Shomirzaev Saxodulla Xasanboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Gumon qilinuvchini so‘roq qilishning kriminalistik jihatlari”, 12.00.09 Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi ixtisosligi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1199.
Ilmiy rahbar: Tulaganova Gulchehra Zaxitovna, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/13.05.2020.Yu.22.03.
Rasmiy opponentlar: Suyunova Dilbar Joldasbaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Pulatov Azizxon Saidakbarovich,  yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi gumon qilinuvchini so‘roq qilishning samaradorligini oshirish maqsadida protsesual-kriminalistik jihatlarini, gumon qilinuvchini so‘roq qilishning zamonaviy taktik usullarini, gumon qilinuvchi so‘roq qilishda profayling metodini tatbiq etish istiqbollarini ko‘rib chiqishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
gumon qilinuvchining o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va uni so‘roq qilish vaqtida sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi, shuningdek gumon qilinuvchini unga nisbatan qo‘yilayotgan gumonning mazmun-mohiyati va asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish lozimligi asoslantirilgan;
gumon qilinuvchidan ko‘rsatuvlar olish faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi, uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish isbot qilishda taqiqlanishi asoslantirilgan;
gumon qilinuvchi bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida belgilangan tartibda kelishuv tuzilishi lozimligi, agar gumon qilinuvchi tomonidan so‘roq jarayonida bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi aniqlangan taqdirda, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganligi oqibatida qilingan hukm qayta ko‘rib chiqilishi lozimligi asoslantirilgan;
gumon qilinuvchini profayling metodini qo‘llagan holda so‘roq qilishning to‘rt bosqichli metodikasi ishlab chiqilgan bo‘lib, gumon qilinuvchiga so‘roq jarayonida ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berishni taklif qilish va ishora qiluvchi savollar berishni taqiqlash haqidagi takliflar doirasida asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarini joriy qilinishi. Gumon qilinuvchini so‘roq qilishning jinoyat-protsessual va kriminalistik jihatlarini o‘rganish masalalarini tatbiq etishning ilmiy natijalari asosida:
gumon qilinuvchining o‘zining aybsizligini isbotlashi shart emasligi va uni so‘roq qilish vaqtida sukut saqlash huquqidan foydalanishi mumkinligi nazarda tutuvchi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 28-moddasida, shuningdek gumon qilinuvchini unga nisbatan qo‘yilayotgan gumonning mazmun-mohiyati va asoslari to‘g‘risida xabardor qilinish lozimligini nazarda tutuvchi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasining 2023-yil 26-sentyabrdagi 04/2-09/3698-son dalolatnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchini so‘roq qilishda o‘ziga qarshi ko‘rsatuvlar bermaslik huquqini, shuningdek jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandan so‘ng gumon qilinuvchini so‘roq qilishdan muayyan muddat oldin uni bu haqida xabardor qilinishi lozimligi bo‘yicha huquqini taʼminlanishiga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchidan ko‘rsatuvlar olish faqat himoyachi ishtirokida amalga oshirilishi, uning protsessual huquqlari tushuntirilguniga qadar undan biron-bir yozma yoki og‘zaki ko‘rsatuvlar olish isbot qilishda taqiqlanishi haqidagi nazarda tutuvchi takliflari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-son Qonunining 2-moddasi 2-bandi ishlab chiqilishida inobatga olingan va  O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 88-moddasida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 67-son dalolatnomasi). Mazkur taklif gumon qilinuvchini so‘roq qilishning samarali tashkil etilishiga, haqqoniy ko‘rsatuvlar olinishiga, so‘roq jarayonida gumon qilinuvchining huquqlari to‘laqonli taʼminlanishiga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchi bilan aybga iqrorlik to‘g‘risida belgilangan tartibda kelishuv tuzilishi lozimligi, agar gumon qilinuvchi tomonidan so‘roq jarayonida bila turib yolg‘on ko‘rsatuvlar berganligi yoki tergovdan biron-bir muhim va ish uchun ahamiyatli bo‘lgan maʼlumotlarni qasddan yashirganligi aniqlangan taqdirda, aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilganligi oqibatida qilingan hukm qayta ko‘rib chiqilishi lozimligini nazarda tutuvchi taklif O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
18-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-675-son Qonunining 2-moddasi 20 va 30-bandlari ishlab chiqilishida inobatga olingan va (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 67-son dalolatnomasi). Mazkur takliflar gumon qilinuvchini so‘roq qilishning samarali tashkil etilishiga, haqqoniy ko‘rsatuvlar olinishiga va soxta aybga iqrorlik kelishuvlari tuzilishining oldini olishga xizmat qilgan;
gumon qilinuvchiga so‘roq jarayonida ishning holatlari to‘g‘risida erkin so‘zlab berishni taklif qilish va ishora qiluvchi savollar berishni taqiqlash haqidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 101-102-moddalarida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasining 2023-yil 6-sentyabrdagi 67-son dalolatnomasi).  Mazkur taklif gumon qilinuvchining so‘roq jarayonida zarur maʼlumotlarini to‘g‘ri va to‘liq taqdim  etishlari uchun sharoit yaratilishiga, uning fikrini chalg‘itgan holda undan yolg‘on iqrorlik ko‘rsatuvlari taqdim etilishining oldi olinishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish