Saidusmanov Baxrom Abduganievichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda transport va kommunikatsiya tizimining rivojlanish tarixi  (Toshkent viloyati misolida 1945–1990-yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Tar988  
Ilmiy rahbar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Maxkamova Nodira Raxmanovna, tarix fanlari doktori, professor; Abdullaeva Nigora Sanjarovna, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot nomi: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda O‘zbekistonda transport va kommunikatsiya tizimining rivojlanish tarixini Toshkent viloyati misolida (1945–1990 yillar) tahlil etishdan iborat.
 III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tahlil etilayotgan yillarda sovet hukumatining transport tizimidagi siyosati asosan xom-ashyoni markazga tashish uchun qaratilib, bu sohadagi qurilishlar ham faqat markaz manfaatlariga mos keladigan yo‘nalishlarga qaratilgani, tizimda yangi texnikani qo‘llashga kam e’tibor berilganligi, ixtirolarning ishlab chiqarishga deyarli joriy etilmaganligi oqibatida sohaning orqada qolib ketishiga sabab bo‘lgani aniqlangan;
Toshkent viloyatida ichki yo‘llarni qurish uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar o‘z vaqtida ajratilmagani, asosiy e’tibor yirik paxtakor rayonlar va magistral yo‘llarga qaratilib, tog‘ qishloqlariga ahamiyat berilmasligi oqibatida tog‘ va tog‘oldi qishloqlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida jiddiy muammolar yuzaga kelganligi isbotlangan;
bu davrda mahalliy aholi orasidan transport tizimi uchun malakali mutaxassislarni tayyorlashga e’tibor berilmagani, joylarda transport sohasi bo‘yicha mutaxassis tayyorlash o‘rniga ittifoqning boshqa hududlaridan tayyor kadr olib kelish ishlarining avj oldirilishi oqibatida, mahalliy yoshlarning transport sohasiga bo‘lgan qiziqishi pasayib, viloyat transport tizimi ishchi-xizmatchilarining asosiy qismi chetdan kelgan mutaxassislardan iborat bo‘lganligi ochib berilgan;
viloyatda etishtiriladigan paxta va qishloq xo‘jalik mahsulotlarini markaziy sanoat korxonalariga tez va arzon etkazish uchun avtomobil vositalaridan keng foydalanilgani, ammo bu sohani modernizatsiya qilish,  avtokorxonalarni jahon andozalariga javob beruvchi avtotexnika bilan ta’minlashga e’tibor qaratilmasligi oqibatida texnikalarning katta qismi ma’nan eskirib qolishiga va ish unumdorligining pasayishiga olib kelganligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1945–1990 yillarda Toshkent viloyati  transport va kommunikatsiya tizimining rivojlanish tarixini o‘rganish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sovet hokimiyati yillarida Toshkent viloyatida temir yo‘l va avtomobil ichki hamda tashqi yo‘llar, shuningdek, magistral yo‘llarining qurilishiga oid manbalar sovet davri va mustaqillik yillariga oid ko‘rgazmalar zallarining fondlarini boyitishda keng foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining  2023-yil 30-maydagi 02-1506-son ma’lumotnomasi). Natijalar muzey ekspozisiyalarini ilmiy va amaliy jihatdan boyitish hamda Toshkent viloyati transport va kommunikatsiya tizimining shakllanishi va rivojlanishiga oid yangi ma’lumotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilgan;
         O‘zbekistonning transport-kommunikatsiya tizimida olib borilgan islohotlar jarayonida sohada bir qator loyihalar amalga oshirildi. Ayni paytda avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharlararo, xalqaro tashish faoliyatini amalga oshirish uchun lisenziyalar berish, shuningdek, transport - kommunikatsiya tizimini rivojlantirish borasida “aholiga transport xizmati ko‘rsatishni tubdan yaxshilash, yo‘lovchi tashish xavfsizligini oshirish va atrof-muhitga zararli moddalar chiqarishni kamaytirish, har tomonlama qulay yangi avtobuslarni sotib olish, avtovokzal va avtostansiyalarni qurish hamda rekonstruksiya qilish masalasida (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining  2023-yil 30-maydagi 02-1506-son ma’lumotnomasi). Natijalar qo‘mita faoliyati doirasida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlariga xizmat qilgan;
        sovet davrida Toshkent viloyatining transport va kommunikatsiya tizimini rivojlantirish asosida viloyat hududidan o‘tuvchi vodiy yo‘llari, janubiy viloyatlar orqali qo‘shni respublikalar va xorijiy davlatlarga o‘tuvchi  temir yo‘l hamda avtomobil yo‘llari va uning xalqaro ahamiyati haqida to‘plangan ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-apreldagi 06-51-978-son ma’lumotnomasi).  Tadqiqot natijalari asosida teletomoshabinlarga transport sohasi faoliyati bo‘yicha obektiv ma’lumotlar etkazilib, aholi, ayniqsa, yoshlarda tarixiy ong va dunyoqarashni oshirishga imkon bergan;
       yo‘lovchi tashish transporti tizimida marketing innovatsiyalarni yaratish zarurati, sohada raqobatni rivojlantirish, shaharlarda aholi qatnovining qiyinlashuvi oldini olish, aholining barcha qatlamlari uchun transport yo‘nalishlari bo‘yicha axborot olish imkoniyatlarining yaratilishi, yo‘lovchi tashish transporti xizmatlarining samaradorligini ta’minlash masalalari, uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini yangicha yondoshuv asosda tadqiq etish “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 10-apreldagi 06-51-978-son ma’lumotnomasi). Taqdim etilgan materiallar ko‘rsatuv mazmunini to‘ldirish hamda mavzuga tegishli ma’lumotlarni ilmiy dalillar bilan boyitishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish