Kim Dmitriy L`vovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tajribada iliokaval segment trombozlarida o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining oldini olishda yangi texnologiyalarni ishlab chiqish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiët.  
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Tib3245.
Ilmiy rahbar: Muminov Shuxrat Manapovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy ërdam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunov Baxtiyor Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sharipova Visolat Xamzaevna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: Janubiy-Ural davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik
II.    Tadqiqotning maqsadi: iliokaval segment trombozi bo‘lgan bemorlarda o‘pka arteriyasini tromboemboliyasini profilaktikasi uchun mahalliy biomuvofiq so‘riluvchan kava-klipsa ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki kavak vena bo‘shlig‘ini qisman toraytirish uchun so‘riluvchan "poliglikolidlaktid" materialidan kava-klipsa modeli yaratilgan bo‘lib, uning konstruksiyasi qon oqimini saqlash va yirik tromboemboliyalar migratsiyasini oldini olish imkonini berishi xamda uni 3D modellashtirish va 3D-printerda chop etish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
so‘riluvchan kava-klipsani mustahkamligini yo‘qotmagan holda uzilish kuchini aniqlash bilan mikrobiologik tadqiqotlarning salbiy natijalari hisobiga etilen-oksidli (gazli) sterilizatsiyalash usulining samaradorligi asoslangan;
poliglikolidlaktiddan tayyorlangan so‘riluvchan kava-klipsaning o‘rtacha letal dozasini, qo‘zg‘atuvchi, kumulyativ va sensibilizatsiyalovchi ta’sirini o‘rgangan holda, toksikologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholashning eksperimental modeli asoslangan va uning xavfsizlik talablariga muvofiqligi isbotlangan;
eksperimental hayvonlarda kava-klipsalar eksperimental namunalarining so‘rilish xususiyatlari va samaradorligi pastki kavak vena devorlari va uning atrofidagi to‘qimalar qavatlarining shishi yo‘qligi, endoteliy tuzilishining saqlanib qolganliligi va devorga yopishgan trombozlar yo‘qligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy-texnik kengashning 2024 yil 26 avgustdagi 5/04-sonli yig‘ilish bayonnomasi asosida berilgan ilmiy-tadqiqot ishi natijalarini amaliyotga qo‘llash to‘g‘risidagi xulosaga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: pastki kavak vena bo‘shlig‘ini parsial toraytirish uchun so‘riluvchi poliglikolidlaktid materialidan kava-klipsa modelini yaratish va uni 3D modellashtirish va 3D-printerda chop etish orqali tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish "Additive Technology" MChJning amaliy faoliyatiga joriy etilgan (25.03.2023 y.). Ijtimoiy samaradorligi: so‘riluvchan kava-klipsa tayyorlashning ishlab chiqilgan texnologiyasi tayyorlash muddatlarini qisqartirish, ishlab chiqarishni standartlashtirish va jarrohlikning turli sohalarida qo‘llash uchun boshqa implantlarni ishlab chiqish imkonini beradi. Joriy etish natijalari kerakli materialni tanlash bo‘yicha kompleks baholash va yangi texnologiyalarni qo‘llagan holda tayyorlash usulini ishlab chiqish imkonini berdi. Iqtisodiy samaradorligi: taqdim etilgan so‘riluvchan kava-klipsa tayyorlash texnologiyasidan foydalanish standartlash va ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish imkonini beradi va sarflangan material va tayyorlash jarayoni qiymati 255043 so‘mni, titan kava-klipsa narxi 510400 so‘mni tashkil qiladi, bu esa o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining jarrohlik profilaktikasiga muhtoj 100 nafar bemor hisobiga bir bemor uchun yiliga 255257 so‘m va 25535690 so‘m byudjet mablag‘larini tejash imkonini beradi. Xulosa: shunday qilib, taqdim etilgan so‘riluvchan kava-klipsa ishlab chiqarish texnologiyasidan foydalanish ishlab chiqarish vaqtini standartlash va qisqartirish imkonini beradi va ishlab chiqilgan so‘riluvchan kava-klipsa modelini ishlab chiqarish uchun sarflangan material qiymati va ishlab chiqarish jarayoni yiliga 25695690 so‘mni tejash imkonini beradi.
ikkinchi ilmiy yangilik: sterilligi mikrobiologik tadqiqotlar o‘tkazilishi bilan tasdiqlangan so‘riluvchan kava-qisqichlarni etilen oksidli (gazli) sterilizatsiyalash usulining ijobiy ta’siri va kava-qisqichlarning mustahkamligi uzilish kuchini aniqlash bilan fizik-mexanik sinovlar orqali tasdiqlangan " Astess Atramatik Steril Jarrohlik Iplari" MChJ ning amaliy faoliyatiga joriy etilgan (15.03.2023 y.). Ijtimoiy samaradorligi: so‘riluvchan kava-qisqichlarni steril qadoqqa qadoqlashgacha bo‘lgan darajada sterilizatsiyalash usuli keyinchalik iliokaval segment trombozi bo‘lgan bemorlarda o‘pka arteriyasi tromboemboliyasining jarrohlik profilaktikasi uchun klinik amaliyotga keng joriy etish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: joriy qilingan so‘riluvchan kava-qisqichlarni steril qadoqlashgacha bo‘lgan sterilizatsiyalash usulining iqtisodiy samaradorligi birinchi ilmiy yangilik uchun ko‘rsatilgan usul bilan bir xil. Xulosa: taqdim etilgan so‘riluvchan kava-klipsa tayyorlash texnologiyasidan foydalanish orqali steril qadoqlashgacha yiliga 25695690 so‘m iqtisod qilish imkonini beradi.
uchinchi ilmiy yangilik: poliglikolidlaktiddan tayyorlangan so‘riluvchan kava-qisqichlarning o‘rtacha letal dozasini, qo‘zg‘atuvchi, kumulyativ va sensibilizatsiyalovchi ta’sirini o‘rganish orqali toksikologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholashning eksperimental modeli asoslandi va xavfsizlik talablariga muvofiqligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: toksikologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholashni o‘tkazish metodikasi kelgusida tibbiyotda foydalanish uchun shunga o‘xshash polimer materiallarni o‘rganish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: hisoblash uning eksperimental xususiyatini nazarda tutmaydi. Xulosa: so‘riluvchan kava-qisqichlarning toksikologik xavfsizlik ko‘rsatkichlarini baholashning asoslangan eksperimental modeli tufayli ushbu usul kelgusida tibbiyotda foydalanish uchun shunga o‘xshash polimer materiallarni o‘rganish imkonini beradi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: eksperimental hayvonlarda pastki kavak vena devorlari va uning atrofidagi to‘qimalar qavatlarining o‘zgarishlarini o‘rganish natijasida kava-klips eksperimental namunalarining so‘rilish xususiyatlari, endoteliy tuzilishining saqlanib qolganligi va devorga yaqin trombozlarning yo‘qligi isbotlangan. Ijtimoiy samaradorligi: eksperimental hayvonlarda implant o‘rnatish zonasidagi to‘qimalarning morfologik tadqiqotlarini o‘tkazish usuli kelajakda tibbiyotda foydalanish uchun shunga o‘xshash polimer materiallarni o‘rganish imkonini beradi. Iqtisodiy samaradorligi: hisoblash uning eksperimental xususiyatini nazarda tutmaydi. Xulosa: eksperimental hayvonlarda implant o‘rnatish zonasidagi to‘qimalarning morfologik tekshiruvi tufayli ushbu usul keyinchalik tibbiyotda foydalanish uchun shunga o‘xshash polimer materiallarni o‘rganish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish