Nuralieva Umida Mustafaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tajribada timektomiyaning yo‘g‘on ichak mikroflorasi holatiga ta’sirini baholash va istiqbolni belgilovchi immun-mikrobiologik mezonlarni ishlab chiqish” ixtisosliklar shifri: 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Tib2582.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Baxtiyor Zarifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Suyarov Akrom Amirqulovich, tibbiyot fanlari doktori; Axmedova Xalida Yuldashevna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada timektomiyaning yo‘g‘on ichak mikroflorasi holatiga ta’sirini baholash va istiqbolni belgilovchi immun-mikrobiologik mezonlarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tajriba hayvonlarida timektomiyadan 1 oy o‘tgach, maxsus bo‘lmagan rezistentlik omillari, tug‘ma immunitet, yo‘g‘on ichak indigen va fakultativ mikroorganizmlarining ishonarli darajada pasayishi va tranzitor mikroflora ko‘payishi immun tizimi faoliyatining pasayishi (timektomiya) bilan uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
ilk bor immun tizimi boshqaruvchi vazifasining pasayishi (timektomiya) natijasida yo‘g‘on ichak mikroflorasi fakul`tativ vakillari (Streptococcus spp, Staphylococcus spp, Enterobacter spp, Proteus spp) kolonizatsion qobiliyati va faolligi yetakchi o‘rinni egallashi sababli timektomiyadan keyin ularning tirik qolishi xamda miqdoriy tiklanishi isbotlangan;
ilk bor laboratoriya hayvonlari timektomiyasidan so‘ng tajribaning barcha davrlarida (1, 3, 6 oy) immun tizimi faoliyati pasayishi sababli (timektomiya) mikroorganizmlarning oshqozon-ichak traktidan organizm parenximatoz a’zolariga o‘tish xususiyati sezilarli darajada oshganligi isbotlangan;
tajribaning barcha davrlarida indigen mikroorganizmlar kamayishi, timektomiyadan 3 oy o‘tgach maxsus bo‘lmagan rezistentlik omillari, tug‘ma immunitet, fakultativ mikroorganizmlar miqdori tiklanishi, yo‘g‘on ichak me’yoriy mikroflorasi vakillari kamayishi fonida gemolitik Streptococcus spp va E.coli ning unishi, immun tizimining yo‘g‘on ichak mikrobiotsenoziga ta’sir darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik immuno-mikrobiologik mezonlari ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tajribada timektomiyaning yo‘g‘on ichak mikroflorasi holatiga ta’sirini baholash va istiqbolni belgilovchi immun-mikrobiologik mezonlarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: tajriba hayvonlarida timektomiyadan 1 oy o‘tgach, maxsus bo‘lmagan rezistentlik omillari, tug‘ma immunitet, yo‘g‘on ichak indigen va fakultativ mikroorganizmlarining ishonarli darajada pasayishi va tranzitor mikroflora ko‘payishi immun tizimi faoliyatining pasayishi (timektomiya) bilan uzviy bog‘liqligi isbotlanganligi bo‘yicha «Tajribada timektomiyadan keyin laboratoriya hayvonlari yo‘g‘on ichagi mikroflorasini o‘rganish natijalarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 24-m/025-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘yicha 02.04.2024 yildagi 27-sonli xamda Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 60-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/24-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar disbioz shaklidagi yo‘g‘on ichak mikoflorasi tarkibiy muvozanatining buzilishini aniqlashga imkon beradi, bu esa patologiya oldi holatni o‘z vaqtida aniqlash va kasalliklar tashhisini o‘tkazishda ahamiyatli bo‘lib, bemorlarni davolash taktikasini tanlashga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy natijalarning O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati va Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi timektomiyadan so‘ng laboratoriya tajriba hayvonlari (oq zotsiz kalamushlar) ning yo‘g‘on ichak mikroflorasidagi o‘zgarishlarni baholash usuli mikobiologik tekshirishlarni optimallashtish hisobiga har bir tajriba guruhi (n=6) uchun sarflanadigan mablag‘lardan 200000 so‘m tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: timektomiyadan 1 oy o‘tgach, maxsus bo‘lmagan rezistentlik omillari va tug‘ma immunitet faoliyati, yo‘g‘on ichak indigen va fakultativ mikroorganizmlar miqdori ishonarli darajada pasayishi va tranzitor mikroflora miqdori ko‘payishi bilan kechishi asoslangan.
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor immun tizimi boshqaruvchi vazifasining pasayishi (timektomiya) natijasida yo‘g‘on ichak mikroflorasi fakul`tativ vakillari (Streptococcus spp, Staphylococcus spp, Enterobacter spp, Proteus spp) kolonizatsion qobiliyati va faolligi yetakchi o‘rinni egallashi sababli timektomiyadan keyin ularning tirik qolishi xamda miqdoriy tiklanishi isbotlanganligi bo‘yicha «Tajribada timektomiyadan keyin laboratoriya hayvonlari yo‘g‘on ichagi mikroflorasini o‘rganish natijalarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 24-m/025-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘yicha 02.04.2024 yildagi 27-sonli xamda Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 60-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/24-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar disbioz shaklidagi yo‘g‘on ichak mikoflorasi tarkibiy muvozanatining buzilishini aniqlashga imkon beradi, bu esa patologiya oldi holatni o‘z vaqtida aniqlash va kasalliklar tashhisini o‘tkazishda ahamiyatli bo‘lib, bemorlarni davolash taktikasini tanlashga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy natijalarning O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati va Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi timektomiyadan so‘ng laboratoriya tajriba hayvonlari (oq zotsiz kalamushlar) ning yo‘g‘on ichak mikroflorasidagi o‘zgarishlarni baholash usuli mikobiologik tekshirishlarni optimallashtish hisobiga har bir tajriba guruhi (n=6) uchun sarflanadigan mablag‘lardan 200000 so‘m tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: ayrim mikoorganizmlarning kolonizatsion qobiliyati va faolligi, bakterial translokatsiya fenomenlarining rivojlanish mexanizmiga ahamiyat berish davolash usuli va taktikasini tanlovini engillashtiradi. Timektomiya natijasida immun tizimi foaliyati pasayishi fonida yo‘g‘on ichak mikroflorasi fakul`tativ vakillarining tirik qolishi xamda miqdoriy tiklanishiga axamiyat berishni ta’kidlaydi.
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor laboratoriya hayvonlari timektomiyasidan so‘ng tajribaning barcha davrlarida (1, 3, 6 oy) immun tizimi faoliyati pasayishi sababli (timektomiya) mikroorganizmlarning oshqozon-ichak traktidan organizm parenximatoz a’zolariga o‘tish xususiyati sezilarli darajada oshganligi isbotlanganligi bo‘yicha «Tajribada timektomiyadan keyin laboratoriya hayvonlari yo‘g‘on ichagi mikroflorasini o‘rganish natijalarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 24-m/025-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘yicha 02.04.2024 yildagi 27-sonli xamda Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 60-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/24-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar disbioz shaklidagi yo‘g‘on ichak mikoflorasi tarkibiy muvozanatining buzilishini aniqlashga imkon beradi, bu esa patologiya oldi holatni o‘z vaqtida aniqlash va kasalliklar tashhisini o‘tkazishda ahamiyatli bo‘lib, bemorlarni davolash taktikasini tanlashga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy natijalarning O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati va Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi timektomiyadan so‘ng laboratoriya tajriba hayvonlari (oq zotsiz kalamushlar) ning yo‘g‘on ichak mikroflorasidagi o‘zgarishlarni baholash usuli mikobiologik tekshirishlarni optimallashtish hisobiga har bir tajriba guruhi (n=6) uchun sarflanadigan mablag‘lardan 200000 so‘m tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: timektomiyadan so‘ng tajribaning barcha davrlarida immun tizimi faoliyati pasayishi sababli mikroorganizmlarning oshqozon-ichak traktidan organizmni parenximatoz a’zolariga translokatsiya xususiyati sezilarli darajada ortishi asoslangan.
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: tajribaning barcha davrlarida indigen mikroorganizmlar kamayishi, timektomiyadan 3 oy o‘tgach maxsus bo‘lmagan rezistentlik omillari, tug‘ma immunitet, fakultativ mikroorganizmlar miqdori tiklanishi, yo‘g‘on ichak me’yoriy mikroflorasi vakillari kamayishi fonida gemolitik Streptococcus spp va E.coli ning unishi, immun tizimining yo‘g‘on ichak mikrobiotsenoziga ta’sir darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik immuno-mikrobiologik mezonlari ekanligi asoslanganligi bo‘yicha «Tajribada timektomiyadan keyin laboratoriya hayvonlari yo‘g‘on ichagi mikroflorasini o‘rganish natijalarini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 16 apreldagi 24-m/025-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati bo‘yicha 02.04.2024 yildagi 27-sonli xamda Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 16.04.2024 yildagi 60-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 8 iyuldagi 02/24-son ma’lumotnomasi). Ijtimoiy samaradorlik: olingan natijalar disbioz shaklidagi yo‘g‘on ichak mikoflorasi tarkibiy muvozanatining buzilishini aniqlashga imkon beradi, bu esa patologiya oldi holatni o‘z vaqtida aniqlash va kasalliklar tashhisini o‘tkazishda ahamiyatli bo‘lib, bemorlarni davolash taktikasini tanlashga imkon yaratadi. Iqtisodiy samaradorlik: ilmiy natijalarning O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirligi sanitariya-epidemiologiya nazorati va Buxoro viloyati sanitariya-epidemiologiya osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy etilishi timektomiyadan so‘ng laboratoriya tajriba hayvonlari (oq zotsiz kalamushlar) ning yo‘g‘on ichak mikroflorasidagi o‘zgarishlarni baholash usuli mikobiologik tekshirishlarni optimallashtish hisobiga har bir tajriba guruhi (n=6) uchun sarflanadigan mablag‘lardan 200000 so‘m tejalishini ta’minlaydi. Xulosa: immun tizimining yo‘g‘on ichak mikrobiotsenoziga ta’sir darajasini aniqlash imkonini beruvchi prognostik immuno-mikrobiologik mezonlari ishlab chiqilgan.