Kambarova Marjan Adil qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Odam” tayanch leksemali maqollarning semantik va lingvostatistik xususiyatlari (ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillari materiali bo‘yicha)”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3843.
Ilmiy rahbar: Djusupov Maxanbet, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil 27.01.
Rasmiy opponentlar: Siddiqova Iroda Abduzuhurovna, filologiya fanlari doktori, professor, Baxtikireeva Uldanai Maksutovna, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillari materiallari asosida odam asosiy leksemali maqollarni qiyosiy tahlil qilish asosida ularning semantik va lingvostatistik xususiyatlarini aniqlash hamda tavsiflashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
maqollarni tadqiq qilishda paremiya va paremiologiya tushunchalari paremiologik klishelarning bir turi sifatida asoslanib, ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillaridagi maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari lingvistik tavsiflash orqali aniqlangan;
ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillarida odam leksemasi (odam – odam obrazi, odam – odamning ijobiy va salbiy jihatlari, odam – mehnat, odam – odam donoligi, odam – hayvonlar obrazi kabi) va boshqa leksik birliklar (ota, ona, er, xotin, aka, uka, opa, singil) bilan ifodalangan, asosida odam tushunchasi aks etgan maqollarning semantik o‘ziga xosliklari semantik-stilistik usul negizida asoslangan;
ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillarida odam leksemasi va boshqa leksik birliklar (ota, ona, er, xotin, aka, uka, opa, singil) bilan ifodalangan asosida odam tushunchasi aks etgan maqollar hamda ulardagi lingvostatistik, universal va unikal xususiyatlar aniqlangan;
o‘rganilayotgan tillarda odam leksemasi va boshqa leksik birliklar (ota, ona, er, xotin, aka, uka, opa, singil) bilan ifodalangan, asosida odam tushunchasi aks etgan maqollarning universal hamda farqli jihatlarining sifat va miqdoriy darajasi ularning lingvostatistik xususiyatlarini qiyoslash orqali aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillarida odam tayanch leksemali maqollarning semantik va lingvostatistik xususiyatlarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natija va xulosalar asosida:
maqollarni tadqiq qilishda paremiya va paremiologiya tushunchalari paremiologik klishelarning bir turi sifatida asoslanib, ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillaridagi maqollarning lingvokulturologik xususiyatlari lingvistik tavsiflash orqali aniqlangani borasidagi ilmiy xulosa va tavsiyalardan “TUMED – xalqaro bitiruvchilar assotsiatsiyasi” tadqiqotlari, uning “Uluslararası Mezunlar Karier İnşaası” loyihasi doirasida tashkil etilgan tadbirlarida foydalanilgan (“TUMED – xalqaro bitiruvchilar assotsiatsiyasi”ning 2023-yil 15-noyabrdagi 17/154-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz, rus, o‘zbek va qozoq tillari paremiologik tadqiqotlarining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida xorijiy auditoriya xabardorligini oshirishga erishilgan;
ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillarida odam leksemasi odam – odam obrazi, odam – odamning ijobiy va salbiy jihatlari, odam – mehnat, odam – odam donoligi, odam – hayvonlar obrazi kabi) va boshqa leksik birliklar (ota, ona, er, xotin, aka, uka, opa, singil) bilan ifodalangan asosida odam tushunchasi aks etgan maqollarning semantik o‘ziga xosliklari haqidagi ilmiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan badiiy adabiyotning ingliz-o‘zbek, o‘zbek-rus, o‘zbek-qozoq matnlarini bir tildan boshqasiga tarjima qilishda hamda O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining “Musofir” loyihasi doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2023-yil 11-dekabrdagi 01-03/3220-son, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining 2023-yil 27-dekabrdagi 3-son ma’lumotnomalari). Natijada badiiy adabiyot asarlarining milliy-madaniy, tarbiyaviy, ma’rifiy ahamiyatini oshirishga erishilgan, ommaviy auditoriyani turli xalqlarning hayoti, tarixi, madaniyati bilan tanishtirish imkoniyati yaratilgan hamda mahalliy va xorijiy auditoriyalarning yanada kengroq jalb qilinishiga erishilgan;
ingliz, rus, o‘zbek, qozoq tillarida odam leksemasi va boshqa leksik birliklar (ota, ona, er, xotin, aka, uka, opa, singil) bilan ifodalangan asosida odam tushunchasi aks etgan maqollarning lingvokulturologik, semantik va lingvostatistik xususiyatlariga doir materiallardan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda AQSh Davlat departamenti va elchixonasi hamkorligida amalga oshirilayotgan “The English Access Microscholarship program” nomli xalqaro loyihada hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2020–2022-yillarda bajarilgan FZ-2019062034-raqamli “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2023-yil 15-noyabrdagi SUZ80021GR3106-son, 2024-yil 5-iyuldagi 01/396-son ma’lumotnomalari). Natijada til va nutq materiallarini yaratish uchun talabalarning bilim, malaka, ko‘nikmalarini takomillashtirish, ularning kognitiv qobiliyatlarini rivojlantirishga va amaliy loyiha doirasida tayyorlangan elektron resurslar hamda bosma darslik uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilgan;
qiyoslanayotgan tillarda odam leksemasi va boshqa leksik birliklar (ota, ona, er, xotin, aka, uka, opa, singil) bilan ifodalangan asosida odam tushunchasi aks etgan maqollarning universal hamda farqli jihatlarining sifat va miqdoriy darajasi ularning lingvostatistik xususiyatlarini qiyoslash orqali aniqlanganligi haqidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining “English with “Yoshlar”, “Oqshomga qadar” nomli ko‘rsatuvlarida foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Yoshlar” teleradiokanalining 2023-yil 16-apreldagi 14-05-51-son ma’lumotnomasi). Natijada radio dasturida keltirilgan materiallar tinglovchilarning til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga, maqollarning ahamiyatini namoyish etishga va insonning jamiyatdagi muhim mavqeyini aks ettirishga yordam bergan.