Xatamov Adxam Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jaligiga subsidiya ajratish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.07 – «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4PhD/Iqt2736.
Ilmiy rahbar: Erxonova Malohat Absaitovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Buzrukxonov Sarvarxon Munavvarxonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qishloq xo‘jaligi tarmog‘ini subsidiyalashni tahlil qilish va uni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilgan subsiyadiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanganligi aniqlanganda, ularni Markaziy bankning asosiy stavkasida hisoblangan foiz to‘lovlari bilan birga qaytarish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
dehqon va fermer xo‘jaliklarini ishlab chiqargan (etishtirgan) mahsulotlari prognoz qilgan narxlardan tushib ketganda davlat byudjetidan subsidiya ajratish orqali xarajatlarni qoplab berish taklifi asoslangan;
qishloq xo‘jaligi tuzilmalarini rivojlantirish uchun ajratilayotgan subsidiyalarni samaradorligini oshirish maqsadida ularni sonini optimallashtirish taklif etilgan;
qishloq xo‘jaligi sektorida eng yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot loyihalarini subsidiyalash orqali moliyalashtirish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qishloq xo‘jaligi tarmog‘iga subsidiya ajratish mexanizmini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilgan subsiyadiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanganligi aniqlanganda, ularni Markaziy bankning asosiy stavkasida hisoblangan foiz to‘lovlari bilan birga qaytarish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qishloq xo‘jaligi korxonalariga subsidiya mablag‘larini ajratish parametrlarini ishlab chiqish jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 16 oktyabrdagi 14-05-192-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilgan subsiyadiya mablag‘lari bo‘yicha davlat byudjeti mablag‘larining tejalishi va maqsadsiz sarflanishining oldini olish mexanizmi takomillashtirilgan. Shuningdek, Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonalariga berilgan subsiyadiya mablag‘lari maqsadsiz sarflanganligi aniqlash bo‘yicha 760 ta ob’ektda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 139,9 mlrd. so‘mlik subsidiya mablag‘ilari noqonuniy sarflanganligi aniqlanib, ularni davlat byudjetiga qaytarilishiga erishilgan.
dehqon va fermer xo‘jaliklarini ishlab chiqargan (etishtirgan) mahsulotlari prognoz qilgan narxlardan tushib ketganda davlat byudjetidan subsidiya ajratish orqali xarajatlarni qoplab berish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Qishloq xo‘jaligidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash departamenti tomonidan davlat byudjeti parametrlarini tuzish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 16 oktyabrdagi 14-05-192-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer va dehqon xo‘jaliklari tomonidan etishtirilgan mahsulotlar narxlari tushib ketishidan yuzaga keladigan riskni oldi olish mexanizmi takomillashtirilgan.
qishloq xo‘jaligi tuzilmalarini rivojlantirish uchun ajratilayotgan subsidiyalarni samaradorligini oshirish maqsadida ularni sonini optimallashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qishloq xo‘jaligi tuzilmalarini rivojiantirish uchun ajratilayotgan subsidiya parametrlarini ishlab chiqishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 16 oktyabrdagi 14-05-192-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligini subsidiyalashning bir-birini takrorlovchi va to‘ldiruvchi maqomiga ega bo‘lgan 61 turidan kutilgan samara bermayotgan turlarini optimallashtirish orqali subsidiyalash samaradorligini oshirish mexanizmi takomillash-tirilgan.
qishloq xo‘jaligi sektorida eng yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan ilmiy tadqiqot loyihalarini subsidiyalash orqali moliyalashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining qishloq xo‘jaligi sohasida samarali hisoblangan ilmiy-tadqiqot loyihalarini subsidiyalash orqali moliyalashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023 yil 16 oktyabrdagi 14-05-192-son ma’lumotnomasi). Natijada qishloq xo‘jaligi sohasidagi ilmiy-tadqiqot loyihalarini subsidiyalash orqali moliyalashtirish mexanizmi takomillashtirilgan. 2022 yil hamda 2023 yilning o‘tgan davrida qishloq xo‘jaligida eng yuqori samaradorlikka ega borigan 27 ta ilmiy-tadqiqot loyihalariga jami 17 mlrd. so‘mdan ortiq subsidiya ajratilishiga erishilgan.