Vafaev Oybek Shukurlaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Neft va gaz sanoati uchun samarali depressor qo‘shimchalar, maxsus surkov moylari va korroziyaga qarshi qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/T699.
Ilmiy maslahatchi: Djalilov Abdulaxat Turapovich, kimyo fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasar nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti, DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01.
Rasmiy opponentlar: Berdiev Sanjar Allanazarovich, texnika fanlari doktori; Karimov Mas’ud Ubaydulla o‘g‘li, texnika fanlari doktori, professor; Adizov Bobirjon Zamirovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muxandislik - texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida neft` va gaz sanoati uchun samarali depressor qo‘shimchalar, maxsus surkov moylari va korroziyaga qarshi qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida yangi samarali depressor qo‘shimchalar, maxsus surkov moylari va korroziyaga qarshi qoplamalar sintez qilingan va sintez jarayonining maqbul sharoitlari ishlab chiqilgan;
ikkilamchi polietilentereftalat asosidagi depressor qo‘shimchasi dizel` yoqilg‘isining past haroratli xususiyatlariga hamda dizel` yoqilg‘isining fizik-kimyoviy va ekspluatatsion xossalarini ta’minlaydigan konsentratsiya diapazonlari aniqlangan;
tarkibida litiy saqlagan maxsus zichlashtiruvchi surkov moylarining fizik-kimyoviy, termik barqarorlik va ekspluatatsion xossalari aniqlangan;
sintez qilingan depressor qo‘shimcha dizel` yoqilg‘isiga 0,1% qo‘shilganda dizel` yoqilg‘isining muzlash harorati minus 100S dan minus 330S ga tushirishi isbotlangan;
epoksipoliuretan asosidagi antikorrozion qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan hamda ularning agressiv muhitlarga chidamlilik, adgezion, deformatsion-mustahkamlik xossalari aniqlangan;
ikkilamchi polietilentereftalat asosidagi depressor qo‘shimchasi qozonxona yoqilg‘isiga 0,1% qo‘shilganda qozonxona yoqilg‘isining muzlash harorati plyus 150S dan minus 150S ga tushirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarali depressor qo‘shimchalar, maxsus surkov moylari va korroziyaga qarshi qoplamalar ishlab chiqarish va ularni qo‘llash texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
qozonxona yoqilg‘isi uchun kkilamchi polietilentereftalat va gliserin asosidagi depressor qo‘shimchalar “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasining qozonxona yoqilg‘isi tayyorlash jarayonida amaliyotga joriy qilingan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ XK ning 2023-yil 11-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, depressor qo‘shimcha qozonxona yoqilg‘isiga 0,1% qo‘shilganda qozonxona yoqilg‘isining muzlash haroratini plyus 15 0S dan minus 15 0S ga tushirish imkonini bergan;
dizel yoqilg‘isi uchun gidroksil saqlovchi oligomerlar asosidagi depressor qo‘shimchalar “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasining yoqilg‘i ishlab chiqarish sexda amaliyotga joriy qilingan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ XK ning 2023-yil 11-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, depressor qo‘shimcha dizel` yoqilg‘isiga 0,1% qo‘shilganda dizel` yoqilg‘isining muzlash haroratini minus 10 0S dan minus 33 0S ga tushirish imkonini bergan;
mahalliy xomashyolar asosidagi depressor qo‘shimchalar olish texnologiyasi “Petromaruz Uzbekistan” xorijiy korxonasida amaliyotga joriy qilingan (“Petromaruz Uzbekistan” MChJ XK ning 2023-yil 11-dekabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada, turli yoqilg‘ilarga mo‘ljallangan, import o‘rnini bosuvchi depressor qo‘shimchalar olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish