Kuldashov Nasriddin Urinovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushoq-elastik  sferik  va  silindrik formadagi  jismlarda  to‘lqin tarqalishi va difraksiyasi muammosining ilmiy asoslari”, 01.02.04-Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.DSc/FM171
Ilmiy maslahatchi: Safarov Ismoil Ibrohimovich fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya institutida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01.
Rasmiy opponentlar:
 Mardonov Botir Mardonovich – fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Mirzaev Ibraxim – fizika-matematika fanlari doktori, professor;
Yuldashev Sharofiddin Sayfitdinovich –texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chegarasiz deformatsiyalanuvchi muhit bilan bog‘langan silindrsimon va sferik jismlarga nisbatan qavushqoqelastik (tuzilish jihatdan bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan) mexanik tizimlarning dinamikasi nuqtai nazaridan nazariy asoslar va echim usullarini ishlab chiqish.
III. Dissertatsiya tadqiqotining ilmiy yangiligi:
qovushqoq- elastik muhitdagi suyuqlikli va suyuqliksiz dissipativ bir jinsli boʼlmagan koʼp qatlamli silindrik hamda sferik qobiqlar toʼlqin dinamikasi masalalarining matematik qoʼyilishi va echish metodikasi takomillashtirilgan;
noturg‘un yoki garmonik to‘lqin ta’sirida qovushqoq-elastik muhitdagi dissipativ bir jinsli bo‘lmagan ko‘p qatlamli silindrik va sferik qobiqlarning dinamik kuchlanganlik-deformatsiya holatini solishtirma baholashning xususiy hosilali kompleks koeffisientli differensial tenglamalar tizimi ishlab chiqilgan;
qovushoq-elastik muhitdagi strukturaviy bir jinsli va bir jinsli bo‘lmaganlik holatida to‘lqinlar energiya dissipatsiyasining manoton bo‘lmasligi spektal nazariyaning xos chastotalari va formalariga asoslanib qiyosiy baholash aniqlangan;
er ostidagi silindrsimon qobiqning kuchlanish-deformatsiya holatiga Reley sirt to‘lqinining ta’siri to‘lqin dinamikasining va kompleks funksiyalar nazariyasining akslantirish usuli orqali topilgan. Shuningdek, sirt to‘lqinlar ta’siridagi maksimal (kontur) kuchlanishlar ko‘ndalang va bo‘ylama to‘lqinlar ta’siridagi kuchlanishlardan 15-20% ko‘p bo‘lishi topilgan;
qovushqoq-elastik muhitdagi suyuqlikli silindrik qobiqlarda qobiq chastotasining nolga yaqin va cheksiz katta qiymatlarida sekin so‘nuvchi quvur va suv to‘lqinlarini mavjudligi spektral masalaning transendent tenglamalarini sonli echish orqali topilgan;
qobiq qalinligining oshirish bilan xos chastotalar qiymatlarining haqiqiy va mavhum qismlarining monoton oshishi xos tebranishlar uchun chiqarilgan kompleks parametrli transendent tenglamani echish orqali topilib, birinchi chastota qiymatining 20% ga, ikkinchi chastotaning 5-10% ga oshishi va uchinchi chastotaning qiymati deyarli o‘zgarmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi sferik va silindrsimon shakldagi qovushqoq-elastik jismlarda difraksiya va to‘lqin tarqalishini hisoblash usullari va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
konstruksiyalarda harakatlanuvchi kuch ta’sirida hosil bo‘ladigan tebranishlarni yoki titrashlarni kamaytirish usullaridan Buxoro muhandislik-texnologiya institutida 2012-2016-yillarda fundamental F4-14 “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Buxoro muhandislik-texnologiya institutining 04/05-87/966-sonli ma’lumotnomasi, 14.06.2023). Natijada konstruksiyalarda hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan rezonans sohalari oldindan aniqlangan;
Murakkab chastotalar va o‘ziga xos rejimlarni aniqlash usullaridan 2016-2020 yillarda Toshkent kimyo-texnologiya institutida bajarilgan OT-F4-01raqamli  “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko'p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo'laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o'rganish usullarini ishlab chiqish va nazarıyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 1/01-2041-sonli ma’lumotnomasi, 16.06.2023). Natijada, bu yuk ostida ishlaydigan dissipativ bir jinsli yoki bir jinsli  bo‘lmagan tizimlarda kuchlanish-deformatsiya holatini aniqlash imkonini bergan.
Silindrsimon qobiqlar uchun silindrsimon qatlam to‘ldirgichlar masalasini echishda Surxondara viloyati avtomobil yo‘llari qurilishi bosh boshqarmasida foydalanilgan (“Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti”ning №10/3-429-sonli ma’lumotnoma, 02.08.2023). Natijada seysmik to‘lqinlarning o‘zaro ta’sirida er osti silindrsimon inshootlarning seysmik holatini dastlabki baholash imkoniyati paydo bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish