, yondashuvlari, tamoyillari va tarkibiy komponentlarini oʻzida qamrab va loyihalarni kompyuter grafikasi vositasida ishlab chiqish jarayonlarini tashkil etishda metodik, informatsion va loyihaviy faoliyatni yaxlit didaktik tizimda integratsiyalashtirilgan tashkiliy tuzilmaviy modeli mazmunan modernizatsiyalashtirilganligi hamda talabalarda muhandislik masalalariga oid topshiriqlarni echishga mustaqil amaliy-ijodiy fikrlashi, yangicha tizimli fikrlash va yondoshuv, individual qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion ta’lim metodlari va texnologiyalari (“Tizimli ijodiy faoliyat”,“Kaskad” mantiqiy-tahliliy sxemasi, “Muammoli vaziyat”) kabi interaktiv ta’lim metodlar asosida o‘quv jarayonini tashkil etish metodikasi hamda didaktik ta’minoti takomillashtirilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan Evropa komissiyasi Erasmus+ dasturining 5-sonli tanlov natijalari asosida 2019 -2022 yillarda bajarilgan 609715-EPP-1-2019-1-UZ-EPPKA2-CBHE-JP raqamli SPACECOM: “Kosmik tizimlari va aloqa bo‘yicha yangi o‘quv dasturi” (New study program in space systems and communications engineering) nomli loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Farg‘ona politexnika institutining 2023-yil 27-dekabrdagi 01-3209-son ma’lumotnomasi). Natijada, bo‘lajak muhandislarning loyihaviy faoliyatida amaliy-ijodiy ko‘nikmalar shakllantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalar dual ta’lim imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qilgan;
texnika oliy ta’lim muassasalari talabalarida zamonaviy o‘qitish vositalaridan foydalanish asosida amaliy ‒ ijodiy koʻnikmalarini rivojlanganligini baholashning layoqatli, istedodli, geniallik mezonlarihamda past, o‘rta, yuqori darajalari va ko‘rsatkichlarini aniqlashga qaratilgan didaktik resurslar ishlab chiqilganligiga doir amaliy taklif va tavsiyalardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 6-dekabrdagi 02-31-1841–son ma’lumotnomasi). Natijada, kompyuter grafikasi vositasida talabalarning amaliy-ijodiy ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishga doir ilmiy-metodik tavsiyalarni ommalashtirishga erishilgan.