Babamuratov Jaxongir Rustamovichning
falsafa doktori (PhD) dissertasiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertasiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Soliq qarzdorligini undirish mexanizmini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3470
Ilmiy rahbar: Tuxliev Bozor Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Bozorov Akmal Amanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
Dissertasiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi soliq qarzdorligini undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
    umumiy ovqatlanish korxonalarining soliqlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar, jarima va penyalarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to‘lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berish taklifi asoslangan;
tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarini tugatish va ulardagi mablag‘lar qoldig‘ini asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish, bunday maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochilishi va yopilishi tartibini belgilash orqali barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratish, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘lov intizomini yanada mustahkamlash taklifi asoslangan;
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob’ektlariga (foydalanilmayotgan ob’ektlar) hamda ushbu ob’ektlar bilan band bo‘lgan er uchastkalariga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibini bekor qilish taklifi asoslangan;
tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilgan holatda ularning faoliyati soliq organlari tomonidan monitoring qilib borilishi hamda monitoring davomida soliq xavfi aniqlangan holatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish taklifi asoslangan.
    
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliq qarzdorligini undirish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy ovqatlanish korxonalarining soliqlar bo‘yicha yuzaga kelgan qarzdorliklar, jarima va penyalarni mahalliy davlat hokimiyati organlariga ariza yubormasdan, soliq organlarini xabardor qilgan holda foizlarni to‘lamasdan, teng ulushlarda kechiktirib (bo‘lib-bo‘lib) to‘lash huquqi berish taklifi Soliq kodeksining 482-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 19/3-90845-son ma’lumotnomasi).  Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Respublika bo‘yicha 1462 ta korxonaning 944,8 mln. so‘mlik soliq qarzini ortiqcha talablarsiz 6 oy muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan;
tijorat banklarida ochilgan qonunchilik hujjatlariga muvofiq undiruvga yo‘l qo‘yilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlarini tugatish va ulardagi mablag‘lar qoldig‘ini asosiy yoki ikkilamchi hisobvaraqlarga o‘tkazish, bunday maxsus maqsadli hisobvaraqlar Vazirlar Mahkamasining qarori asosida ochilishi va yopilishi tartibini belgilash orqali barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratish, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘lov intizomini yanada mustahkamlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi PF 141 sonli Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 19/3 90845 son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida barcha toifadagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun teng raqobat sharoiti yaratilishini davom ettirish, shuningdek, hisob-kitob tizimining shaffofligini oshirish va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning to‘lov intizomini yanada mustahkamlash imkoni yaratilgan;
bo‘sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar, shuningdek, tugallanmagan qurilish ob’ektlariga (foydalanilmayotgan ob’ektlar) hamda ushbu ob’ektlar bilan band bo‘lgan er uchastkalariga nisbatan mol-mulk va er soliqlarining oshirilgan stavkalarini qo‘llash, soliq imtiyozlari va preferensiyalarning amal qilishini to‘xtatish tartibini bekor qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023 yil 6-sentyabrdagi 19/3-90845-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq bazasini kengaytirishga, shuningdek, soliqlar bo‘yicha qarzdorlikni paydo bo‘lishini oldi olinishiga va tadbirkorlar ixtiyorida pul mablag‘lariga ega bo‘lish imkoni yaratilgan;
tadbirkorlik sub’ektlarini majburiy ravishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma soliq xavfi darajasiga aniqlik kiritilmasdan turib avtomatik ravishda berilgan holatda ularning faoliyati soliq organlari tomonidan monitoring qilib borilishi hamda monitoring davomida soliq xavfi aniqlangan holatlarda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-iyundagi PF-162-son Farmonida inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2023-yil 6 sentyabrdagi 19/3-90845-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish orqali soliq to‘lovchilarga yanada qulaylik yaratishga xizmat qiluvchi adolatli soliqqa tortish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish