Sabirova Ra’no Azamatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qovushqoq-elastik silindrik qobiqda garmonik to‘lqinlar tarqalish xususiyatlari (Svoystva rasprostraneniya garmonicheskix voln v vyazkouprugoy silindricheskoy obolochke)”, 01.02.04–Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari). Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/FM676
Ilmiy rahbar: Boltaev Zafar Ixtiyorovich fizika-matematika fanlari doktori(DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/27.02.2021.FM.101.02 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Mavlanov To‘lqin Mavlonovich texnika fanlari doktori, professor; Mirzaev Ibraxim fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qovushqoq-elastik silindrik qobiqda garmonik to‘lqin tarqalishi va so‘nishini, chastota va to‘lqin uzunliklarining keng oralig‘ida o‘zgarish tizimini hisobga olib o‘rganish va solishtirma baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yupqa silindrik qobiqda to‘lqin tarqalishi masalasi ikki xil: uch o‘lchovli qovushqoq-elastiklik va qobiq nazariyalarining chiziqli munosabatlari va tenglamalari asosida qo‘yilgan, Lame va qobiq nazaryasining gipotezalari orqali olingan tenglamalar vositasida Furening integral almashtirishlari, Myuller, Loplass va Gauss usullari yordamida echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
uzun qovushqoq-elastik to‘ldiruvchili yupqa silindrik qobiqda to‘lqin tarqalishi xususiyatlari elastiklik nazaryasining Lame va qobiq nazaryasining Kirxgof - Lyav tenglamalari asosidagi dispersion munnosabatlarni Myuller, Lopllas va Gauss usulari orqali aniqlash metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
qovushqoq-elastik yupqa silindrik qobiqda to‘lqin tarqalishi masalalarini echishda kompleks faza tezligi, chastotasi va tebranishlar formasi bo‘yicha olingan sonli natijalar asosida murakkab uch o‘lchovli nazariya o‘rniga, ancha sodda bo‘lgan ikki o‘lchovli Krixgof Lyav va Timoshenko gipotezalariga tayanib qobiq nazariyalaridan foydalanish mumkinligi aniqlangan;
Kirxgof-Lyav va S.P.Timoshenko gipotezalari asosida olingan tenglamalarni uzun qovushqoq-elastik yupqa silindrik qobiqqa tatbiq etish chegaralari topilib, uzun to‘lqinlar sohasida faza va guruh tezliklari, so‘nish koeffisientlari hamda kompleks chastotalari 15% gacha farq qilishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqotdagi qovushoq-elastik silindrik qobiqning dinamik kuchlanganlik-deformatsiyalanganlik holatini hisoblash usullari va algoritmi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
silindrik qobiqda sirt to‘lqinlarining tarqalishi va so‘nishini xarakterlovchi dispersion munosabatlardan Urganch davlat universitetida 2017-2020-yillarda bajarilgan OT-F4-04(05) “Material nochiziqli evolyusion tenglamalarni echishning spektral usulini qo’llash. Yurak tomir sistemasi biomexanikasi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2024-yil 9-oktyabrdagi 04-04/01-11/4345-sonli ma’lumotnomasi). Natijada yupqa qovushqoq elastik qon tomirlardan suyuqlik oqishi natijasida devorlarda hosil bo‘ladigan kuchlanishlarni hisoblash imkonini bergan;
birinchi tartibli bir jinsli xususiy hosilali differensial tenglamalarni echish metodikasidan Toshkent kimyo-texnologiya instituti Davlat ilmiy-texnika dasturi doirasida 2016-2020-yillarda bajarilgan OT-F4-01 “Qovushqoq suyuqlik oquvchi ko‘p qatlamli kompozit quvurlar egri chiziqli bo‘laklarining harorat va dinamik yuklanishlar ta’sirida chiziqli bo‘lmagan dinamik kuchlanish-deformatsiya holatini o‘rganish usullarini ishlab chiqish va nazariyasini rivojlantirish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Toshkent kimyo-texnologiya institutining 2024-yil 18-maydagi 1/01-1424-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ko’p qatlamli suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurga seysmik va tashqi kuchlari ta’siridagi kuchlanish-deformatsiya holatini hisoblash imkoni yaratilgan.