Cherginskaya Irina Aleksandrovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “8-9-sinflardagi bilingvli o‘quvchilarni rus tilida shartli munosabatlarni ifoda etishga o‘rgatish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1580.
Ilmiy rahbar: Lagay Elena Aleksandrovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Rozanna Mirzatullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Milyutina Olga Vladimirovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonning ta’lim rus tilida olib boriladigan maktablari 8-9-sinflari bilingval o‘quvchilarni hozirgi rus tilida shart munosabatlarini ifodalaovchi vositalarni o‘rgatishning modelini ishlab chiqish va samaradorligini tajriba-sinovdan o‘tkazishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
8-9-sinflarda bilingval o‘quvchilarning vaziyatli shartli nutqiy muloqot amaliyotida muayyan voqea va real voqelik dalillariga nisbatan o‘z nuqtayi nazarini argumentlashda foydalaniladigan universal mantiqiy-mazmuniy kategoriya sifatida shart kategoriyasini o‘zlashtirish zarurligi ilmiy-nazariy jihatdan asoslangan;
madaniy va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shaxsni shakllantirishga yordam beruvchi interaktiv o‘qitish modeli samaradorligi bilingval o‘quvchilarni shart munosabatlarni ifoda etishga o‘rgatishning kommunikativ-madaniy konsepsiyasi asosida isbotlangan;
shart konstruksiyalardan foydalanishga qaratilgan mashqlar tizimi kommunikativ-madaniy konsepsiyasiga shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvning differensiatsiya, oldingi tajriba, emotsional-ixtiyoriy soha va individuallik komponentlarini integratsiya qilish asosida o‘quv jarayonining lingvodidaktik ta’minoti ishlab chiqilgan mashqlar tizimi orqali takomillashtirilgan;
bilingval o‘quvchilariga shart munosabatlarini ifodalovchi vositalarni o‘rgatish jarayonining lingvodidaktik ta’minoti rus tilini o‘zlashtirish uchun ijobiy ichki motivatsiyani kreativlik komponenti asosida amalga oshirilib, shart ma’nosini ifodalovchi konstruksiyalarni idrok etishda o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan ish daftari orqali o‘quvchilarning kognitiv faoliyati takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 8-9-sinflarning bilingval o‘quvchilariga hozirgi zamon rus tilida shart munosabatlarini ifodalovchi vositalarni o‘rgatish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar va metodik tavsiyalar asosida:
8-9-sinflar bilingval o‘quvchilarning vaziyatli shartli nutqiy muloqot amaliyotida muayyan voqea va real voqelik dalillariga nisbatan o‘z nuqtayi nazarini argumentlashda foydalaniladigan universal mantiqiy-mazmuniy kategoriya sifatida shart kategoriyasini o‘rgatish zarurligi to‘g‘risidagi tadqiqot materiallari va xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik lisey faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-184-son qarori loyihasining 2-bandini ishlab chiqishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 27-iyuldagi 10/1349-sonli ma’lumotnomasi), shuningdek, F3-20191258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli platformasini yaratish (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) amaliy loyihasini amalga oshirishda tatbiq qilingan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 03/1-1971-son ma’lumotnomasi). Natijada tadqiqot materiallari loyihalar doirasida ishlab chiqilgan me’yoriy hujjatlarni tayyorlashda manba bo‘lib xizmat qilgan;
madaniy va o‘zini o‘zi ta’minlaydigan shaxsni shakllantirishga, o‘quvchining subektiv salohiyatini rivojlantirishga yordam beradigan, bilingval o‘quvchilarni shart munosabatlarni ifoda etishga o‘rgatishning kommunikativ-madaniy konsepsiyasini amalga oshirishni ta’minlaydigan o‘qitishning modeli samaradorligi to‘g‘risidagi tadqiqot materiallari va xulosalardan “Erudit” fundamental loyihasini bajarishda foydalanildi (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 10/1549-sonli ma’lumotnomasi), shuningdek, F3-20191258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli platformasini yaratish (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) amaliy loyihasini amalga oshirishda tatbiq qilingan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 03/1-1971-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotning asosiy g‘oya va xulosalari loyihalar doirasida o‘quv-uslubiy materiallarni takomillashtirishga xizmat qilgan;
kommunikativ-madaniy konsepsiya aspektida, shuningdek, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda vaziyatli shartli muloqotda shart konstruksiyalardan foydalanishga qaratilgan mashqlar tizimi asosida bilingval o‘quvchilarni shart munosabatlarini ifodalash vositalariga o‘rgatishning takomillashtirilgan metodikasidan foydalanish yuzasidan tavsiyalardan “Erudit” fundamental loyihasini bajarishda (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 8-avgustdagi 10/1549-sonli ma’lumotnomasi), shuningdek, F3-20191258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli platformasini yaratish (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanildi (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 03/1-1971-son ma’lumotnomasi). Loyihalar mazmuniga ta’lim sohasida chet tillarini (shu jumladan rus tilini) o‘qitishning lingvistik va didaktik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar kiritilgan;
8-9-sinflarning bilingval o‘quvchilariga shart munosabatlarini ifodalovchi vositalarini o‘rgatish jarayonining rus tilini o‘rgatish uchun ijobiy motivatsiya shakllantirish, shart ma’nosini ifodalovchi konstruksiyalarni o‘rganishda o‘quvchilarning mustaqil faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida ishlab chiqilgan ish daftari orqali lingvodidaktik ta’minotini takomillashtirish bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi “Jaloliddin Manguberdi nomidagi harbiy-akademik lisey faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-184-son qarori loyihasining 2-bandini ishlab chiqishda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining 2023-yil 27-iyuldagi 10/1349-sonli ma’lumotnomasi), shuningdek, F3-20191258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli platformasini yaratish (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) amaliy loyihasini amalga oshirishda tatbiq qilingan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2023-yil 30-sentyabrdagi 03/1-1971-son ma’lumotnomasi). Natijada xulosa va tavsiyalar loyiha doirasidagi elektron resurslar, bosma o‘quv-uslubiy nashrlar, nazariy va amaliy materiallarni tayyorlashda muhim manba bo‘lib xizmat qildi, platformaning rus tilidagi amaliy materiallari kontentini mazmunan boyitgan.