Radjabova Gulnoza Giyosiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korpus texnologiyalari (COCA) talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda autentik materiallar manbayi sifatida (ingliz tili misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Ped3616.
Ilmiy rahbar: Muradkasimova Kamola Shuxratovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari unIVersiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillar unIVersiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Isroilova Dildora Muxtorovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Samatova Barnoxon Ravshanxonovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unIVersiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi talabalarning yozma kompetensiyasini takomillashtirishda COCA korpus texnologiyasini autentik (haqiqiy) material manbayi sifatida qo‘llashning ilmiy asoslangan metodikasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
SWOT tahlili metodi yordamida takomillashtirilgan korpus texnologiyasining ko‘p tillik, kontekstuallik, dinamiklik, algoritmlik, ko‘p janrlik, saralash imkoniyati va gipermatnlik kabi didaktik xususiyatlaridan talabalar yozuv kompetensiyasini takomillashtirish konseptual asosi sifatida korpus texnologiyalarining metodik funksiyalari ishlab chiqilgan;
talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirish metodikasi COCA korpusi diskriptorlari, uch bosqichli ma’lumotlarni tanlash, saralash va tahlil qilishni o‘z ichiga olgan vosita va usullar integratsiyasi asosida maqsadli, nazariy, texnologik va baho-natijaviy bloklarni qamrab olgan funksional modeli ishlab chiqilgan;
korpusga asoslangan COCA texnologiyasining samaradorligi Bloom taksonomiyasinining olti bosqichli kognitIV darajalari hamda talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishga qaratilgan kirish, faollashtiruvchi, applikatIV va produktIV mashqlarni integratsiya qilish orqali samaradorligi isbotlangan;
talabalarning yozuv kompetensiyasini baholash mezoni diskriptorlari yuzuv kompetensiyasi komponentlari bo‘lgan lingvistik, evristik, strukturaviy va instrumental komponentlari hamda pedagogik kvalimetriyaning tarkibi o‘z ichiga olgan past, o‘rta va yuqori darajadagi ko‘rsatkichlarni vertikal ravishda integratsiya qilish asosida ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Korpus texnologiyalari (COCA) talabalarning yozuv kompetensiyasini takomillashtirishda autentik materiallar manbayi sifatida tadqiq qilish jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
korpus texnologiyalari (COCA)ning ko‘p tillik, kontekstuallik, dinamiklik, algoritmlik, ko‘p janrlik, saralash imkoniyati va gipermatnlik kabi didaktik xususiyatlari takomillashtirilgani hamda ular asosida talabalar yozuv kompetensiyasini yanada rIVojlantirishning ilmiy negizi sifatida korpus texnologiyalarining funksiyalari ishlab chiqilgani va kengaytirilgani to‘g‘risidagi takliflar AQSh elchixonasi homiyligida va AQSh konsulligi tomonidan ma’murlashtirilgan O‘zbekiston davlat jahon tillari unIVersiteti hamda AQSh davlat departamenti SUZ80021GR3106-son “The English Access Microscholarship Program” tomonidan 2022-2024-yillarda amalga oshirishga mo‘ljallangan “O‘zbekistonda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini jarayonlarini modernizatsiyalash va kompyuter savodxonlikni oshirish” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari unIVersitetining 2022-yil 19-dekabrdagi 01/754-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi dastur resurslarini boyitish orqali ishning amaliy qiymati yanada oshgan;
tillarni korpusli yondashuv negizida o‘qitishga asoslangan va tashxislash-maqsadli, nazariy, texnologik hamda baholash-natijaviy bloklardan iborat korpusli texnologiyalar (COCA) vositasida talabalar yozuv kompetensiyasini takomillashtirishning funksional modeli modernizatsiyalashganiga oid takliflardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida ICM, KA-107 – International Credit Mobility between European Union and Uzbekistan HEIs, through staff and student mobility exchange projecs between Uzbekistan State UnIVersity of World LanguaGES and Ruhr UnIVersity Bochum (Germany) – 2020-1-DE01-KA107-005433 raqamli xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari unIVersitetining 2023-yil 5-oktyabrdagi 01/565-son ma’lumotnomasi). Natijada ishning qiymati xalqaro miqyosda ham dolzarblik kasb etishi o‘z isbotini topgan;
kirish, faollashtirish, applikatIV va produktIV turdagi mashqlardan iborat autentik materiallar manbayi sifatida korpus texnologiyalari (COCA) asosida talabalar yozuv kompetensiyasini takomillashtirish bo‘yicha mashqlar tizimi ishlab chiqilgani borasidagi xulosalardan O‘zbekiston Milliy unIVersitetida 2021–2022-yillarda bajarilgan A-OT-2021-419 raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursining elektron platformasini yaratish (Pre-school PDP)” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy unIVersitetining 2023-yil 17-apreldagi 04/11-2195-son ma’lumotnomasi). Natijada yozuv kompetensiyasini baholash borasidagi yangiliklarning ahamiyati yanada oshgan;
kontekstuallik va algoritmlik tarkibiy qismlari hamda talabalar yozuv kompetensiyasining B2 darajasini baholash yuzasidan lingvistik, evristik va tuzilmaviy bloklardan iborat instrumental blokni integratsiyalash yordamida mezonli apparat deskriptorlari modifikatsiya qilingani xususidagi ilmiy-nazariy mulohazalardan Evropa Ittifoqining ERASMUS+ dasturi doirasida Latviyaning Rezekna texnologiyalar Akademiyasi, Angliyaning London Metropoliten unIVersiteti bilan hamkorlikda bajarilgan “561624-EPP-1-1-UK-EPPKA2-CBHE-SP IMEP” mavzusidagi xalqaro loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston davlat jahon tillari unIVersitetining 2023-yil 20-sentyabrdagi 06/515-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqaro kredit, shuningdek, kadrlar va talabalar almashinuvi masalasi bo‘yicha ishlab chiqilgan dastur mazmunan boyitilgan.