Raxmanov Laziz Erkaboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xufyona iqtisodiyotni ulushini kamaytirishda soliq instrumentlardan samarali foydalanish masalalari», 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3488
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019. I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Kuzieva Nargiza Ramazonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Ashurova Nasiba Batirovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xufyona iqtisodiyotni qisqartirish va uning oldini olishda soliq instrumentlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish jarayonida bosh pudratchilar tomonidan topshiriladigan elektron hisob-faktura (soliq hisoboti)da qurilish materiallari va jihozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish, tarmoqda ishchilar soni hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish orqali xufyona iqtisodiyotning oldini olish asoslangan;
hayot sug‘urtasiga jismoniy shaxslar tomonidan, shuningdek, xususiy mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga qarashli mol-mulkni yuridik shaxslarga sotishdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozni bekor qilish orqali soliq to‘lovchilarning xufyona iqtisodiyotni keltirib chiqarish holatlarining oldini olish asoslangan;
soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga muqaddam iqtisodiy jinoyatlarga yo‘l qo‘ygan tashkilot ta’sischi va rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda ushbu jismoniy shaxslarni yangidan tashkil etilayotgan sub’ektlarning ta’sischi yoki rahbari bo‘lishiga cheklov qo‘yish taklifi asoslangan;
yuridik shaxslar tomonidan uy-joylar bo‘yicha investisiya va oldi sotdi shartnomalarini faqat elektron shaklda tuzish va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xufyona iqtisodiyotni qisqartirish va uning oldini olishda soliq instrumentlaridan samarali foydalanish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va tavsiyalar asosida:
qurilish jarayonida bosh pudratchilar tomonidan topshiriladigan elektron hisob-faktura (soliq hisoboti)da qurilish materiallari va jihozlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish, tarmoqda ishchilar soni hisobini yuritish tartibini ishlab chiqish orqali xufyona iqtisodiyotning oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi
30-37578-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida elektron hisob-faktura (soliq hisoboti)da yangi tartibni kiritish orqali xufyona iqtisodiyotning oldini olish imkoni yaratilgan;
hayot sug‘urtasiga jismoniy shaxslar tomonidan, shuningdek, xususiy mulk huquqi asosida jismoniy shaxslarga qarashli mol-mulkni yuridik shaxslarga sotishdan olingan daromadlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan imtiyozni bekor qilish orqali soliq to‘lovchilarning xufyona iqtisodiyotni keltirib chiqarish holatlarining oldini olish taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 30 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2023 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-812-son Qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37578-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida ushbu imtiyozni bekor qilish orqali soliq to‘lovchilarning xufyona iqtisodiyotni keltirib chiqarish holatlarining oldini olish imkoni yaratilgan;
soliq organlarining ma’lumotlar bazasiga muqaddam iqtisodiy jinoyatlarga yo‘l qo‘ygan tashkilot ta’sischi va rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni integratsiya qilgan holda ushbu jismoniy shaxslarni yangidan tashkil etilayotgan sub’ektlarning ta’sischi yoki rahbari bo‘lishiga cheklov qo‘yish taklifi O‘zbekiston Respublikasining
2023-2026 yillarga mo‘ljallangan fiskal Strategiyasini ishlab chiqishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37578-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida muqaddam iqtisodiy jinoyatlarga yo‘l qo‘ygan tashkilot ta’sischi va rahbarlarni yangidan tashkil etilayotgan sub’ektlarning ta’sischi yoki rahbari bo‘lishiga cheklov qo‘yish imkoni yaratilgan;
yuridik shaxslar tomonidan uy-joylar bo‘yicha investisiya va oldi sotdi shartnomalarini faqatgina elektron shaklda tuzish va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 iyundagi “O‘zaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 522-son qarorida 2023-2026 yillarga mo‘ljallangan fiskal Strategiyasini ishlab chiqishda o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasining 2024 yil 22 apreldagi 30-37578-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish natijasida uy-joylar bo‘yicha investisiya va oldi sotdi shartnomalarini faqat elektron shaklda tuzish va soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etish orqali xufyona iqtisodiyot ulushini kamaytirish imkoni yaratilgan.